58
V-боб.
ICHKI TARTIB QOIDALARI. HARBIY XIZMATCHILARNING
JOYLASHISHI, VAQT TAQSIMOTI VA KUNDALIK TARTIB.
ICHKI TARTIBNING UMUMIY QOIDALARI
Ichki tartib – bu, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar (bo‘linmalar)da
joylashishi, kundalik faoliyati, turmushi va sutkalik naryad xizmatini o‘tashning
harbiy nizomlarda belgilangan qoidalariga qat’iy rioya qilinishidir.
20
Ichki tartibga:
- qonunlarda va harbiy Nizomlarda belgilangan majburiyatlarni barcha harbiy
xizmatchilar teran anglashi, ongli va aniq bajarishi bilan;
- komandirlarning (boshliqlarning) bo‘ysunuvchilar va ularning sog‘lig‘ini
saqlash to‘g‘risida g‘amxo‘rligining yuksaq talabchanligi bilan uyg‘unlashgan
maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar bilan;
- jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish bilan;
- sutkalik naryadning jangovar navbatchilik va xizmatni namunali o‘tashi
bilan;
- kun tartibi va xizmat vaqti targ‘ibotini aniq bajarish bilan;
- qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarning to‘g‘ri
ekspluatatsiyasi bilan, harbiy xizmatchilar joylashgan
joylarda harbiy Nizomlar-
ning talablariga javob beruvchi ularning kundalik faoliyati,
hayoti va turmushi
uchun sharoitlar yaratish bilan;
- yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, harbiy
qism faoliyati rayonidagi
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: