УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Komandirlar (boshliqlar)ning bo‘ysunuvchilarini


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
 
Komandirlar (boshliqlar)ning bo‘ysunuvchilarini
rag‘batlantirish bo‘yicha huquqlari. 
Komandirlar (boshliqlar)ning o‘z qo‘l ostidagi askarlar, matroslar, serjantlar 
va starshinalarni rag‘batlantirish bo‘yicha huquqlari. 
Bo‘lim komandiri, guruh komandirining o‘rinbosari, vzvod starshinasi 
(komanda), guruh komandiri (bo‘linma)ning huquqlari. 
a) o’zi tomonidan oldin berilgan intizomiy ta’zirlarni bekor qilish; 
b) minnatdorchilik e’lon qilish. 
Vzvod komandirining huquqlari: 
a) o‘zi tomonidan oldin berilgan intizomiy ta’zirlarni bekor qilish; 
b) minnatdorchilik e’lon qilish; 
v) harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan ish joyi (o‘quv 
joyi)ga uning harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish olganligi 
to‘g‘risida xabar berish. 
Batalon komandirining huquqlari: 
a) o‘zi tomonidan oldin beriltan intizomiy ta’zirlarni bekor qilish; 
b) minnatdorchilik e’lon qilish; 
v) harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan ish joyi (o‘quv 
joyi)ga uning harbiy burchni namunali bajarayottani va rag‘batlantirish olganligi 
to‘g‘risida xabar berish. 
Alohida batal’on (2-rang kema) komandiri, shuningdsk, ushbu Nizomning 11- 
moddasiga ko‘ra batal’on (3-rang kema) komandiri intizomiy xokimiyatiga ega 
bo‘lgan alohida harbiy qism komandiri, bundan tashqari 23-moddaning «j», «i» 
bandlarida ko‘rsatilan rag‘batlantirishlardan ham foydalanish huquqiga ega. 
Brigada komandirining huquqlari: 
a) o‘zi tomonidan oldin berilgan intizomiy ta’zirni bekor qilish; 


106
b) minnatdorchilik e’lon qilish; 
v) harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan ish joyi (o‘quv 
joyi)ga uning harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish olganligi 
to‘g‘risida xabar berish; 
g) Faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a va pul bilan mukofotlash; 
d) harbiy xizmatchini harbiy qism Jangovar Bayrog‘i yonida suratga olish 
bilan taqdirlash; 
e) serjant (starshina)larga egallab turgan shtat lavozimidagi harbiy unvonidan 
bir pog‘ona yuqori – katta serjantgacha (bosh starshina) bo‘lgan navbatdaga harbiy 
unvon berish; 
j) a’lochining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash; 
z) askar, matros, serjant, starshinalarga (harbiy bilim yurti kursantlari bundan 
istisno) yo‘lga ketgan vaqtdan tashqari 10 sutkagacha ta’til berish. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling