УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Dalabop parklar
32-rasm. Dalabob parkning 1 33-rasm. Dalabob parkning 2 namunasi Parkning barcha imoratlari, imoratlar darvozalari va park darvozasiga raqam o‘rnatiladi. Parkka, shuningdek, park ichidagi xonalarga va maxsus inshoatlarga harakat uchun doimiy yaroqli holatda saqlanadigan yo‘llar qurilgan va yo‘laklar aniq bog‘langan bo‘lishi lozim. Yozgi quruq havoda yo‘llarga suv purkaladi, qishda esa qordan tozalanadi. Park hududi bo‘ylab yo‘ldan tashqarida yurish va ulov haydash man etiladai. Parkdagi barcha yo‘llarda yo‘nalishlar va mashinalarning harakatlanish tezlik ko‘rsatkichlari va boshqa yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Parkda ichki xizmatni tashkil etish uchun, qurol-aslaha va harbiy texnika 28. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet 91 to‘g‘ri saqlanishi va qo‘riqlanishi uchun, maxsus inshootlar, omborlarning saqlanishi uchun, tozalik saqlanishi hamda yong‘inga qarshi va tabiatni asrash tadbirlarning bajarilishi uchun brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari, bu mansablar ro‘yxatida ko‘zda tutilmagan joyda esa brigada avtomobil xizmatining boshlig‘i yoxud texnik xizmatlardan birining boshlig’i javob beradi. Bo’linmaga birkitilgan qurol-aslaha, harbiy texnika, xonalar va park qismining saqlanishi uchun bo‘linma komandiri javob beradi. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning yo‘nalishdan har bir qaytishidan so‘ng, shuningdek, me’yorlashtirishda belgilangan yo‘l bosishdan (zo’riqib ishlashdan) va saqlanishdan so‘ng o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mashinalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ham amalga oshiriladi. Qurol-aslaha va harbiy texnikani ko‘zdan kechirish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, parklarni to‘liq qurib bitkazish va obodonlashtirish ishlari park, park-xo‘jalik kunlarida va qurol-aslaha va harbiy texnikaga qarov uchun ajratilgan vaqtlarda o‘tkaziladi. Xizmat ko‘rsatilgan qurol-aslaha va harbiy texnika to‘xtash joyiga tiziladi. Yilning sovuq mavsumida isitilmaydigan saqlash joylarida va parkning ochiq maydonchalarida harorat juda past bo‘lganda dvigatellarning sovutish tizimidan suv to‘kib tashlanadi, qurol-aslaha va harbiy texnikadan akkumulyator batareyalari yechib olinadi. Bunda: «Suvi to‘kilgan», «Akkumulyator batareyasi yechib olingan» degan taxtabitiklar osib qo‘yiladi. Xizmat ko‘rsatilmagan qurol-aslaha va harbiy texnikani to‘xtash joyiga tizish man etiladi. Parkdan tashqarida, o‘q-dorilar va bashqa moddiy vositalar yuklangan va omborlarning hududida, qorovul tomonidan qo‘riqlanayotgan mashinalar bundan mustasno, mashinalarni saqlash man etiladi. Brigada komandiri qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rigini o‘tkazish chog‘ida parklarning holatini ham tekshiradi. Mashinalar brigada komandiri yaqindagina tasdiqlagan naryad bo‘yicha, texnik jihatdan soz va xizmat kursatilgan xolda, haydovchi shaxsini va mashinani 92 boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatga ega, yo‘nalish oldidan tibbiy tarqatishdan o‘tgan va yo‘nalishga chiqishga ruxsat berilgan, ularga birkitilgan haydovchilar bilan, brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari (qurol-aslaha va harbiy texnika ekspluatatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) imzolagan va texnika nazorati punkti boshlig‘ining mashinaning soz holati to‘g‘risidagi qaydiga, shuningdek park bo‘yicha navbatchining spidometr ko‘rsatkichlari va parkdan chiqish vaqti to‘g‘risidagi belgisiga ega rasmiylashtirilgan yo‘l varaqalari bilan parkdan chiqariladi. Mashinalardan foydalanish haydovchilarga mashinalarga hizmat ko‘rsatish, ularni yo‘nalishga tayyorlash va dam olish uchun vaqt berishni hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Naryadda ko‘zda tutilmagan mashinalarni parkdan chiqarish mustasno hollarda va faqat brigada komandirining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Dam olish va bayram kunlarida mashinalarni parkdan chiqarish eng oz miqdorgacha qisqartiriladi. Ikki va undan ortiq mashina yo‘nalishga jo‘natilayotganda kolonna boshlig‘i tayinlanadi. Odamlar va portlovchi moddalarni kolonna tarkibida toshiyotganda ham, yakka mashinalar bilan tashiyotganda ham harbiy mashinaga mashina kattasi tayinlanadi. Mashinalarning kattalari boshqa hollarda brigada komandirining qaroriga ko‘ra zarur bo‘lgandagina tayinlanadi. Kolonna boshlig‘i (mashina kattasi) yo‘l harakati qoidalarini biladigan ofitserlar, yoxud serjantlar orasida tayinlanadi. U topshirilgan vazifaning bajarilishi va mashinadan (mashinalardan) to‘g‘ri foydalanishi uchun, mashinalardagi (mashinadagi) shaxsiy tarkibning intizomi va ularning xavfsizlik talablariga rioya qilish uchun javob beradi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling