Saf eni - qanotlar o‘rtasidagi masofa.
Saf uzunligi - birinchi sherenga bilan oxirgi sherenga (oldinda turgan harbiy
xizmatchi bilan ortda turgan harbiy xizmatchi) o‘rtasidagi masofa. Harakat
mashinalar vositasida bajarilayotgan bo‘lsa, birinchi mashinalar chizig‘i bilan
oxirgi mashinalar chizig‘i (oldinda turgan mashina bilan oxirida turgan mashina)
o‘rtasidagi masofa.
Ikki sherengali saf - birinchi va ikkinchi sherenga, deb nomlanadigan
ikkinchi sherengadagi harbiy xizmatchilar birinchi sherengadagi harbiy
xizmatchilar ortida, bir qadamga teng distansiya qoldirgan holda (oldinda turgan
170
harbiy xizmatchining yelkasiga kafti qo‘yilib uzatilgan qo‘l masofasida) turgan saf.
Saf burilganida sherenga nomi o‘zgarmaydi.
Qator - ikki sherengali safda ketma-ket turgan ikki nafar harbiy xizmatchi.
Agar birinchi sherengada turgan harbiy xizmatchi ortida harbiy xizmatchi
bo‘lmasa, bunday qator to‘lmagan qator, deb nomlanadi.
Kolonna - harbiy xizmatchilar va bo‘linmalar (mashinalar) bir-birining
ortida, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan
distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.
Yonma-yon tizilgan saf - bo‘linmalar bir yoki ikki sherengali safga
(mashinalar chizig iga) front bo‘ylab bir chiziqda tizilgan yoxud kolonnalar
chizig‘iga, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan
interval qoldirgan holda tizilgan saf.
Yurish safi – bo‘linma kolonnaga tizilgan yoki kolonnaga tizilgan
bo‘linmalar ketma-ket, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan
tayinlangan distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.
Yetakchi - tayinlangan yo'nalishda bosh bo‘lib borayotgan harbiy xizmatchi
(bo‘linma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar (bo‘linma yoki mashinalar) o‘z
harakatini yetakchiga qarab moslashtiradi
171
Do'stlaringiz bilan baham: |