УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buyurish – shtab boshlig’i harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i)
nomidan yoxud garnizon harbiy komendanti garnizon boshlig‘i nomidan chiqaruvchi idora qilish xizmat hujjati hisoblanadi. 19 Komandir (boshliq) buyruq berishdan oldin vaziyatni har tomonlama baholashga va uning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ko‘zda tutishga majburdir. U berilgan buyruq va uning oqibatlari uchun, buyruqning qonunlariga muvofiq kelishi uchun, shuningdek, berilayotgan buyruqda mansabni suiste’mol qilish va huquq doirasidan yoxud xizmat vakolatlaridan chetga chiqish uchun va uning bajarilishi bo‘yicha tadbirlar ko‘rmaganlik uchun javobgar bo‘ladi. Buyruq aniq shakllantirilgan, ikki xil talqinga yo‘l qo‘ymaydigan va bo‘ysunmaydigan va bo‘ysunuvchida shubha uyg‘otmaydigan bo‘lishi lozim. Buyruq (buyurish) qonunlari va harbiy Nizomlarning talablariga muvofiq kelishi lozim. Buyruqlar bo‘ysunganlik yo‘sinida beriladi. O‘ta zarur bo‘lgan hollarda katta komandir bo‘ysunuvchiga uning bevosita boshlig‘ini chetlab o‘tgan holda buyruq berishi mumkin. Shunday hollarda u bu haqda bo‘ysunuvchining bevosita 18. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 21 bet 19. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 22 bet 50 boshlig‘iga xabar qiladi yoxud bo‘ysunuvchiga uning o‘zi bevosita boshlig‘iga bildiruv berishini buyuradi. Komandirning (boshliqning) buyrug‘i so‘zsiz, aniq va muddatida bajarilish shart. Buyruq olgan harbiy xizmatchi: «Xo‘p bo‘ladi» deb javob beradi va shundan keyin uni bajaradi. Komandir (boshliq) o‘zi bergan buyruqning to‘g‘ri tushunilganiga ishonch hosil qilishi zarur bo‘lib qolganda, uni qisqacha takrorlashni talab qilishi, buyruq olgan harbiy xizmatchi esa komandirga (boshliqqa) uni takrorlashni iltimos qilib murojaat etishi mumkin. Harbiy xizmatchi berilgan buyruqning bajarilishi to‘g‘risida buyruqni bergan boshliqqa va o‘zining bevosita boshlig‘iga bildiruv berishga majburdir. Harbiy xizmatchilariga harbiy xizmatga aloqasi bo‘lmagan yoxud qonunni buzishga yo‘naltirilgan buyruqlar, buyurishlar berilishi, topshiriqlar yuklanishi mumkin emas. Agar buyruqni bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat maqomiga ko‘ra, boshqa katta boshliqdan birinchisini bajarishga xalaqit beradigan yangi buyruq olsa, ushbu haqda ikkinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi va tasdiqlangan taqdirdagina oxirgisini bajaradi. Yangi buyruqni beruvchi bu haqda birinchi buyruqni bergan boshliqqa xabar qiladi. Harbiy xizmatchi unga berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida oqilona tashabbus ko‘rsatishga majburdir. Oqilona tashabbus olingan buyruq keskin o‘zgargan vaziyatga to‘g‘ri kelmay qolgan, sharoit esa yangi buyruq olinishini taqozo etmaydigan hollarda nihoyatda zarur hisoblanadi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling