УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


GARNIZON NARYADINI TAYINLANISHI


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
GARNIZON NARYADINI TAYINLANISHI.
Garnizon naryadi ko‘chada, garnizonning boshqa jamoat joylarida harbiy 
xizmatchilar o‘rtasida harbiy intizom va tartib o‘rnatish, garnizon ob’ektlarini 
qo‘riqlash va himoya qilish, shuningdek, harbiy qism transport vositalari 
shofyorlarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini nazorat qilish va garnizon 
xizmatining boshqa vazifalarini bajarish uchun tashkil qilinadi.
36
Garnizon xizmatining kuyidagi tarkibi mavjud: 
- garnizon bo‘yicha navbatchi; 
- garnizon bo‘yicha navbatchining yordamchisi; 
- bo‘linmalar navbatchilari; 
- garnizon qorovullari; 
- garnizon patrullari; 
- HAN nazorat postlari nazoratchilari. 
Garnizon naryadi kirishishga kamida bir kun qolganda tayinlanadi. U qaysi 
harbiy qismdan tayinlangan bo‘lsa, o‘sha qism tomonidan transport vositalari bilan 
ta’minlanadi. 
Garnizon naryadi tayinlangan harbiy qism (bo‘linma) komandiri shaxsiy 
tarkib tanlashga va uni xizmat vazifasini utashga tayyorlashga, o‘z vaqtida yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatishga va tarqatishga yetib kelishiga, navbatchi bo‘linmaning doimiy 
tayyorgarligiga va chaqirilgan joyga o‘z vaqtida yetib borishiga javobgardir. 
Harbiy komendant garnizon HAN boshlig‘i bilan hamkorlikda har oyda 
garnizon naryadi ro‘yxatini tuzadi. Bu ro‘yxat garnizon boshlig‘i tomonidan 
tasdiqlanadi. 
36. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari 
nizomi.T-1996y 43 bet


128
Garnizon naryadining ko‘krak nishonlari 
34-rasm. Garnizon bo‘yicha harbiy 35-rasm. Garnizon bo‘yicha harbiy avtomobil
huquq tartibot organi (patruli) ko‘krak nishoni nazorati organi ko’krak nishoni 
Garnizon naryadi ro‘yxatidan ko‘chirmalar yangi oy boshlanishiga 10 kun 
qolgunga qadar barcha harbiy qismlarga jo‘natiladi. 
Garnizon naryadi ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lsa, bu haqida garnizon harbiy 
komendanti o‘z vaqtida harbiy qismlarga xabar beradi. 
Naryadga kirishdan oldin harbiy qism shtabida garnizon navbatchisiga va 
garnizonlar patrullari boshliqdariga maxfiy farmoyish topshiriladi. Shunga asosan 
garnizon harbiy komendanti garnizon bo‘yicha navbatchiga eski va yangi parol 
yozilgan qog‘oz (104-modda), patrullar boshliqlariga esa harakat yo‘nalishi, 
patrullik vaqti va asosiy majburiyatlari ko‘rsatilgan guvoxnoma beradi. 
Garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisi, patrullar HAN nazorat 
postlari tarkibi ko‘kragining chap tomonida (chap qo‘lida) tegishli yozuvi bilan 
ko‘krak nishoni (qizil matodan qilingan bog‘ich) bo‘lishi keraq HAN 
nazoratchilarida bundan tashqari HAN nazoratchisi guvoxnomasi va ola tayog‘i 
bo‘lishi kerak. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling