156
Trevoga e’lon qilinganda qorovul boshlig‘i qorovullarni «Qurollan» eshikga
chaqiradi. Tarqatuvchi va qorovullarning
vazifasini belgilaydi, postlar va
qorovulxona
himoyasini kuchaytiradi; saqlash joylari (omborlar) boshliqlari
tomonidan qo‘riqlanayotgan ob’ektlarni zudlik bilan ochishni ta’minlaydi:
garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga ko‘rilayotgan
tadbirlar,
qorovulni almashuvga tayyorlash haqida axborot beradi va uning ko‘rsatmalari
bo‘yicha ish qiladi.
Qorovul boshlig‘iga quyidagilar taqiqlanadi:
- soqchilarni almashtirish, ularning xizmatini
tekshirish yoki ularning
chaqirig‘iga binoan, shuningdek, qo‘riqlanayotgan ob’ekt
joylashgan hududda
biror hodisa yoki tabiiy ofat ro‘y bergandan tashqari vaqtlarda qorovulxonani
tashlab ketish;
- qorovulxonadan ketayotganda o‘z o‘rniga
yordamchisini, yordamchisi
ham bo‘lmaganda, tarqatuvchini yoki qorovullardan birini qoldirib ketadi;
- telefonda shaxsan o‘z xizmatiga aloqasi bo‘lmagan
gaplarni gaplashish
yoki boshqa qorovullarga ruxsat berish;
- garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchining ruxsatisiz
qorovullardan birini qo‘yib yuborish;
- garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchining
ruxsatisiz post
ro‘yxatida ko‘rsatilgan soqchilar almashuv tartibini o‘zgartirish;
- qorovulga ajratilgan
transport vositalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: