УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Kalitlar quyidagicha: 
mashinalarning o‘t oldirish qulflari va qopqalariniki:
- bir butlamasi (raso yig‘indisi) – park bo‘yicha navbatchida;
- boshqasi – trevoga hollari uchun yo‘l varaqalari bilan birga muhrlangan 
qutida vzvod bo‘yicha (batal’on, ta’minlash bo‘linmalari bo‘yicha) navbatchida;
park xonalari va asosiy darvozaniki:
- bir raso yig‘indisi – park bo‘yicha navbatchida;
- boshqasi – muhrlangan qutida brigada bo‘yicha navbatchida saqlanadi.
Parkda ichki tartibni saqlash uchun park bo‘yicha navbatchi, posbonlar va 
navbatchi shataklarning mexanik-haydovchilari (haydovchilari) tayinlanadi.
Posbonlar park bo‘yicha navbatchi tomonidan parkka kiraverishda, ish 
bajarilayotgan paytda park hududiga ham qo‘yiladi.
Doimiy va dalabop parklar kecha-kunduz soqchilar qo‘yladigan qorovul 
tomonidan qo‘riqlanadi. Park ishonchli ishlaydigan qo‘riqlashning texnika 
vositalari bilan jihozlanganda, ular soqchilar qo‘ymaydigan qorovul tomonidan 
qo‘riqlanishi ham mumkin. 


95
Barcha saqlash joylari, qurol-aslaha va harbiy texnika turgan maydonlarni 
muhrlash (plombalash) tartibi, shuningdek, parkka uni qorovul qo‘riqlashiga 
topshirgandan so‘ng yetib kelgan qurol-aslaha va harbiy texnikani qo‘riqlash 
tartibi brigada komandiri tomonidan joriy etiladi.
 
Park bo‘yicha navbatchi
Brigadada park bo‘yicha navbatchi ofitserlar yoki shartnoma asosidagi 
serjant va oddiy askarlardan tayinlanadi. Alohida batalionlarda esa serjant yoxud 
shartnoma asosidagi oddiy askarlardan tayinlanishi mumkin. U parkdagi ichki 
tartib uchun va park bo‘yicha naryadning xizmatni o‘tash uchun javob beradi. Park 
bo‘yicha navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga, parkdagi ichki xizmat yo‘sinida 
brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga, mansablar ro‘yxatida 
bu lavozim ko‘zda tutilmagan hollarda esa avtomobil xizmati boshlig‘iga yoxud 
brigadaning texnik xizmatlaridan birining boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Unga park bo‘yicha posbonlar va navbatchi shataklarning mexanik-
haydovchilari bo‘ysunadi.
Park bo‘yicha yangi navbatchi belgilangan vaqtda brigada komandirining 
qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari huzuriga yo‘l-yo‘riq olishga keladi.
Tarqatishdan so‘ng park bo‘yicha yangi navbatchi eski navbatchidan 
hujjatlar va mulkni qabul qiladi, u bilan birga park hududi va parkning barcha 
xonalarini ko‘zdan kechiradi va ro‘yxat bo‘yicha muhrlab yopilgan park xonalari, 
omborni, shuningdek, ayvonlar ostida va ochiq maydonchalarda turgan qurol-
aslaha, harbiy texnika va uskunalarni qabul qilib oladi.
U navbatchilikni qabul qilish chog‘ida bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan 
kamchiliklarni navbatchilikni qabul qilish va topshirish daftariga yozib qo‘yadi.
Eski va yangi navbatchilar navbatchilikning topshirilganligi va qabul 
qilingani to‘g‘risida brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari va 
brigada bo‘yicha navbatchiga bildiradilar.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling