УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
U quyidagilarga majburdir
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soqchilarii postlarga qo‘yishda va ularni almashtirishda tarqatuvchi quyidagilarga majburdir: - almashuv uchun postlarga
U quyidagilarga majburdir:
- o‘z postlarini, ularning joyini va chegarasini; 158 - ularga borish yo‘llarini, qo‘riqlash va himoya qilish shartlarini (ko‘zatish, otish, o‘rash) va har bir postdagi soqchining asosiy majburiyatlarini bilishga; - eski qorovul tarqatuvchisidan muhr (plomba) nusxasini qabul qilib olishga, soqchilarni postlarga qo‘yishda esa postlar raqamiga binoan qo‘riqlashda bo‘lgan ob’ektlarni qabul qilib olishga va bu haqda qorovul boshlig‘iga axborot berishga; - qorovullarni postlarga jo‘natishdan oldin ularni o‘z majburiyatlari haqidagi bilimlarini sinab ko‘rishga, shuningdek, ular o‘zlarining chekadigan va o‘t oldiradigan narsalarini qorovulxonada qoldirganligini tekshirib ko‘rishga; - qorovullar tomonidan postga jo‘nashdan oldin qurolning to‘g‘ri o‘qlangani va postdan qaytgach, to‘g‘ri o‘qsizlantirganini kuzatib turishga (98, 99, 225- modda); - har bir qorovullar almashuvidan qaytgach, almashuv bo‘lgani, postlarning ahvoli haqida, barcha kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun ko‘rilgan chora- tadbirlar haqida qorovul boshlig‘iga axborot berishga; - qorovul boshlig‘ining ruxsati bilan o‘ziga bo‘ysunadigan soqchilarning xizmatini o‘tashini tekshirib ko‘rishga. Gauptvaxtadaga qorovul tarqatuvchisi yuqoridagalardan tashqari unga bo‘ysunadigan soqchi qo‘riqlayotgan bandilar sonining ham bilishi kerak. Soqchilarii postlarga qo‘yishda va ularni almashtirishda tarqatuvchi quyidagilarga majburdir: - almashuv uchun postlarga borayotganda va qaytayotganda postlar joylashuvi sxemasida ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishiga qat’iy amal qilishga; - soqchi va postda turayotgan qorovul postni to‘g‘ri topshirishini va qabul qilib olishini ko‘zatishga; - shaxsan soqchi va postda turayotgan qorovul bilan yoritish vositalarining, to‘siqlarning, eshiklarning (darvozalarning), derazalarning ahvoli, omborlarning devorlari va panjaralari, qulflarning, bog‘ichlarning va muhrning mavjudligi va holatini, ularning nusxalariga to‘g‘ri kelishini yoki qo‘riqlashda bo‘lgan jangovar mashinalarning (boshqa qurol-aslaha va harbiy texnikaning) sonini, shuningdek, 159 texnik qo‘riqlash vositalarining, aloqa, o‘t o‘chirish vositalarining va post kiyimlarining mavjudligi va holatini tekshirishga; - post qo‘riqlashga kirishayotgan soqchiga asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozimligini, qo‘shni postlar qaerda ekanligini, qo‘riqlanayotgan ob’ektning eng xavfli joylarini ko‘rsatishga; - post chegarasi o‘tgan joylarni va tabel raqamida ko‘rsatilganiga binoan begona kishilarni soqchi tomonidan qo’yish mumkin bo’lmagan taqiqlangan chegarani ko‘rsatishga, soqchining o‘ziga, qo‘riqlayotgan ob’ektiga yoki qo‘shni postga hujum bo‘lganda, shuningdek, yong‘in chiqqanida nima qilishi kerakligini bilish-bilmasligini tekshirib ko‘rishga; - soqchining axborot berish tartibi va qorovulxona bilan aloqa o‘rnatish bilimini sinab ko‘rishga. Tarqatuvchi Jangovar Bayroq oldidagi soqchini postdan almashtirish vaqtida g‘ilofdagi (javondagi) muhr nusxasini o‘zidagi muxr bilan solishtirib tekshirib ko‘radi. Agar g‘ilofda (javonda) yoki muhrda biror kamchilik sezsa, tarqatuvchi qorovul boshlig‘ini chaqiradi va bu haqda unga axborot beradi. Qurol-aslaha omborlarini (parklarni) ochish paytida tarqatuvchi postga muhr nusxasi bilan keladi va ochishga kelgan shaxs bilan birga saqlash joylari (omborlar, parklar)ni ko‘zdan kechiradi. Agar soqchi post raqamiga rozi bo‘lsa, postda qolishi lozim, tarqatuvchi esa shu paytdagi post raqamining holatiga qarab uning asosiy majburiyatlarini eslatadi. Saqlash joylaridan (omborlardan) chiqishni tarqatuvchi post raqamida ko‘rsatilgan talablarga amal qilgan holda hal etadi. Soqchi almashuvi paytida ochiq saqlash joylari (omborlar, parklar) oldida tarqatuvchi postda turayotgan soqchiga omborni kim ochishi va kimlar jangovar mashinalar (boshqa qurol-aslahalar va harbiy texnika) to‘xtash joyiga kirishi mumkinlishni ko‘rsatadi. Saqlash joylarini (omborlarni, parklarni) yonish paytida tarqatuvchi postga muhr (plomba) nusxasi bilan kelish va shaxsan o‘zi soqchi va o‘q-dori omborini (omborni, parkni) qo‘riqlashga topshirayotgan shaxs bilan birgalikda muxrni (plombani) va deraza, panjara va eshik-devorlarning ahvolini tekshirib ko‘rishi 160 lozim. Jangovar mashinalarni (boshqa qurol-aslaha va harbiy texnikani) qo‘riqlashga kirishishdan oldin ular turgan joyda ularniig sonini, agar muhrlanadigan (plombalanadigai) bo‘lsa, uni o‘zidagi muhr (plomba) nusxasiga solishtirib ko‘rishi kerak. Qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi o‘z vazifasini bajarayotgan paytda qattiq kasal bo‘lsa (qattiq yaralansa) yoki vafot etsa, uning vazifasini birinchi tarqatuvchi bajaradi. Bu haqda u garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchiga axborot beradi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling