УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Qorovullikda bir nechta tarqatuvchi bo‘lsa, ular quyidagicha ataladi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Qorovullikda bir nechta tarqatuvchi bo‘lsa, ular quyidagicha ataladi: 
birinchi tarqatuvchi, ikkinchi tarqatuvchi va shunday davom etadi. 


146
Agar qorovul bitta postni qo‘riqlayotgan bo‘lsa, tarqatuvchi tayinlanmaydi
uning vazifasini qorovul boshlig‘i bajaradi. 
Qorovullar askarlardan (matroslardan) tayinlanadi. Askarlar (matroslar) oz 
bo‘lgan paytda majburiy xizmat serjantlaridan (starshinalardan) ham tayinlanishi 
mumkin. Bunday paytlarda postning (postlarning) barcha almashuvlari, nazorat-
qo‘riqlash guruhining barcha tarkibi tuziladi, harbiy unvoni jihatidan qorovuldan 
kichik bo‘lmagan harbiy xizmatchi esa tarqatuvchi etib tayinlanadi. 
Qorovullar soni mazkur qorovullar uchun belgilangan postlar soniga qarab 
belgilanadi. Bir kecha-kunduzda soqchilar uch marta almashtiriladi. Postlarni faqat 
tunda qorong‘ulik tugagandan tong yorishguncha yoki ombor va saqlagichlarni 
yopgandan ochguncha Qo‘riqlash uchun esa soqchilar ikki marta almashtiriladi. 
Tashqariga chiqaruvchilar gauptvaxtadagi umumiy joy miqdori va 
bandilarning soniga qarab tayinlanadi. Bitta tashqariga chiqaruvchiga 10-15 ta 
bandi to‘g‘ri kelishi kerak. 
Qorovul tarkibi, jumladan qorovul boshlig‘i ham naryadga kirishdan bir kun 
oldin, qoida bo‘yicha bitta bo‘linmadan, juda bo‘lmasa bitta harbiy qismdan 
tayinlanadi. 
Qorovullarni tayyorlash 
Qorovullar tayinlangan harbiy qismlar komandirlari qorovul shaxsiy 
tarkibining tanlanishiga va uni xizmatga tayyorlashga, qurollar va o‘q-dorilarning 
ishlatishga yaroqli holatiga va qorovullarning o‘z vaqtida tarqatish tadbiriga yetib 
kelishiga javob beradi. 
Harbiy qasamyod qabul qilmagan, yangi xizmatga kelgan, lekin hali ma’lum 
tayyorgarlikka ega bo‘lmagan, jinoyat qilgan, jinoyat qilishda shubhalanib ustidan 
tergov ishlari olib borilayotgan, o‘zining axloqiy-ruhiy jihatidan shu paytda 
qorovullik xizmatini o‘tashga tayyor bo‘lmagan, kasal va boshqa harbiy 
xizmatchilarni, shuningdek, axloq tuzatish jazo muddatini o‘tayotganlarni 
qorovullikka qo‘yish taqiqlanadi. 
Harbiy qismlar shtablari boshliqlari garnizon yoki qorovullik naryadiga 
kirishga uch kun qolganda qorovullar tayinlangan bo‘linmalar komandirlariga 


147
postlar joylashuv sxemasini, postlar raqami va qorovul shaxsiy tarkibiga o‘rgatish 
uchun qorovul boshlig‘iga yo‘riqnomani berishi kerak. Bu hujjatlar o‘rganib 
bo‘lingach, harbiy qism shtabiga qaytariladi. 
Naryadga kiradigan tunda qorovullikka tayinlangan harbiy xizmatchilar hech 
qanday xizmatga, mashg’ulotga yoki ishga jalb etilmasligi kerak
Naryadga kirayotgan kun qorovul shaxsiy tarkibiga kun tartibida belgilangan 
soatlarda xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida 3 soat vaqt berilishi 
kerak. Qorovullikka turgandan so‘ng bir kun o‘tgach esa 4 soat, jumladan 1 soat 
uxlashga vaqt berilishi kerak. 
Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash 
shaxsan vzvod (batareya) komandiri tomonidan amalga oshiriladi. Batal’ondan 
(divizondan) tayinlangan qorovul esa shaxsan batal’on (divizion) komandiri 
tomonidan, harbiy qismdan tayinlangan qorovul esa harbiy qism komandirining 
o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tayyorlanadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling