УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


QOROVULLIK XIZMATINI TASHKIL ETISH


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
 
QOROVULLIK XIZMATINI TASHKIL ETISH. 
Qorovullik xizmatini o‘tash jangovar vazifani bajarish hisoblanadi va shaxsiy 
tarkibdan ushbu nizomning barcha qoidalariga to‘la amal qilishni, yuksaq 
hushyorlik, bukilmas matonat va tashabbuskorlikni talab etadi. Qorovullik xizmati 
talablarini buzgan aybdorlar axloq tuzatishga va jinoiy javobgarlikka tortiladi. 


134
Qorovullik xizmatini o‘tash uchun qorovullar tayinlanadi. Jangovar Bayroqni, 
harbiy va davlat ob’ektlarini qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha jangovar 
vazifani bajarayotgan, shuningdek, gauptvaxta va axloq tuzatish batal’onlarida 
saqlanayotgan shaxslarni qo‘riklayotgan qurollangan bo‘linma qorovul deb ataladi. 
Qorovullar garnizon qorovuli va ichki qorovul turlariga bo‘linadi; ular doimiy va 
vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. 
Garnizon qorovuli korpusga va markazga bo‘ysunadigan ob’ektlarni 
qo‘riqlash va himoya qilish, o‘zining qo‘riqlash bo‘linmasiga ega bo‘lmagan 
umumgarnizon ahamiyatiga molik ob’ektlarni, bir-biriga yaqin joylashish harbiy 
qismlar va bo‘linmalar ob’ektlarini, shuningdek, garnizon gauptvaxtasida 
saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqiash uchun tashkil qilinadi. 
Ichki qorovul har bir harbiy qism ob’ektlarini qo‘riqlash va himoya qilish 
uchun tayinlanadi. 
Samolyotlar (vertolyotlar) va aerodromdagi aviatsiya qismining boshqa 
ob’ektlari aviatsiya-texnika qismidan tayinlangan ichki qorovul tomonidan 
qo‘riqlanadi va himoya qilinadi. 
Doimiy qorovullar – qorovullar jadvalida bo‘ladi.
Vaqtinchalik qorovullar – qorovullar jadvaliga yozilmaydi; ular ortilayotgan 
va tushirilayotgan yoki vaqtincha omborda turgan harbiy mollarni qo‘riqlash va 
himoya qilish, turli transport iositalarida tashilayotgan harbiy mulklarni kuzatish
shuningdek, bandilar va maxbuslarni qo‘riqlash uchun garnizon boshlig‘i yoki 
harbiy qism boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling