УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Qorovul boshlig‘i qorovullarni quyidagi hollarda qurollanishga chaqirishi
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Qorovul boshlig‘i qorovullarni quyidagi hollarda qurollanishga chaqirishi
mumkin: - qo‘riqlanayotgan ob’ektga, soqchiga, almashuvda turgan qorovullarga (nazorat-qo’riqlash guruhiga) yoki qorovulxonaga hujum bo‘lganda; - texnik qo‘riqlash vositalari o‘z-o‘zidan ishlab ketganda; - bandilar orasida tartibsizlik bo‘lgan va ular qochmoqchi bo‘lganda ogoxlantirish uchun; - qo‘riqlanayotgan ob’ektda yoki qorovulxonada yong‘in bo‘lganda yoki ularga tabiiy ofat xavf solganda; - garnizonda (harbiy qismda) trevoga e’lon qilinganda; - qorovulni, qurollanishga chaqirish uchun qorovul boshlig‘i «Qorovul- qurollan» degan komanda beradi. Bu buyruq asosida qorovul shaxsiy tarkibi 247-moddada ko‘rsatilgan holda ish tutadi. Qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga, soqchi yoki qorovulxonaga hujum bo‘lganda qorovul boshlig‘i yo‘riqnoma bo‘yicha ish tutadi va vaziyatga qarab hujumni qaytarish uchun tadbirlar qabul qiladi; hujum haqida zudlik bilan garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi. 154 Zarur bo‘lib qolganda qorovul boshlig‘i jangovar o‘qlar, granata va piltalar zaxirasi turgan qutilarni ochadi. Keyinchalik qutidan o‘q-dorilar olinganligi haqida dalolatnoma tuzadi. Agar qo‘riqlanayotgan ob’ekt yoki qorovulxona yaqinida jamoat tartibi buzilsa va bu qorovul oldiga qo‘yilgan vazifaning bajarilishini xavf ostiga solsa, qorovul boshlig‘i qorovullar kuchi bilan tartib o‘rnatish choralarini ko‘radi va bu haqda zudlik bilan garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) iavbatchiga xabar beradi. Qo‘riqlanayotgan ob’ektdagi yoki qorovulxonadagi yong‘inni o‘chirishga qorovul boshlig‘i qorovullarni jalb etadi va bir vaqtning o‘zida o‘t o‘chirish guruhini chaqiradi, anjomlarni saqlab qolish choralarini ko‘radi, bo‘lgan hodisa haqida zudlik bilan garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi. Qo‘riqlanayotgan ob’ektning texnix hududida yoki ichki va tashqi to‘siqlar bilan o‘ralgan ob’ektda, shuningdek, shunga yaqin joyda yong‘in chiqsa, qorovul boshlig‘i bu haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi, va uning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish tutadi. Agar qo‘riqlanayotgan ob‘ektga tabiiy ofat xavf solsa, qorovul boshlig‘i garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi, qo‘riqlanayotgan mulkni saqlab qolish uchun tadbirlar ko‘radi. Hayotiga yong‘in yoki suv toshqini xavf solayotgan soqchiga qorovul boshlig‘i qo‘riqlayotgan ob’ektini ko‘zatishi mumkin bo‘lgan xavfsiz yerga o‘tish to‘g‘risida buyruq beradi, xavf tutagandan so‘ng esa yana o‘z joyiga qaytaradi. Qorovul boshlig‘i qorovullar bo‘ysunadigan shaxslarni, ularni kuzatib kelganlarni, qorovullar tayinlangan vzvod (batareya) komandirlarini, uning o‘rinbosarlarini va agar yuzidan tanisa vzvod (batareya) komandirining barcha bevosita boshliqlarini hech bir to‘siqsiz qorovulxonaga qo‘yadi. Qorovulxonaga bu odamlar kelgani haqida qorovul boshlig‘i, garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi. Boshqa shaxslarni qorovul boshlig‘i kelishdan 155 maqsadini, hujjat bo‘yicha shaxsini va ruxsatnomasini tekshirib ko‘rgandan so‘ng qorovulxonaga qo‘yadi. Boshliqlarning topshirig‘iga binoan qorovulni tekshirish uchun kelgan 254-moddada sanalgan shaxslar faqat garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchi yoki uning yordamchisi (agar qorovul unga bo‘ysunsa, harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisi) kuzatuvida qorovulxonaga qo‘yiladi. Ichki qorovulni tekshirish uchun o‘z harbiy qismidan kelgan ofitserlar shaxsiy guvohnomasi bo‘yicha va qorovulni tekshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnoma bo‘yicha qorovulxonaga quyiladi. Noto‘g’ri rasmiylapggirilgan hujjatlar bilan kelgan shaxslarni qorovul boshlig‘i ushlaydi, ular haqida zudlik bilan garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga axborot beradi va uning ko‘rsatmasiga amal qiladi. Qorovulni tekshirishga kelganlardan tashqari qorovulxonaga kirgan barcha shaxslar haqida qorovul boshlig‘i post ro‘yxatiga yozib qo‘yadi. Qorovullar almashayotgan paytda, tekshirishga kelgan shaxslardan tashqari, hech kim qorovulxona va qo‘riqlanayotgan ob’ektga qo‘yilmaydi. Qorovulga qorovul bo‘ysunadigan shaxslar yoki ularning bevosita boshliqlari, garnizon qorovulligiga esa o‘z harbiy qismi komandiri kelsa, qorovul boshlig‘i ularga quyidagicha bildiruv bsradi: «O‘rtoq gensral-mayor, navbatchiligim Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling