УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Intizomiy ta’zirlarni ijro etish tartibi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Intizomiy ta’zirlarni ijro etish tartibi 
Intizomiy ta’zirlar qoidagi ko‘ra zudlik bilan ijro etiladi va favqulodda 
holatlarda bir oy ichida ijro etiladi. Bir oylik muddat tugagach, ta’zir ijro 
etilmaydi, lekin u haqidagi qayd xizmat varaqasida saqlanadi. Ushbu holatda 
berilgan ta’zir ijro etilmay qoliishga aybdor bo‘lgan shaxs javobgar bo‘ladi. 


119
Shikoyat berilgan taqdirda intizomiy ta’zirni ijro etish to‘xtatilmaydi, katta 
komandir (boshliq)ning uni bekor qilish haqidagi buyrug‘idan so‘ng to‘xtatiladi. 
Berilgan intizomiy ta’zirlarning tartibi va qo‘llanilishi ushbu Nizomda 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa unda: 
- askar, matroslarga — shaxsan va saf oldida; 
- serjant va starshinalarga — shaxsan, yig‘ilishda yoki serjant va starshinalar 
safi oldida; 
- ofitserlarga — shaxsan, ko‘rsatma orqali yoki yig‘ilishda (katta ofitserlarga - 
katta ofitserlar ishtirokida, oliy ofitserlarga — oliy ofitserlar ishtirokida). Bundan 
tashqari, intizomiy ta’zirlar buyruq orqali ham e’lon qilinishi mumkin. 
Komandirlar (boshliqlar)ga o‘z qo‘l ostidagilar huzurida intizomiy ta’zir 
berish ta’qiqlanadi. 
Harbiy xizmatchiga intizomiy ta’zir e’lon qilinganda jazolashga olib kelgan 
sabablar va harbiy intizomni yoki jamoat tartibini buzilish sabablari ko‘rsatiladi. 
Hayfsan - dastlabki intizomni ta’zir hisoblanadi va ushbu Nizomning
91-moddasiga ko‘ra harbiy xizmatchiga e’lon qilinadi. 
Qattiq hayfsan - faqat saf oldida, yig‘ilishda yoki buyruq orqali e’lon qilinadi. 
Harbiy 
qism 
hududidan 
navbatdagi 
javob 
berishdan 
mahrum 
qilish muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni xizmat zaruratisiz harbiy qism 
hududidan etti sutkagacha chiqishini ta’qiqlaydi, jumladan (bo‘linma tarkibida) 
jamoa bo‘lib harbiy shaharchadan tashqarida joylashgan madaniy istirohat 
o‘choqlariga va dam olish joylarida qatnashishini man etadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling