УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Qorovullar quyidagicha jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
Qorovullar quyidagicha jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar: har bir 
to‘pponcha va avtomatga — ikkitadan to‘ldirilgan o‘qdon: har bir karabinga — 
o‘ttizta patron solingan bitta oboyma. 
Bundan tashqari garnizon boshlig‘ining (harbiy qism komandirining) 
buyrug‘iga binoan qorovullarning har biri pulemyot, uchta to‘ldirilgan o‘qdoni 
bilan va granata (har bir qorovulga ikkitadan) bilan qurollanishi mumkin. 
Qorovul shaxsiy tarkibiga o‘q-dorilar, tupponcha bilan qurollanganlardan 
tashqari, qorovullik maydonchasidagi amaliy mashg’ulotdan so‘ng beriladi. 
Qurollarni o’qlash tergovchi yoki dastlabki tergov organlari tomonidan 
qamalgan va ushlangan harbiy xizmatchilarni, sudlanganlarni va mahbuslarni 
qo‘riqlash uchun, shuningdek, qorovullarni tekshirgani kelgan shaxslarga 
hamroxlik qilish uchun postlarga chiqish oldidan amalga oshiriladi. 
Qurollarni o‘qlash va o‘qsizlantirish qorovul boshlig‘i va uning yordamchisi 
(tarqatuvchi) buyrug‘i bilan va ularning bevosita kuzatuvi ostida qorovulxonada, 
o‘qtutgich o‘rnatilgan, maxsus jihozlangan yorug‘ joyda, qorovullarni almashtirish 
uchun mashinada yo‘lga chiqqan paytlarda esa qorovul boshlig‘i yo‘riqnomasida 
ko‘rsatilgan, zarurat bo‘lsa o‘qtutgich bilan jihozlangan joylarda amalga 
oshiriladi. Uqlash va o‘qsizlantirish paytida qurol stvolining holati atrofdagi uy-
joy binolari va qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga qaratilmagan holda 45-60 darajali 
burchakni tashkil etishi kerak. Agar qorovulxona atrofida uy-joylar va xizmat 
binolari joylashgan bo‘lsa, qurollarni o‘qlash va o‘qsizlantirish qorovulxonaning 
o‘qtutgich o‘rnatilgan maxsus joyida amalga oshiriladi. Qurollarni o‘qsizlantirish 
va ko‘zdan kechirish qorovulxonaga yoki qorovul boshlig‘i yo‘riqnomasida 
ko‘rsatilgan joyga qaytgan zahoti amalga oshiriladi. 


139
To‘pponchalarni o‘qlash bo‘linmalar patron olgandan so‘ng, o‘qsizlantirish 
esa qorovul almashuvidan so‘ng bo’linmaga yetib kelgach amalga oshiriladi. 
Qurollar har bir qurol uchun belgilangan ko‘rsatmalarga amal qilingan holda 
o‘qlanadi. Bunda o‘q solinmaydi. 
Avtomat o‘q solingan o‘qdon bilan o‘qlanadi. O‘qlashdan oldin u ko‘zdan 
kechiriladi (tepki tushiriladi) va saqlagichga qo’yiladi. O‘qdon o‘rnatilgan zatvor 
ramasini orqaga tortmaslik kerak. 
Karabin o‘q to‘la o‘qdon bilan o‘qlanadi. Karabin o‘qlangandan so‘ng 
zatvor silliq yopiladi (bunda o‘q solinmaydi), saqlagich ochiladi, tepki qo‘yib 
yuboriladi va karabin saqlagichga qo‘yiladi. 
To‘pponcha o‘q solingan o‘qdon bilan o‘qlanadi, o‘qlanganda zatvor orqaga 
qaytarilmaydi. To‘pponcha o‘qlashdan oldin saqlagichga qo‘yiladi. To‘pponcha 
ishlatishdan oldin o‘qlanadi. 
Garnizon boshlig’ining (harbiy qism komandirining) buyrug‘iga binoan 
qorovulxonada quyidagi miqdorda jangovar o‘qlar zaxirasi tashkil qilinadi: har bir 
avtomat yoki karabinga 150 tadan o‘q, har bir to‘pponchaga esa 16 tadan o‘q. Ular 
tsinkada, temir qutida saqlanadi. 
Granatalar alohida metall qutilarda saqlanadi, piltasi esa granatadan alohida 
suv o‘tmaydigan maxsus qutilarda saqlanadi. Qorovulning jangovar o‘q zaxirasi 
hisobga olinadigan daftar, qo‘lda otiladigan granatalar va ularning piltalari hisobga 
olinadigan daftar, olingan o‘q-dorilar dalolatnomalari va to‘ldirilmagan 
blankalar, shuningdek, tsinkalarni ochadigan pichoq ham o‘sha qutilarda 
saqlanadi. Qutilar qulflanadi, garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi 
boshlig‘i) tomonidan muhrlanadi va qorovulxonada joylashgan qorovulning 
anjomlari va jihozlari ro‘yxatiga kiritiladi. O‘q-dorilar solingan qutining kaliti, 
surg‘uchli muhr qorovul boshlig‘ining seyfida (qulflanadigan qutida) saqlanadi. 
Kalitni boshqa shaxslarga berish ta’qiqlanadi.
39
Qorovul boshlig‘i jangovar o‘qlar zaxirasi, granata va piltalari solingan 
qutilarning saqlanishga shaxsan javobgardir. 
39. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari 
nizomi.T-1996y 70-71 bet


140
O‘q-dorilar zaxirasining miqdori va holati oyda kamida bir marta, garnizon 
qorovulligida — garnizon harbiy komendanti tomonidan, ichki qorovullarda — 
harbiy qism shtabi boshlig‘i tomonidan tekshiriladi. 
Tekshiruv natijalari zaxiradagi o‘q-dorilar daftari va post axborotlari 
daftariga yozib qo‘yiladi. 
Ushbu Nizomda ko‘rsatilganlarga muvofiq qorovulxona va postlarni turli 
anjomlar, texnik himoya vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash, 
qo‘riqlanayotgan ob’ektlarni devorlar bilan o‘rash va ularni inventarlar bilan 
ta’minlash harbiy ob’ekt boshlig‘i (harbiy qism komandiri) zimmasiga yuklanadi. 
Shuningdek, harbiy ob’ekt boshlig‘i (harbiy qism komandiri) zimmasiga 
qorovulxonalarni yoritish, ularni issiqlik va postda kiyiladigan kiyimlar bilan 
ta’minlash ham yuklanadi.
Qorovulning haqiqatan ham almashgunga kelganini, shuningdek, garnizon 
boshlig‘i yoki garnizon bo‘yicha navbatchi (harbiy qism bo‘yicha navbatchi) 
buyrug‘i bilan kelgan shaxs haqiqatan ham shular tomonidan yuborilganini 
tasdiqlash uchun parol (maxfiy so‘z yoxud ibora) joriy etiladi. 
Parol biror-bir shaharning nomi bilan belgilanadi, har kuni har bir qorovul 
uchun alohida, garnizon qorovullariga – garnizon harbiy komendanti, ichki 
qorovulga harbiy qism shtabi boshlig‘i tomonidan belgilanadi. 
Parollar ko‘pi bilan 10 kun oldin belgilanadi va parollar daftariga yozib 
qo‘yiladi. Bu daftar garnizon harbiy komendantida (harbiy qism shtabi boshlig‘ida) 
muhrlangan bog‘ichda, seyfda saqlanadi. 
Trevoga e’lon qilinganda xizmatga kiradigan yangi qorovullar uchun parol 
garnizoi bo‘yicha navbatchida (harbiy qism bo‘yicha navbatchida) muhrlangan 
paketda saqlanadi. Parolni biladigan shaxslar uni o‘ta maxfiy holda saqlashga 
majbur. Undan parol so‘ralganda, ovoz chiqarmasdan yozma ravishda berishi 
kerak. Shundan so‘ng bu qog‘ozcha zudlik bilan yo‘q qilib tashlanadi. Parol 
yozilgan qog‘ozcha yo‘qolganda yoki boshqa biror sabab bilan boshqalarga 
ma’lum bo‘lganda parol zudlik bilan garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi 


141
tomonidan bekor qilinadi va bu haqda garnizon harbiy komendantiga (harbiy qism 
shtabi boshlig‘iga) habar qilinadi. 
Saqlash joylarini (omborlar, parklarni) ochish, qorovul quriqlayotgan jangovar 
mashinalar, boshqa qurollar va harbiy texnika turadigan joylarga kirish uchun 
garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) qo‘l qo‘ygan va 
tamg‘ali muhr bilan tasdiqlangan doimiy yoki bir martalik ruxsatnoma kerak. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling