120
Gauptvaxtada ushlab turish uchun bandi qilish eng og‘ir ta’zir choralaridan
hisoblanadi va harbiy xizmatchi tomonidan qo‘pol intizomiy
xatti-harakat sodir
etilganda yoki komandir (boshliq)ning boshqa choralari samarasiz bo‘lganda
qo‘llaniladi.
Harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatchiga nisbatan gauptvaxtada
ushlab turish uchun bandi qilish qo‘llanilmaydi.
A’lochining ko‘krak nishonidan mahrum qilish tegishli intizomiy
hokimiyatga ega bo‘lgal komaidir (boshliq)ning yozma buyrug‘i bilan e’lon
qilinadi va quyidagi tarzda ijro etiladi:
- askar va matroslarga nisbatan harbiy qism safi oldida;
- serjant va starshinalarga nisbatan — serjant na starshinalar safi oldida.
Xizmatga notamom noloyiqligi to‘g‘risida ogohlantirish - harbiy xizmatchi
shtat bo‘yicha egallab turgan lavozimi davrida bir marta qo‘llaniladi.
Agar bir yil muddat ichida ushbu ta’zir qo‘llanilgandan
keyin harbiy
xizmatchi o‘z xulqini harbiy burchini namunali bajarish bilan to‘g‘rilamagan
bo‘lsa va ta’zir o’zining tarbiyaviy rolini o‘tkaza olmagan bo‘lsa, u o‘rnatilgan
tartibda lovozimidan pasaytirish yoki harbiy xizmatdan muddatidan oldin zaxiraga
bo‘shatishga tavsiya etiladi.
Harbiy unvonidan pasaytirish, shu jumladan uni quyi lavozimga o‘tkazish
tegishli intizomiy hokimiyatga ega bo‘lgan komandir (boshliq) buyrug‘i
bilan
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: