УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Trevoga e’lon qilinganda (foydalaniladigan xujjatlarda quyidagilar mavjud
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorovul boshlig’ining texnik qo‘riqlash vositalari bo‘yicha yordamchisi (operatori) hujjati quyidagalardan
Trevoga e’lon qilinganda (foydalaniladigan xujjatlarda quyidagilar mavjud
bo‘ladi: postlar raqami, postlarning joylashuv sxemasi, qorovul bolig‘iga yo‘riqnoma, post ro‘yxati blankasi va parol. Bu hujjatlar qo‘shinlarni reja bo‘yicha 144 jangovar va safarbarlik tayyorgarligi tufayli qorovulga topshirilgan ob’ektlarni qo‘riqaash va himoya qilish tartabini belgilaydi. Qorovul boshlig’ining texnik qo‘riqlash vositalari bo‘yicha yordamchisi (operatori) hujjati quyidagalardan iborat bo‘ladi: yo‘riqnomadan (qo‘riqlanayottan ob’ektlarni qo‘riqlashga qabul qilib olish va topshirish tartibi, apparatlarni nazorat qilish, shuningdek, texnik qo‘riqlash vositalari o‘z-o‘zidan ishlab ketganda yoki o‘chib qolganda qilinadigan muhim ishlar haqida ko‘rsatmalar); texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanib qo‘riklanayotgan ob’ektlar ro‘yxatidan (post raqami, ob’ektning nomi, ochilish va yopilish vaqti); texnik qo‘riqlash vositalarining ishlashini nazorat qilib yozib boradigan jurnallar (ob’ektning nomi, ob’ektni qo‘riqlashga topshirish va qabul qilish vaqti, o‘rnatilgan texnik vositalarning texnik holati, ishlash vaqtidagi tekshiruv va uning holati haqida yozib quyish, texnik qo‘riqlash qurollarining ishlamay qolgan joyi va vaqti) va ob’ektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlash sistemasidan foydalanish bo‘yicha dasturlardan. Ushbu moddada ko‘rsatilgan hujjatlar garnizon boshlig‘i (harbiy qism komandiri) tomonidan tasdiqlanadi. Qorovullik jadvaliga asosan garnizoi harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) har oyda harbiy qismlar (bo‘linmalar) tomonidan qorovullik xizmatini o‘tash navbatini belgilab chiqadi. Bu garnizon (sutkalik) naryadida o‘z aksini topadi va garnizon boshlig‘i (harbiy qism komaidiri) tomonidan tasdiqlanadi. Postlarning joylashuv sxemasi, postlar raqami, qorovul boshlig‘iga yo‘riqnoma va qorovul boshlig‘ining texnik qo‘riqlash vositalari bo‘yicha yordamchisi (operatori) hujjatidan ko‘chirma garnizon naryadi ro‘yxatidan ko‘chirma bilan birgalikda garnizon naryadi xizmatiga jalb etilgan garnizonning barcha harbiy qismlariga yangi oyning boshlanishiga kamida 10 kun qolganda tarqatiladi. Harbiy qism shtabi yangi oyning boshlanishiga besh-olti kun qolganda qorovullar tayinlangan bo‘linmalar komandirlariga ular qorovul tarkibiga va naryadga kiradigan kunlarini ma’lum qiladi. 145 Postlar joylashuvidagi va raqamidagi har bir o‘zgarish haqida garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) o‘z vaqtida harbiy qismlarga (bo‘linmalarga) xabar beradi. Trevoga e’lon qilinganda foydalanadigan hujjatlar qorovul boshlig‘ida, tamg‘ali muhr bilan muhrlangan qog‘oz xaltada saqlanadi. Hujjatlarning ikkinchi nusxasi trevoga e’lon qilinganda xizmatga kirishadigan qorovul boshlig‘iga yo‘l- yo‘riq berish uchun garnizon harbiy komendantida (harbiy qism shtabi boshlig‘ida) saqlanadi. Besh yoki undan ortiq postlar bor joyda qorovul boshlig‘i ofitser yoki praporshchik (michman), postlar oz bo‘lsa, serjant (starshina) tayinlanadi. Juda muhim ob’ektlarni qo‘riqlayotgan qorovul boshlig‘iga esa, postlarning nechtaligidan qat’iy iazar ofitser yoki praporshchik (michman) tayinlanadi. Harbiy o‘quv yurtlarida postlarning nechtaligidan qat’iy nazar qorovul boshlig‘iga yuqori bosqich talabalari tayinlanishi mumkin. Garnizon gauptvaxtasida qorovul boshlig‘iga ofitser tayinlanadi. Qorovul boshlig‘i yordamchiligiga serjantlar (michmanlar) yoki serjantlar (starshinalar) tayinlanadi. Agar qorovul boshlig‘i yordamchisi tayinlanmasa, uning vazifasini birinchi tarqatuvchi bajaradi. Qorovul boshlig‘ining texnik qo‘riqlash vositalari bo‘yicha yordamchisi (operator) ligiga texnik qo‘riqlash vositalari bo‘yicha mutaxassis yoki boshqa harbiy xizmatchi garnizon boshlig‘i (harbiy qism komandiri) buyrug‘i bilan tayinlanadi. Qorovul boshlig‘ining qo‘riqchi itlar bo‘yicha yordamchiligiga qo‘riqchi itlar yetaklovchilarining kattasi tayinlanadi. Qorovul tarkibida serjantlardan (starshinalardan), tarqatuvchi tayinlanadi. Tarqatuvchilarning soni postlar soni va masofasiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir tarqatuvchi postlarga qo‘yish bilan beshta soqchi tarqatishi yoki qorovullarni navbatga olib borish va qaytishi bir soatdan ko‘p vaqt olmasligi kerak. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling