УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- U quydagilarga majburdir
55 Bo’lim (sektsiya) komandiri Bo‘lim (sektsiya) komandiri tinchlik va urush davrida quyidagilarga majbur: - bo‘lim tomonidan jangovar topshiriqdarning muvaffaqiyatli bajirilishi uchun; - bo‘ysunuvchilarning ta’limi, tarbiyasi, harbiy intizomi va ahloqiy-ruhiy holati, safona qaddi rostligi va tashqi qiyofasi uchun; - qurol-aslaha, harbiy texnika, asbob-anjomlar, harbiy kiyim-kechak, poyafzaldan to‘g‘ri foydalanishi uchun va ularning tartibli va soz saqlanishi uchun javob beradi. U guruh komandiriga va uning o‘rinbosariga bo‘ysunadi va bo‘lim shaxsiy tarkibining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘i sanaladi. U quydagilarga majburdir: - bo‘lim askarlarini o‘qitish va tarbiyalash, jangovar topshiriqlarni bajarish paytida bo‘limga mohirlik bilan komanda berishga; - har bir bo‘ysunuvchining familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, millatini, shaxsiy sifatlarini, harbiy xizmatga qadar bo‘lgan mashg‘uloti to‘rini, oilaviy ahvolini, jangovar tayyorgarlikdagi muvaffaqiyatlari va kamchiliklarini bilishga; - bo‘lim qurollari, harbiy texnikasi va boshqa mulklarining qismlarini, ekspluatatsiya qilish qoidalarini bilish, ularning joy-joyidaligi ustidan nazorat qilib turish, har kuni ko‘zdan kechirish, tartibli va shaylikda saqlashga; - bo‘lim askarlarida xizmatga hurmat, shuningdek, o‘z quroliga va harbiy texnikasiga nisbatan avaylash munosabatini uyg‘otishga; - bo‘lim askarlarida safona qaddi rostlik va jismoniy tuzimni shaklantirishga; - bo‘ysunuvchilar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va ularning ehtiyojlarini anglab yetishga; - bo‘ysunuvchilar harbiy kiyim-kechagi va poyafzalining shaxsiy va jamoat gigienasi, harbiy rusumdaga kiyim-kechak kiyib yurish qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazorat qilib turishga; 56 - poyafzal, kiyim-kechak tozaligi va paytavalar, paypoqlar quritib olinishi, shuningdek, poyafzal va kiyim-kechakning o‘z vaqtida tuzatilishi ustidan har kuni nazorat qilib turishga; - o‘q otish mashqlari va mashg‘ulotlardan keyin bo‘ysunuvchilarda jangovar va paxtavon patronlar, granatalar, piltalar va portlovchi ashyolar qolmasligi uchun ko‘z-quloq bo‘lishga; - barcha kasallar to‘g‘risida, bo‘ysunuvchilarning shikoyatlari va iltimoslari haqida, ularning nojo‘ya qiliqlari va ularni ogoxlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar borasida, rag‘batlaitirishlar va ularga berilgan intizomiy ta’zirlar xususida, shuningdek, qurol-aslaha va boshqa moddiy vositalarning yuqotilishi yoxud nosozligi to‘g‘risida guruh komandiriga bildiruv berishga; - bo‘ysunuvchilar qaerda ekanligi va nima qilayotganini har doim bilishga majburdir. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling