УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
QOROVULNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorovulxona
- Qorovul boshlig‘i quyidagilarga majburdir
QOROVULNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
Qorovul boshlig‘i qorovulga topshirilgan ob’ektlarni qo‘riqlash va himoya qilishga, qorovul shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligiga, ularning to‘g‘ri xizmat qilishiga, texnik qo’riqlash vositalari, to‘siqlar, aloqa vositalari va postlardagi hamda qorovulxonalardagi o‘t o‘chirish vositalari, transport 150 vositalarining, shuningdek, ro‘yxat bo‘yicha qorovulxonada saqlanayotgan qurol va o‘q-dorilarning saqlanishi va to‘g‘ri ishlashiga javob beradi. Qorovulxona 41-rasm. Qorovulxona jixozlanishi Qorovul boshlig‘i o‘zi yoki qorovul tarkibida qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga, soqchiga, qorovul navbatchilariga (nazorat qo‘riqlash guruhiga) yoki qorovulxonaga hujum bo‘lganda, shuningdek, bandilar o‘rtasidagi tartibsizliklarni to‘xtatish yoki qochmoqchi bo‘lgan bandiga nisbatan qurol ishlatishi mumkin. Qurolni ishlatishdan oldin qurolni ishlatish to‘g’risida ogohlantirishi kerak. Kutilmaganda yoki qurolli hujum bo‘lganda, harbiy texnika, transport vositalari, uchuvchi apparatlar, daryo va dengiz kemalaridan hujum bo’lganda, shuningdek, qorovul qurol bilan yoki harakatdagi transport vositasidan qochganda ogohlantirishsiz qurol ishlatish mumkin. Qorovul boshlig‘i quyidagilarga majburdir: - qorovulning vazifasini, qorovul boshlig‘iga yo‘riqnomani va barcha qorovullarning majburiyatlarini bilishga; - qorovul shaxsiy tarkibidan o‘gkir bilim va o‘z vazifasini to‘la bajarishni, 151 yuksaq hushyorlik va intizom talab qilishga; - ro‘yxat bo‘yicha eski qorovul boshlig‘idan hujjatlarni, o‘q-dori solingan yashiklarni, ularga bosiladigan muhr va kalitni, shuningdek aloqa va o‘t o‘chirish vositalarini qabul qilib olishga; - shaxsan ko’zdan kechirish yo‘li bilan eski qorovul ikkalasi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qo‘riqlanayotgan muhim ob’ektlarning ahvolini, ularning yoritilishini, to‘siqlar va okoplarni, shuningdek, qorovulxona va gauptvaxtaning ahvolini, tarqatuvchi yoki o‘zining yordamchisi orqali qolgan qo‘riqlanayotgan ob’ektlarning ahvolini tekshirishga; - postlarda, ob’ektlarning devorlarida ko‘zga tashlangan kamchiliklarni post ro‘yxatiga yozib qo‘yishga; - postlardagi almashuvlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga, shu bilan birga o‘z tarqatuvchisi va qorovullarning vazifasiga layoqatini tekshirib ko‘rishga, har bir postda xizmat o’tashning o‘ziga xos tomonlari borligini ularning esiga solib turishga; - zaxiradagi (nazorat-qo‘riqlash) guruhining doimiy jangovar holatini, transport vositalarini aloqa vositalarining ishga yarokliligini, qorovul shaxsiy tarkibi tomonidan qurol va jangovar o‘qlarning to‘g‘ri saqlanayotganligini, o‘qlash va o‘qsizlantirish qoidalariga amal qilishni, xavfsizlik talablarini bajarishni, shuningdek, postga borgan har bir qorovul qorovulxonada yoqadigan va chekadigan narsalarini qoldirib ketishini ko‘zatishga; - qorovullikda ichki tartibni saqlashga — postdan qaytgan har bir almashuv guruhidan qorovul shaxsiy tarkibi jangovar guruhini tuzishga, ularga yo‘riqnomada ko‘rsatilgan holda qo‘riqlanayotgan ob’ektga yoki qorovulxonaga hujum bo‘lsa yoki yong‘in chiqsa qilinadigan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilashga; - shaxsan o‘zi kunda kamida ikki marta (bir martasi tunda) soqchining xizmatini, qo‘riqlanayotgan ob’ektlarning va to‘siqlarning ahvolini, o‘t o‘chirish va aloqa vositalarining ishlashini post ro‘yxatiga tegishli yozuvlar yozgan holda tekshirishga; - ishga o‘z yordamchisini va tarqatuvchisini tez-tez yuborib turishga; 152 - soqchi chaqirgan paytda yoki belgilangan vaqtda u xizmat o‘tayotgani haqida xabar kelmasa postga tarqatuvchini (o‘z yordamchisini) yuborishga yoki shaxsan o‘zi borishga; - 142, 143-moddalarga tayangan holda qorovulxonaga, kirish huquqiga ega bo‘lganlardan tashqari, hech kimni kiritmaslikka; - qo‘lga tushgan shubhali shaxslar va o‘tkazish tartibini buzgan holda ob’ektlarga kirmoqchi bo‘lganlarning shaxsini aniqlashga, qisqa so‘roq o‘tkazishga, zarurat tug‘ilsa, tekshirib ko‘rishga va bu haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga axborot berishga; - garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchi xonasida joylashgan ofitserlarning shaxsiy qurollari saqlanadigan javonning signalizatsiyasi ishdan chiqishining sabablarini aniqlashga, zarurat tug‘ilsa bu ishga o‘z yordamchisini (tarqatuvchini) yuborishga; - garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchining yoki uning yordamchisining ruxsati bilan qorovul tarkibidagi kasal bo‘lib qolgan harbiy xizmatchini harbiy qismga (bo‘linmaga) yoki yaqin o‘rtadaga davolash muassasasiga jo‘natishga va garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchidan uning o‘rniga odam so‘rashga; - shaxsiy tarkibning yozda isib ketmasligi va qishda sovuq qotmasligi uchun tadbirlar belgilashga; - soqchi qurol ishlatgan har bir hodisani taxlil qilishga va bu haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga axborot berishga. Soqchi almashayotgan paytda postda qandaydir shikastlanish borligi aniqlansa, qorovul boshlig‘i chaqiriq bo‘yicha postga keladi, shikastlanishning sababi va xususiyatlarini o‘rganib, soqchiga almashishni buyuradi. Topilgan shikastlanish haqida zudlik bilan garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi. Qorovul tarkibidan birontasi o‘ziga yuklangan majburiyatni bajarmasa yoki bironta nojo‘ya ish qilsa, qorovul boshlig‘i zarur tadbirlar ko‘radi, bu haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi. 153 Agar harbiy xizmatchi qilgan nojo‘ya ish tabiati jihatdan bundan buyon xizmatni davom eggirmaslikka olib keladigan darajada bo‘lsa, u garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchining buyrug‘i bilan uni boshqa harbiy xizmatchiga almashtirish uchun qurolsiz va o‘q-dorisiz holda harbiy qismga (bo‘linmaga) jo‘natiladi. Uni qorovul boshlig‘ining yordamchisi (tarqatuvchi) yoki shu maqsadda harbiy qismdan chaqirilgan shaxs kuzatib boradi. Uning nojo‘ya ishining tahlili bo’linmada o‘tkaziladi. Agar qorovul boshlig‘i birdan kasal bo‘lib qolsa, u bu haqda garnizon bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchiga xabar beradi va ko‘rsatmalariga amal qiladi. Tarqatuvchilardan biri kutilmaganda kasal bo‘lib qolsa, qorovul boshlig‘i uning vazifasini o‘z yordamchisiga yuklaydi yoki shaxsan o‘zi bajaradi va bu haqda garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchiga axborot beradi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling