143
va patrullarning transport vositalarida yurish yo‘nalishi; soqchi va nazorat
qo‘riqlash yo‘nalishi, okoplar, kuzatuv minoralari, aloqa va o‘t o‘chirish vositalari,
itlarning qo‘riqchilik
postlari joylashgan joylar; postlarga borishdagi xavfli
joylar.
Postlar raqamida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi: har bir post nimani
qo‘riqlashi
va himoya qilishi kerakligi; soqchining postda xizmat qilish vaqtida
ma’lum sharoitdan kelib chiqadigan muhim majburiyatlari va aloqa vositalari
orqali
axborot berib turish muddati; soqchi kuzatuv minorasidan kuzatuv olib
borishi mumkin bo‘lgan vaqt, soqchi chet kishilarni o‘ziga yaqinlashtirishi
mumkin bo’lmagan masofa o‘lchovi; postga, qo‘shni postga hujum bo‘lganda yoki
postda yong‘in chiqqanda soqchi bajarishi lozim bo‘lgan ishlar;
qanday sharoitda
soqchi qurol ishlatishi mumkinligi. Texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlangan
postlarda har bir postdagi texnik qo‘riqlash vositasining turi va belgisi,
ishlash
printsiplari, nazorat-qo‘riqlash guruhini tekshirish va ularning qurol ishlatish
tartiblari ko‘rsatiladi.
Qorovul boshlig‘iga yo‘riqinomada quyidagilar bayon qilinadi: qorovulning
vazifalari, qorovulga topshirilgan ob’ektlarni qo‘riqlash va himoya qilishda
qorovul boshlig‘ining
muhim majburiyatlari, ob’ektlarni, jumladan texnik
qo‘riqlash vositalari bilan jihozlangan ob’ektlarni qo‘riqlash uchun qabul qilish va
uni topshirishda qorovul mansabdor shaxslarining ish tartibi, nazorat-qo‘riqlash
guruhi tomonidan ularni
tekshirish jadvali va tartibi; tunda va noqulay ob-havo
sharoitlarida ob’ektlarni qo‘riqlashni kuchaytirish lozimdir; soqchi qo‘riqlayotgan
ob’ektga soqchi qorovulxonaga hujum bo‘lganda, texnik qo‘riqlash qurollari o‘z-
o‘zidan ishlab ketganda yoki ishdan chiqqanda, yong‘inda, tabiy ofat ro‘y
berganda qorovul qilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ko‘rsatma,
shuningdek,
qurollar va qutilardagi o‘q-dorilarning saqlanishini nazorat qilish uchun ko‘rsatma.
Do'stlaringiz bilan baham: