УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100
Rag‘batlantirish — harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan 
ish (o‘quv) joyiga uning harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish 
olganligi to‘g‘risida xabar berish orqali, shuningdek, u muddatli xizmatdagi harbiy 
xizmatchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi, bunda uning yurtiga yoki oldingi ish 
(o‘quv) joyiga harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish olganligi 
to‘g‘risida minnatdorchilik xati tarzida jo‘natiladi. 
Rag‘batlantirish — Faxriy yorliq bilan, qimmatbaho sovg‘a yoki pul bilan 
mukofatlash — barcha harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi va u 
minnatdorchilik bildirish bilan bir vaqtda o‘tkazilishi, bunda Faxriy yorliq bilan 
alohida harbiy xizmatchilar ham, bo‘linmaning, harbiy qismning barcha shaxsiy 
tarkibi mukofotlanishi ham mumkin, qoidaga ko‘ra bunday taqdirlash o‘quv 
davrining yakunida (o‘quv yilining), zaxiraga bo‘shatilganda (iste’foga chiqqanda), 
shuningdek, musobaqa (tortishuv) yakunlari chiqarilganda amalga oshiriladi. 


109
Rag‘batlantirish — harbiy qism Jangovar Bayrog‘i oldida harbiy 
xizmatchining shaxsiy suratini olish bilan mukofotlash — askar, matros va 
serjantga nisbatan qo‘llaniladi. 
Bu rag‘batlantirish qo‘llanilgan har bir harbiy xizmatchiga ikki dona surat 
topshiriladi (harbiy xizmatchi parad-bayram libosida, qurollangan holda suratga 
tushadi), suratning orqa tomonida kimga va nima uchun berilgani yozib qo‘yiladi. 
Rag‘batlantirish — muddatadan oldin harbiy unvon berish va shtat bo‘yicha 
egallab turgan lavozimidagi harbiy unvondan bir pog‘ora yuqori unvon berish — 
davlatni himoya qilishda ko‘rsatilgan yuksaq axloqiy-jangovar fazilatlari, jangovar 
navbatchilik (jangovar xizmat) faoliyati yoki harbiy xizmatning boshqa vazifalarini 
bajarishda jangovar tayyorgarlikdagi a’lo ko‘rsatkichlar va harbiy intizomni 
mustahkamlashidagi xizmatlari uchun beriladi. 
A’lochining ko‘krak nishoni bilan butun o‘quv davrida a’lochi bo‘lgan askar, 
matros, serjant, starshinalargina va butun o‘quv yili mobaynida a’lochi bo‘lgan 
harbiy bilim yurtining kursantlari taqdirlanadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling