УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi: ruxsatnomaning raqami va
ruxsatnoma borilgai qorovul boshlig‘iga qarashli qorovulning raqami; ochish (yopish) kerak bo‘lgan ob’ektning nomi; ochish (yopish) kuni va vaqti; ochishga (yopishga) kelgan shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasishshg ismi. Biron mahsulot saqlash joylarini (omborlarni, parklarni) ochish yoki to‘xtash joylarida turgan jangovar mashina va harbiy texnikani qorovuldan qabul qilib olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati garnizon boshlig‘ining, harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan e’lon qilinadi. Haqiqiy imzo qo‘yilgan ruxsatnoma namunalari, u yoki bu saqlash joylarini (omborlarni, parklarni) ochish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxati, shuningdek, garnizoi harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) imzolagan va tamg‘ali muhr bilan tasdiqlagan muhr nusxasi (plomba nusxasi) qorovulxonada bo‘lishi shart. Omborlarning (baza, qurol-aslaha omborlarining) texnik hududiga, tez yong‘in chiqadigan va o‘ta muhim ob’ektlarga kirish tartibi maxsus qarorga (yo‘riqnomaga) asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli boshqarmasi boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Samolyotlar (vertolyotlar) va aerodromdagi avivtsiya qismining boshqa ob’ektlari saqlanadigan joylarni ochishsa o‘sha qism harbiy shtabi boshlig‘i tomonidan ruxsat beriladi. Samolyot (vertolet)lar turadigan joy ochilgandan so‘ng va ularni qorovul ixtiyoriga qoldirgunga qadar qo‘riqlash tartibi ushbu Nizomda ko‘rsatilgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi. Alohida sharoitlarda harbiy ob’ektlarni quriqlash va himoya qilish uchun qorovullik xizmatini o’tash tartibi qo’shimcha ravishda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling