УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Qorovullar naryadi va ularni tayyorlash


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
 
Qorovullar naryadi va ularni tayyorlash. 
Qorovullar har kuni almashib turishi kerak. Harbiy qism o‘quv 
mashg‘ulotlarida bo‘lgan paytda qorovullar jadvalini tasdiqlash huquqiga ega 
bo‘lgan boshliqning buyrug‘iga binoan (117-modda) ofitser boshchiligida 
tayinlangan qorovullar 7 kungacha almashmasdan qorovullikda turishi mumkin. 
Garnizon qorovulligi jadvalini garnizon harbiy komendanti, ichki qorovullik 
jadvalini esa garnizon boshlig‘ining (harbiy qism komandirini) ko‘rsatmasiga 
asosan harbiy qism shtabining boshlig‘i tuzadi. Bunday qo‘riqlaniyotgan va 
himoya qilayotgan ob’ektning ahamiyati, texnik qo‘riqlash qurollari bilan 
qurollangan yoki qurollanmaganini, to‘saddan, iloji boricha kam soqchilar bilan 
qo‘riqlanishini hisobga oladi. O‘zining qo‘riqlash bo‘linmalariga ega bo‘lgan, 
korpus va markazga bo‘ysunadigan ob’ektlarni qo‘riqlaydigan qorovullar jadvalini 
harbiy ob’ekt (ombor, baza) boshlig‘i tuzadi. 
Harbiy o‘quv yurtlarining garnizon va ichki qorovullik jadvali O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vaziri, harbiy qismlarning ichki qorovullik jadvali esa 
qo‘shilma komandiri tasdigiga taqdim etiladi. 
Markazga bo‘ysunadigan harbiy qisimlar ichki qorovullarining, shuningdek 
o‘zining qo‘riqlash bo‘linmalariga ega bo‘lgan, yuqorida qayd etilganlarga 
bo‘ysunadigan ob’ektlarni qo‘riqlaydigan va himoya qiladigan ichki qorovullar 
jadvali bevosita o‘ziga tegishli boshliqlar tasdig‘iga taqdim etiladi. 
Jadvalga har bir qorovulning joylashuv posti sxemasi ilova qilinadi. 
Qorovullik jadvali bilan bir vaqda postlarning joylashuvi sxemasi, postlar 
raqami, qorovul boshlig‘iga yo‘riqnoma, trevoga paytida almashadigan 
qorovullarga esa, bundan tashqari har ehtimolga qarshi trevoga e’lon qilinganda 
foydalaniladigan hujjatlar, safida qorovul boshlig‘ining texnik qo‘riqlash vositalari 
bo‘yicha yordamchisi (operator) bor qorovullarga esa qorovul boshlig‘ining texnik 
qo‘riqlash vositalari bo‘yicha yordamchisi (operatori) hujjatlari ham tuziladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling