УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Qorovul boshlig‘ining yordamchisi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Qorovul boshlig‘ining yordamchisi 
Qorovul boshlig‘ining yordamchisi qorovul boshlig‘iga bo‘ysunadi. 
U quyidagilarga majburdir: 
- qorovulning vazifasini, qorovul boshlig‘i ko‘rsatmasini va barcha 
qorovullarning vazifasini bilishga; 
- qorovul almashuvi paytida qorovulxona va unda saqlanayotgan jihozlar
asbob-anjomlar va buyumlarni ro‘yxat bilan qabul qilib olishga; 


157
- qorovul boshlig‘i yo‘q paytda yoki dam olayotganda uning vazifasini 
bajarishga; 
- qorovul boshlig’ining buyrug‘iga binoan navbatdagi soqchilarni postlarga 
jo‘natish va soqchilar xizmatshsh tekshirishga;
- qorovulxonadan chiqishda soqchilar almashuvi ro‘yxatini tuzish va ularni 
almashuvga olib borishga; 
- qorovul shaxsiy tarkibining o‘z vaqtida ovqatlanishini, buyumlar, asbob-
anjomlar va jihozlarning to‘g‘ri, joy-joyida turishini, qorovulxona va uning 
atrofidagi hududda tozalik va tartib o‘rnatilishini, shuningdek, pechkalarning o‘z 
vaqtida yoqilishini va qorovulxonaning o‘z vaqtida yoritilishini ko‘zatishga; 
- soqchilarning xizmatini tekshirish uchun kelgan shaxslarga qorovul 
boshlig‘ining buyrug‘iga binoan hamroxlik qilishga. 
Qorovul boshlig‘ining gauptvaxtadagi yordamchisi sutkada kamida to‘rt 
marta (shulardan ikki martasi tunda) kameralarning ahvolini, texnik qo‘riqlash 
vositalarining to‘g‘ri ishlayotganini va bandilarning ular uchun o‘rnatilgan 
tartibni bajarayotganini tekshirib turishga majbur. 
Qorovul boshlig‘i qattiq kasal bo‘lib qolsa (qattiq jarohat olsa) yoki vafot 
etsa, qorovul boshlig‘i yordamchisi uning vazifasini bajarishga kirishadi va bu 
haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga axborot beradi. 
Tarqatuvchi 
Tarqatuvchi o‘ziga bo‘ysunuvchi soqchilarning to‘g‘ri va hushyor xizmat 
qilishiga, o‘z vaqtida almashuv bo‘lishiga va soqchilarning postlarga qo‘yilishiga, 
soqchilarning postlarni to‘g‘ri topshirishiga va qabul qilib olishiga javob beradi. U 
qorovul boshlig‘iga va uning yordamchisiga bo‘ysunadi va faqat ularning 
buyrug‘ini bajaradi. 
Tarqatuvchi o‘zi yoki qorovul tarkibida qo‘riqlanayotgan ob’ektga, soqchiga, 
navbat almashishga borayotgan yoki navbat almashishdan qorovulxonaga 
qaytayotgan qorovullarga hujum bo‘lganda qurol ishlatish huquqiga ega. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling