УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Soqchiga quyidagalar taqiqlanadi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100
Soqchiga quyidagalar taqiqlanadi: uxlash, o‘tirish, biror narsaga enkayish
yozish, o‘qish, kuylash, gaplashish, yeyish, ichish, chekish, tabiiy ehtiyojlarga 
borish, kimligidan qat’iy nazar birovga bir narsa berish va birovdan bir narsa olish, 
keraksiz paytda patronnikka patronni jo‘natish. 
Soqchi 
faqat 
qorovul 
boshlig‘ining, 
uning 
yordamchisining, 
o‘z 
tarqatuvchisining va tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishi 
kerak. 
Soqchi o‘ziga yoki qo‘riqlanayotgan ob’ektiga aniq hujum bo‘lgan hollarda 
ogoxlantirishsiz qurol ishlatishga majbur. 
U qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi, o‘zining tarqatuvchisi va 
ular kuzatuvida kelgan shaxslardan boshqa postga yoki taqiqlangan chegaraga 
yaqinlashgan barchani baqirib «To‘xta, orqaga» yoki «To‘xta o‘ngdan (chapdan) 
aylanib o‘t» deb to‘xtatishga haqli. 
Agar postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashayotgan tartibbuzar uning 
bu talabini bajarmasa soqchi uni «To‘xta, otaman» deb ogohlantiradi va zudlik 
bilan qorovul boshlig‘ini yoki tarqatuvchini chaqiradi. Agar tartibbuzar shunda 
ham post va taqiqlangan chegaraga yaqinlashishda davom etsa, soqchi patronnikka 
patron yuboradi, osmonga qarab ogoxlantiruvchi o‘q uzadi. Tartibbuzar shunda 
ham uning talabini bajarmasa va postga kirishga (taqiqlangan chegarani kesib 
o‘tishga) harakat qilsa yoki qochishga urinsa, soqchi unga nisbatan qurol ishlatadi. 
Ko‘rinish yomon bo‘lganda post raqamida ko‘rsatilgan masofadan postga va 
taqiqlangan chegaraga yaqinlashganlar ko‘rinmay qolganda soqchi ularni «To‘xta, 
kim kelayapti» deya baqirib to‘xtatadi. Agar javob bo‘lmasa, soqchi uni «To‘xta, 
otaman» deb ogohlantiradi va ushlaydi. Ushlangan tartibbuzar haqida 
qorovulxonaga xabar beradi, uning o‘zini tutishini kuzatadi, shu bilan birga 
diqqatini bo‘lmay, o‘ziga birkitilgan postni qo‘riqlashda davom etadi. 


163
Soqchi baqirganda «Qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘ining yordamchisi, 
tarqatuvchi) kelayapti» degan javob bo‘lsa, soqchi quyidagicha buyruq beradi: 
«Qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘ining yordamchisi, tarqatuvchi) mening 
oldimga, qolganlar joyida qolsin». Zarurat bo‘lsa soqchi o‘ziga yaqinlashayotgan 
shaxsdan yuzini yoritishni talab qiladi. Soqchi o‘ziga yaqinlashayotgan shaxs 
haqiqatan ham qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘ining yordamchisi, tarqatuvchi) 
ekanligiga ishonch hosil qilgach, qolganlarni ham o‘z oldiga qo‘yadi. 
Agar o‘zini qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘i yordamchisi, tarqatuvchi deb 
tanishtirgan shaxs boshqa kishi bo‘lsa va u bilan birga kelganlar soqchining 
«qolganlar joyida qolsin» degan talabini bajarmasa, soqchi baqirib «To‘xta, 
otaman» deya ogohlantiradi. Tartibbuzarlar soqchining bu talabini bajarmasa
ularga nisbatan qurol ishlatadi. 
Qo‘riqlanayotgan ob’ektni va o‘zini himoya qilish uchun qo‘l jangiga kirishga 
to‘g‘ri kelsa, soqchi qo‘ndoq va nayza bilan bemalol harakat qilishi kerak. 
42-rasm. Soqchi o‘zini himoya qilish uchun
qo‘l jangiga kirish harakati
Postda yong‘in chiqqanda soqchi bu haqda zudlik bilan qorovulxonaga xabar 
beradi va o‘zi qo‘riqlayotgan ob’ektlarni kuzatishda davom etgan holda yong‘inni 
o‘chirish choralarini ko‘radi. Qo‘riqlanayotgan ob’ektning texnik hududida yoki 
ichki va tashqi devorlar bilan o‘ralgan ob’ektlarda, shuningdek, post yaqinida 
yong‘in bo‘lsa, u bu haqda qorovulxonaga xabar beradi va postdagi xizmatini 
davom ettiradi. 


164
Birdan kasal bo‘lib qolsa (jarohatlansa), soqchi o‘z xizmatini davom ettirgan 
holda tarqatuvchi yoki qorovul boshlig‘ini chaqiradi. 
Chidab bo‘lmaydigan so‘nggi holatlarda yoki aloqa vositalari ishlamay qolgan 
paytlarda soqchi osmonga o‘q otish bilan qorovul boshlig‘ini chaqirishi mumkin. 
Soqchi o‘zi bo‘ysunadigan boshliqlarga va ular bilan postga kelgan boshqa 
boshliqlarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida 
ko‘rsatilgan holatda salom beradi. Bunday paytda avtomat otishga shay holatdan 
«tasma yelkaga» holatiga olinadi, karabin esa «oyoqqa» olinadi. 
Jangovar Bayroq oldida turgan soqchi «erkin» turgan holda o‘z vazifasini 
bajaradi, harbiy xizmatchilar Jangovar Bayroqqa salom berganda soqchi tik qotgan 
holda turadi. Soqchi Jangovar Bayroqni qo‘riqlashga qabul qilib olayotganda 
g‘ilofi (javon) va undagi muhri bo‘zilmaganiga e’tibor berishi kerak. Jangovar 
Bayroqni topshirish faqat qorovul boshlig‘i ishtirokida va uning buyrug‘i bilan 
amalga oshiriladi. 
Jangovar Bayroq turgan postga xavf solinsa (yong‘in chiqsa yoki tabiiy ofat 
ro‘y bersa), soqchi Jangovar Bayroqni xavfsiz joyga olib chiqadi va qorovul 
boshlig‘ini chaqiradi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling