УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


UYG‘OTISH, ERTALABKI KO‘RIK VA KECHKI YO‘QLAMA


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
UYG‘OTISH, ERTALABKI KO‘RIK VA KECHKI YO‘QLAMA 
Ertalab, «Uyg‘onilsin» signaliga qadar 10 minut qolganda vzvod bo‘yicha 
navbatchi guruh komandirlarining o‘rinbosarlari va vzvod starshinasini uyg‘otadi, 
belgilangan vaqtda esa (Uyg‘onilsin signali bo‘yicha) vzvod umumiy uyg‘otilishini 
o‘tkazadi. 
24. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 146 bet


75
Uyg‘onishdan keyin tonggi jismoniy mashq, xonalar va hududni yig‘ish tirish, 
yo‘laklarni yig’ishtirish, tonggi bet yuvish va ertalabki ko‘rik o‘tkaziladi. 
Vzvod bo‘yicha navbatchining «Vzvod, ertalabki ko‘rikka – saflan» 
komandasiga ko‘ra guruh komandirlarining o‘rinbosarlari (bo‘lim komandirlari) 
o‘z bo‘linmalarini ertalabki ko‘rik uchun belgilangan joyda safga tizadilar
komandirovkaga kelganlar chap qanotda safga tiziladilar. Vzvod bo‘yicha 
navbatchi vzvodni safga tizib bo‘lgach, vzvodning ertalabki ko‘rikka tayyorligi 
to‘g‘risida vzvod starshinasiga bildiruv beradi. Vzvod starshinasining komandasiga 
ko‘ra guruh komandirlarining o‘rinbosarlari va bo‘lim komandirlari ertalabki 
ko‘rikni o‘tkazadilar. 
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ertalabki 
ko‘rikda vaqti-vaqti bilan hozir bo‘ladilar. 
Ertalabki ko‘riklarda odamlarning joy-joyidaligi, ularning tashqi qiyofasi va 
ularning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinishi tekshiriladi. 
Vzvod bo‘yicha navbatchi tibbiy yordamga muhtojlarni tibbiyot punktiga 
yuborish uchun kasallarni yozish daftariga yozib oladi. 
Ertalabki ko‘rik davomida bo‘lim komandirlari aniqlangan bartaraf etilishiga 
komanda qiladilar, ularning bartaraf etilganini tekshiradilar va ko‘rik natijalari 
to‘g‘risida guruh komandirlarining o‘rinbosarlariga, oxirgilari esa – vzvod 
starshinasiga bildirish beradilar. 
Oyoqlar, paypoqlar (paytavalar) va ichki kiyimlarning holati, vaqt-vaqti bilan, 
odatda uxlashdan oldin tekshiriladi. 
Kechqurun, yo‘qlamadan oldin, kun ichki tartibida ko‘zda tutilgan vaqtda 
vzvod starshinasi yoxud guruh komandirlarining o‘rinbosarlaridan birining 
rahbarligi ostida kechki sayr o‘tkaziladi. Kechki sayr chog‘ida shaxsiy tarkib 
vzvod tarkibida safona qo‘shiqlarni ijro etadi. 
Sayrdan keyin vzvod bo’yicha navbatchining «Vzvod, kechki yo‘qlamaga -
saflan» 
komandasiga 
ko’ra 
guruhlar 
komandirlarining 
o’rinbosarlari 
(bo‘linmalarning komandirlari) o‘z bo‘linmalarni yo‘qlama uchun safga tizadilar. 
Vzvodni safga tizib bo‘lgan vzvod bo‘yicha navbatchi vzvod kechki yo‘qlamaga 


76
saf tortgani to‘g‘risida vzvod starshinasiga yoxud uning o‘rnida qolgan shaxsga 
bildirish beradi. 
Vzvod starshinasi yoxud uning o‘rniga qolgan shaxs yo‘qlamani boshlaydi. 
Yo‘qlama boshida u ko‘rsatgan matonatlari uchun vzvod ro‘yxatiga abadiy yoxud 
faxriy askar sifatida kiritilgan harbiy xizmatchilarning harbiy unvoni, familiyasini 
o‘qiydi. Zikr etilgan harbiy xizmatchilarning familiyasi aytilganda birinchi guruh 
komandirining o’rinbosari: «Falonchi (harbiy unvon va familiya) Vatan ozodligi 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling