УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Doimiy va vaqtinchalik qorovullar


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Doimiy va vaqtinchalik qorovullar 
36-rasm. Doimiy qorovullar 37-rasm. Vaqtinchalik qorovullar 


135
Garnizon qorovuli garnizon boshlig‘iga, garnizon harbiy komendantiga, 
garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisiga bo‘ysunadi garnizon 
gaupxvaxtasi qorovuli ulardan tashqari gauptvaxta boshlig‘iga ham bo‘ysunadi. 
Ichki qorovul harbiy qism komandiriga, harbiy qism bo‘yicha navbatchiga va 
agar ofitser bo‘lsa harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisiga bo‘ysunadi. 
Harbiy qism bo‘linmalaridan alohida joylashgan batalion (divizion) ob’ektlarini 
qo‘riqlayotgan ichki qorovul yuqoridagilardan tashqari o‘sha batal’on (divizion) 
komandiriga va harbiy unvoni jihatdan teng yoki katta bo‘lsa, unga batal’on 
(divizion) bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi. 
Serjantlardan tayinlangan harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisiga 
boshliqlari ofitser bo‘lmagan qorovullar bo‘ysunadi, serjantlardan tayinlanish 
harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisiga esa boshliqlari serjant bo‘lgan 
qorovullar bo‘ysunadi. Tarqatish paytida garnizon (harbiy qism) bo‘yicha 
navbatchini qarshi olish uchun «Rostlan» komandasi berilgan fursatdan boshlab 
qorovullar yuqoridagi shaxslar ixtiyoriga o‘tadi. Almashuvdan so‘ng o‘z harbiy 
qismiga (bo‘linmasiga) yo‘lga chiqish uchun qorovul boshlig‘ining «Qadam bos» 
komandasi berilgan fursatdan boshlab ularning ixtiyoridan chiqadi. 
Qorovul tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi: qorovul boshlig‘i, post va 
almashuv soni bo‘yicha qorovullar, tarqatuvchi, zarurat tug’ilsa qorovul boshlig‘i 
yordamchisi, qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan quriqlash bo‘yicha 
yordamchisi (operator) yoki operatorlar smenasi (uch-to‘rt kishi, ulardan 
bittasini qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha 
yordamchisi etib tayinlashi mumkin), qorovul boshlig‘ining qo‘riqchi itlar xizmati 
bo‘yicha yordamchisi va transport vositalari haydovchilari. 
Birlashmalar va undan yuqorining shtab va boshqarma punktlarini 
qo‘riqlash, shuningdek, muassasalarni qo‘riqlash bo‘yicha qorovullar safida 
yuqorida sanalgan shaxslardan tashqari nazorat-o‘tkazish postlari qorovullari, 
gauptvaxtadagi qorovul safida esa tashqariga chiqaruvchi bo‘ladi. 


136
Ob’ektlarni bavosita qo‘riqlash va himoya 
qilish uchun qorovullar safidan soqchilar 
chiqariladi. O‘ziga topshirilgan postni qo‘riqlash 
va himoya qilish bo‘yicha jangovar vazifani 
bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi deb 
ataladi. Qo’riqlash va himoya qilish uchun 
soqchiga topshirilgan barcha narsa, shuningdek, u 
o‘z vazifasini bajarayotgan joy yoki yer 
uchastkasi post deb ata ladi, texnik himoya 
vositalari yordamida qorovul qo‘riqlayotgan 
ob’ektlar va bu himoya vositalari o‘rnatilgan yer 
uchastkasi ham postga qaraydi. 
38-rasm. Soqchi
Soqchi ob’ektlar himoyasini ob’ekt atrofida ichki va tashqi devor o‘rtasida, 
agar ob’ekt bitta devor bilan o‘ralgan bo‘lsa devorning ichki tomoni bo‘ylab 
patrullik qilish yo‘li bilan amalga oshiradi. Shuningdek, soqchilikni minoradan 
turib amalga oshirsa ham bo‘ladi. Ayrim postlarni soqchilar joyida turib 
qo‘riqlashlari ham mumkin. 
Muhim ahamiyatga molik davlat va harbiy ob’ektlar qo’riqlanganda soqchilar 
o‘z vazifasiii kuzatuv minorasida turib amalga oshirishi mumkin. Bunday hollarda 
ular uzoqligi 500 metrgacha bo‘lgan ob’ektlarni qo‘riqlashi va himoya qilishi 
mumkin. 
Garnizon boshliqlari, harbiy qismlar va bo‘linmalar komandirlari, harbiy 
ob’ektlar boshliqlari, shuningdek, barcha bevosita boshliqlar doimo ob’ektlarni 
qo‘riqlash uchun kerak bo‘ladigan shaxsiy tarkib sonini qisqartirishga erishishi 
kerak.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling