УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Qorovul tayinlangan vzvod (batareya) yoki batalion (divizion) komandiri


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
Qorovul tayinlangan vzvod (batareya) yoki batalion (divizion) komandiri 
quyidagilarga majburdir: 
- naryadga kirish arafasida qorovul shaxsiy tarkibini tanlash va postlar 
raqami asosida bo‘lishga; 
- qorovullikka tayyorlanishning birinchi va ikkinchi bosqichi bo‘yicha 
mashg‘ulotlar o‘tkazishga va shaxsiy tarkibning mustahkam bilim olishiga, o‘z 
majburiyatlarini to‘la bajarishiga va qurol olib yurganda xavfsizlik talablarini 
bajarishiga erishishga; 
- qorovul shaxsiy tarkibini tarqatishga jo‘natishdan oldin ularning qurollari 
va o‘q-dorilari ahvolini, yuvinish-kiyinish buyumlarining mavjudligini, har bir 
harbiy xizmatchining tashqi ko‘rinishini tekshirishga, shuningdek, postlar 
ro‘yxatini to‘ldirishga va imzo chekishga; 
- qorovullarni o‘z vaqtida tarqatish tadbiriga yetib kelishga; 


149
- vzvoddan (batareyadan) yoki batal’ondan (diviziondan) tayinlangan 
qorovullar xizmatini tekshirishga; 
- qorovullar almashgandan so‘ng qorovul boshlig‘iniig vazifa bajarilgani 
haqidagi axborotini tinglashga, postlar ro‘yxatiga yozilgan barcha fikrlar bilan 
tanishishga, ikkinchi kunga o‘tmasdan qorovul tayinlangan bo‘linma shaxsiy 
tarkibi bilan xizmatning o‘tishi haqida suhbat o‘tkazishga va aytilgan fikrlar 
asosida ko‘rilgan tadbirlar yozilgan post ro‘yxatini harbiy qism shtabiga 
jo‘natishga. 
Tarqatish tadbiriga 15 minut qolganda qorovullar xizmatni o‘tashga tayyor 
bo‘lishi va qorovul boshliqlari ixtiyoriga o‘tishi kerak.
Bu paytda qorovul boshlig‘i quyidagilarga majburdir: 
- qurollar, o‘q-dorilar olishga, ularni shaxsiy tarkibga tarqatish ro‘yxati 
bo‘yicha, imzo chektirgan holda tarqatishga;
- o’qdon (oboyma)larning to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirishga; 
- post ro‘yxati bo‘yicha qorovullarni hisoblashga; 
- qurollarni ko‘zdan kechirishga; 
- kiyimlar va qurol-yarog‘larning to‘g‘riligini tekshirishga; 
- qorovulning tayyorligi haqida vzvod (batareya) yoki batal’on (divizion) 
komandiriga hisob berishga. 
Qorovullar qorovullik shaharchasidan o‘qdonni (oboymani) sumkaga solib
o‘qlanmagan qurol bilan chiqadilar (to‘pponcha bilan qurollanganlar bundan 
mustasno). 
Barcha garnizon qorovullarini harbiy qismdan qism bo‘yicha navbatchi 
jo‘natadi. Qorovullarni jo‘natgani haqida u harbiy qism komandiriga (shtab 
boshlig‘iga) va garnizon harbiy komendantiga bildiruv beradi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling