УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Qorovullar quyidagicha jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Qorovullar quyidagicha jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar: har bir
to‘pponcha va avtomatga — ikkitadan to‘ldirilgan o‘qdon: har bir karabinga — o‘ttizta patron solingan bitta oboyma. Bundan tashqari garnizon boshlig‘ining (harbiy qism komandirining) buyrug‘iga binoan qorovullarning har biri pulemyot, uchta to‘ldirilgan o‘qdoni bilan va granata (har bir qorovulga ikkitadan) bilan qurollanishi mumkin. Qorovul shaxsiy tarkibiga o‘q-dorilar, tupponcha bilan qurollanganlardan tashqari, qorovullik maydonchasidagi amaliy mashg’ulotdan so‘ng beriladi. Qurollarni o’qlash tergovchi yoki dastlabki tergov organlari tomonidan qamalgan va ushlangan harbiy xizmatchilarni, sudlanganlarni va mahbuslarni qo‘riqlash uchun, shuningdek, qorovullarni tekshirgani kelgan shaxslarga hamroxlik qilish uchun postlarga chiqish oldidan amalga oshiriladi. Qurollarni o‘qlash va o‘qsizlantirish qorovul boshlig‘i va uning yordamchisi (tarqatuvchi) buyrug‘i bilan va ularning bevosita kuzatuvi ostida qorovulxonada, o‘qtutgich o‘rnatilgan, maxsus jihozlangan yorug‘ joyda, qorovullarni almashtirish uchun mashinada yo‘lga chiqqan paytlarda esa qorovul boshlig‘i yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan, zarurat bo‘lsa o‘qtutgich bilan jihozlangan joylarda amalga oshiriladi. Uqlash va o‘qsizlantirish paytida qurol stvolining holati atrofdagi uy- joy binolari va qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga qaratilmagan holda 45-60 darajali burchakni tashkil etishi kerak. Agar qorovulxona atrofida uy-joylar va xizmat binolari joylashgan bo‘lsa, qurollarni o‘qlash va o‘qsizlantirish qorovulxonaning o‘qtutgich o‘rnatilgan maxsus joyida amalga oshiriladi. Qurollarni o‘qsizlantirish va ko‘zdan kechirish qorovulxonaga yoki qorovul boshlig‘i yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan joyga qaytgan zahoti amalga oshiriladi. 139 To‘pponchalarni o‘qlash bo‘linmalar patron olgandan so‘ng, o‘qsizlantirish esa qorovul almashuvidan so‘ng bo’linmaga yetib kelgach amalga oshiriladi. Qurollar har bir qurol uchun belgilangan ko‘rsatmalarga amal qilingan holda o‘qlanadi. Bunda o‘q solinmaydi. Avtomat o‘q solingan o‘qdon bilan o‘qlanadi. O‘qlashdan oldin u ko‘zdan kechiriladi (tepki tushiriladi) va saqlagichga qo’yiladi. O‘qdon o‘rnatilgan zatvor ramasini orqaga tortmaslik kerak. Karabin o‘q to‘la o‘qdon bilan o‘qlanadi. Karabin o‘qlangandan so‘ng zatvor silliq yopiladi (bunda o‘q solinmaydi), saqlagich ochiladi, tepki qo‘yib yuboriladi va karabin saqlagichga qo‘yiladi. To‘pponcha o‘q solingan o‘qdon bilan o‘qlanadi, o‘qlanganda zatvor orqaga qaytarilmaydi. To‘pponcha o‘qlashdan oldin saqlagichga qo‘yiladi. To‘pponcha ishlatishdan oldin o‘qlanadi. Garnizon boshlig’ining (harbiy qism komandirining) buyrug‘iga binoan qorovulxonada quyidagi miqdorda jangovar o‘qlar zaxirasi tashkil qilinadi: har bir avtomat yoki karabinga 150 tadan o‘q, har bir to‘pponchaga esa 16 tadan o‘q. Ular tsinkada, temir qutida saqlanadi. Granatalar alohida metall qutilarda saqlanadi, piltasi esa granatadan alohida suv o‘tmaydigan maxsus qutilarda saqlanadi. Qorovulning jangovar o‘q zaxirasi hisobga olinadigan daftar, qo‘lda otiladigan granatalar va ularning piltalari hisobga olinadigan daftar, olingan o‘q-dorilar dalolatnomalari va to‘ldirilmagan blankalar, shuningdek, tsinkalarni ochadigan pichoq ham o‘sha qutilarda saqlanadi. Qutilar qulflanadi, garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) tomonidan muhrlanadi va qorovulxonada joylashgan qorovulning anjomlari va jihozlari ro‘yxatiga kiritiladi. O‘q-dorilar solingan qutining kaliti, surg‘uchli muhr qorovul boshlig‘ining seyfida (qulflanadigan qutida) saqlanadi. Kalitni boshqa shaxslarga berish ta’qiqlanadi. 39 Qorovul boshlig‘i jangovar o‘qlar zaxirasi, granata va piltalari solingan qutilarning saqlanishga shaxsan javobgardir. 39. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi.T-1996y 70-71 bet 140 O‘q-dorilar zaxirasining miqdori va holati oyda kamida bir marta, garnizon qorovulligida — garnizon harbiy komendanti tomonidan, ichki qorovullarda — harbiy qism shtabi boshlig‘i tomonidan tekshiriladi. Tekshiruv natijalari zaxiradagi o‘q-dorilar daftari va post axborotlari daftariga yozib qo‘yiladi. Ushbu Nizomda ko‘rsatilganlarga muvofiq qorovulxona va postlarni turli anjomlar, texnik himoya vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash, qo‘riqlanayotgan ob’ektlarni devorlar bilan o‘rash va ularni inventarlar bilan ta’minlash harbiy ob’ekt boshlig‘i (harbiy qism komandiri) zimmasiga yuklanadi. Shuningdek, harbiy ob’ekt boshlig‘i (harbiy qism komandiri) zimmasiga qorovulxonalarni yoritish, ularni issiqlik va postda kiyiladigan kiyimlar bilan ta’minlash ham yuklanadi. Qorovulning haqiqatan ham almashgunga kelganini, shuningdek, garnizon boshlig‘i yoki garnizon bo‘yicha navbatchi (harbiy qism bo‘yicha navbatchi) buyrug‘i bilan kelgan shaxs haqiqatan ham shular tomonidan yuborilganini tasdiqlash uchun parol (maxfiy so‘z yoxud ibora) joriy etiladi. Parol biror-bir shaharning nomi bilan belgilanadi, har kuni har bir qorovul uchun alohida, garnizon qorovullariga – garnizon harbiy komendanti, ichki qorovulga harbiy qism shtabi boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Parollar ko‘pi bilan 10 kun oldin belgilanadi va parollar daftariga yozib qo‘yiladi. Bu daftar garnizon harbiy komendantida (harbiy qism shtabi boshlig‘ida) muhrlangan bog‘ichda, seyfda saqlanadi. Trevoga e’lon qilinganda xizmatga kiradigan yangi qorovullar uchun parol garnizoi bo‘yicha navbatchida (harbiy qism bo‘yicha navbatchida) muhrlangan paketda saqlanadi. Parolni biladigan shaxslar uni o‘ta maxfiy holda saqlashga majbur. Undan parol so‘ralganda, ovoz chiqarmasdan yozma ravishda berishi kerak. Shundan so‘ng bu qog‘ozcha zudlik bilan yo‘q qilib tashlanadi. Parol yozilgan qog‘ozcha yo‘qolganda yoki boshqa biror sabab bilan boshqalarga ma’lum bo‘lganda parol zudlik bilan garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi 141 tomonidan bekor qilinadi va bu haqda garnizon harbiy komendantiga (harbiy qism shtabi boshlig‘iga) habar qilinadi. Saqlash joylarini (omborlar, parklarni) ochish, qorovul quriqlayotgan jangovar mashinalar, boshqa qurollar va harbiy texnika turadigan joylarga kirish uchun garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig‘i) qo‘l qo‘ygan va tamg‘ali muhr bilan tasdiqlangan doimiy yoki bir martalik ruxsatnoma kerak. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling