УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari. 
Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. U uning muhofazasi ostida 
bo‘lgan qurol, to‘plangan javollar (qutilar), o‘q-dorili qutilar, vzvod mulki, askar 
va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha 
posbon vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi. 
Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisida kirish eshigi 
oldida, qurol saqlash uchun xona yaqinida xizmatni o‘taydi.
U quyidagilarga majburdir: 
- vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan hech qayoqqa 
jilmaslikka, qurol saqlash uchun xonani doimiy kuzatib turishga; 


87
- begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslik, shuningdek, kazarmadan vzvod 
bo‘yicha navbatchining olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslikka; 
- vzvoddagi barcha kungilsiz hodisalar, vzvod askarlari yoxud serjantlari 
o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning Nizomlarda belgilangan qoidalari buzilishlari 
to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan bildirishga, ularni bartaraf 
etish uchun choralar ko‘rishga; 
- shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otish paytida, shuningdek, trevoga paytida 
yoxud yong‘in bo‘lganda tunda uchirishga; 
- kun tartibiga muvofiq komandalarni o‘z vaqtida berishga; 
- xonalarda ozodalik va tartibni nazorag qilib turish va xizmatchilardan ularga 
rioya qilishni talab etishga; 
- sovuq vaqtida, ayniqsa, tunda harbiy xizmatchilarning xonadan kiyinmasdan 
chiqishlariga yo‘l qo‘ymaslikka; 
- harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan xonalar yoxud joylarda chekishlariga, 
poyafzal va kiyimni tozalashlariga ko‘z-quloq bo‘lib turishga; 
- vzvod komandiri va undan yuqori to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar va brigada 
bo‘yicha navbatchi kelganda «Rostlan» komandasini berish;
- vzvodning boshqa ofitserlari, shuningdek, vzvod starshinasi va o‘z 
vzvodidan bo‘lmagan harbiy xizmatchilar vzvodga kelishi bilan navbatchini 
chaqirishga majburdir, 
Masalan: «Vzvod bo’yicha navbatchi, eshikka». Navbatdagi posbonga 
o‘tirish, anjom-aslahasini yechish va kiyimini tugmasini yechish man etiladi. 
Bo’sh turgan smena posboni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga va 
vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaslikka, vzvod askarlari 
yoxud serjantlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning harbiy inzomlarda belgilangan 
qoidalari bo’zilgan hollarda unga tartib o’rnatishga yordam berishga; vzvod 
bo‘yicha navbatchi o‘rnida qolganda uning majburiyatlarini bajarishga majburdir. 
Vzvod aholi manzillarida joylashtirilgan paytda posbonlardan biri ko‘chada, 
brigada komandiri belgilagan va yomon havodan himoya uchun jihozlangan 
bostirmada hech yoqqa jilmasdan turadi. 


88
Posbon vzvod bo‘yicha navbatchi qaerda ekanligini har doim bilishga va 
harbiy xizmatchilar tomonidan jamoat tartibi va harbiy kiyim-kechak rusumini 
kiyib yurish qoidalariga rioya qilinishi ustidan kuzatib turishga majburdir. 
Aniqlangan barcha buzilishlar to‘g‘risida u vzvod bo‘yicha navbatchiga bildiruv 
beradi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling