УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Nazorat-o‘tkazish joyi soqchisi 178-184-moddalarda ko‘rsatilganlardan


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Nazorat-o‘tkazish joyi soqchisi 178-184-moddalarda ko‘rsatilganlardan 
tashqari yana quyidagilarga majburdir: 
- o‘tkazish hujjatlaridagi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardagi yozuv va 
muddatini, shuningdek post raqamida o‘z majburiyatlarini bilishga; 
- post orqali o‘tayotganlarni faqat postda bor va o‘tkazish mumkin bo‘lgan 
shaxsiy o‘tkazish hujjatini tekshirgandan keyingina o‘tkazishga. O‘tayotganlar 
o‘tkazish hujjatlarini qo‘llariga ushlab olishlari shart; 
- biror-bir narsani tashib olib kirayotganda, tashib olib chiqayotganda 
materiallarni o‘tkazish hujjatini (yo‘l varaqasini), nimani va qancha miqdorda 
tashib olib chiqayotganini yoki tashib olib kirayotganini tekshirishga; 
- yo‘l varaqasi bor mashinalarnigina o‘tkazishga; 


165
- o‘tkazish tartibini buzgan holda ob’ektga kirmoqchi (chiqmoqchi) bo‘lgan, 
shuningdek, haqiqiy bo‘lmagan xujjat bilan ob’ektga kirmoqchi (chiqmoqchi) 
bo‘lgan shaxslarni ushlash va qorovul boshlig‘ini chaqirishga. 
Nazorat-o‘tkazish posti soqchisiga quyidagilar taqiqlanadi: o‘tkazish 
hujjatlarining muddati haqida ma’lumotnoma va ularga shifrlar berish, o‘tkazish 
hujjati tekshirilmaganlar bilan suhbatlashish, postga chet kishilarni va biron-bir 
narsani qo‘yish. 
Ochilgan postlar (ombor, park)da jangovar mashinalar (boshqa qurol-aslaha 
va harbiy texnika) turadigan joylardagi ishlab chiqarish ishlari paytida, soqchi post 
raqamida ko‘rsatilgan vazifalarni bajaradi. 
Soqchi yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan saqlash joylari (ombor) oldida 
yuqoridagilardan tashqari yana quyidagilarga majburdir: 
- kim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zi qo‘riqlayotgan ob’ektga yaqin masofada 
chekishiga, o‘t yoqishiga, o‘q otishiga, post raqamida ko‘rsatilmagan yoritish 
asboblaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka; 
- saqlash joylariga (omborga) post raqamida ko‘rsatilmagan oyoq kiyimlari va 
fonus bilan, shuningdek, sovuq va o‘q otish qurollari bilan kirishga yo‘l 
qo‘ymaslikka. 


166
XULOSA 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy 
xizmatchilarining umumiy huquqlari va majburiyatlarini hamda ular o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni, harbiy bo‘linma mansabdor shaxslarining asosiy 
majburiyatlari, shuningdek, ichki tartib qoidalari yoritib o‘tilgan.
Shuningdek, o‘quv jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 
Umumharbiy nizomlari fanidan mashgulotlarni tashkil etishda ilg‘or pedagogik 
texnalogiyalarini joriy etish mamlakatimiz ta‘lim tizimini islox qilishning asasiy 
ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e‘tirof etilishi bejiz emas. Chunki pedagogik 
texnalogiya ta‘lim jarayonini inqirozdan holi etish uni bozor iqtisodiy sharoitiga 
mos holda takomillashtirish va Davlat ta‘lim standart talablariga muvofiq kadirlar 
tayyorlashning muxim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Mamlakatimiz Pzidenti Sh.Mirziyoyev takidlaganlaridek – eng yangi 
zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta‘minlangan o’quv muassasalarda eskidan 
qolgan o‘qitish uslublarning davom etishiga mutloq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero 
pedagogik texnalogiyadan foydalanayotgan ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar 
o‘quv jarayonini sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarishga erishayoganliklari 
hayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada bayon etilgan ma‘lumotlar esa bu pedagogic 
texnalogiyaning didaktik saloxiyatini to‘g‘irlashda fikir yuritishga asos bo‘ladi. 
Ayniqsa tashhizlanuvchan o‘quv maqsadlarini belgilash joriy va yakuniy mezoniy 
baxolash reproduktiv o‘qitishni algoritim bo‘yicha olib boorish talabalarni 
mustaqil bilim olishga undash o‘quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik 
tizim sifatida loyixalsh kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirish pedagogok 
texnalogiyalar katta imkoniyatlarga ega. Pedagogik texnalogiyalarning joriy etish 
tajribasini 
o‘rganish 
va 
unga 
ijodiy 
yo‘nalish, 
o‘quv 
jarayonini 
insonparvarlashtirish. Bunda talabani sust oby’ektdan faol sub’yektda aylantirish, 
bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo‘nalganligini hamda o‘quv jarayonini 
ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini taminlashda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, pedagoglarga turli shakldagi test topshiriqlari 


167
tuzish ularni sinash malakalari shakllanadi va takomillashadi. Pedagogik 
texnalogiya doirasida yaratilgan turli xil didaktik konsturiksiyalarga murojat qilish 
esa o‘quv jarayonini tashkil qilishga oqilona va ijodiy yondashishga, bunda 
o‘qituvchi o‘z erkinligiga ega bo‘lishi, darsda qo‘laniladigan turli shakli, uslub va 
vositalar samaradorligini o‘zi baxolashiga imkoniyat yaratadi. Shuni takidlash 
lozimki, pedagogik texnalogiya tamoyillari va qoidalariga amal qilish, o‘quv 
jarayoni mazmunini talaba shaxsiga, uning qiziqishlari, intilishlari, yosh davirlari 
xususuyatlariga va individual o‘zlashtirish su‘ratlariga muvofiq xolda olib 
borilishini taminlaydi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling