УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Soqchi  Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilarda ko‘rinadi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Soqchi 
Soqchi daxlsiz shaxsdir.
Uning daxlsizligi quyidagilarda ko‘rinadi: 
- uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida; 
- uning qat’iy ma’lum shaxslarga – qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga 
va o‘zining tarqatuvchisigagina bo‘ysunishida; 
- xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida; 
- ushbu Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. 
Faqat qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi va soqchi 
bo‘ysunadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. 
Qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy 
jihatdan o‘z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va 
almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi o‘z vzvodi (batareyasi) 
yoki batal’oni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiradi. 
Qorovul postni qabul qilib olishdan oldin tarqatuvchi (qorovul boshlig‘i yoki 
uning yordamchisi) va navbatchi topshirayotgan soqchi bilan shaxsan tabel raqami 
bo‘yicha qo‘riqlashga qabul qilinayotgan barcha narsaning mavjudligini 
tekshirishi; bandilarni qo‘riqlash uchun - postda turayotgan paytda esa qulflarning, 
panjaradarning ahvolini va kameralarda saqlanayotgan bandilarning sonini 
tekshirishi kerak. 
Soqchi quyidagilarga majburdir: 
- o‘z postini sergaklik bilan qo‘riqlashga va tik turgancha himoya qilishga; 


161
- sergak xizmat qilishga, hech narsaga chalg‘imaslikka, qurolini qo‘lidan 
qo‘ymaslikka va hech kimga, hatto o‘zi bo‘ysunadigan shaxslarga ham 
bermaslikka; 
- ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib 
postga keladigan yo‘llarni, to‘siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida 
ko‘rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib 
turishga; 
- navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug‘ilgan 
paytda ham postni tashlab ketmaslikka; 
- postni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi; 
- postda 99-moddaga binoan, doimo o‘qlangan qurol olib turishga va doimo 
hamma narsaga tayyor bo‘lib turishga; 
- post raqamida ko‘rsatilgan va maxfiy chegara ko‘rsatkichlari bilan ajratilgan 
joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va o‘zining 
tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo‘ymaslikka; 
- qorovul transport vositalari harakat yo‘nalishini va tanish, shuningdek, uning 
tanitish belgi va signallarini bilishga; 
- postdagi o‘t o‘chirish vositasini ishlata olishga; 
- ob’ekt (post) to‘siqlarida biror buzilgan joy, o‘z posti yaqinida yoki qo‘shni 
postda tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig‘ini chaqirishga; 
- qo‘riqchi itning hurganini eshitgan zahoti bu haqda qorovulxonaga xabar 
beradi. 
Soqchi postda nayza ulangan qurol bilan turishi kerak (bo‘qlanadigan 
qo‘ndoqli avtomat pichoq-nayzasiz bo‘ladi, uning pichoq-nayzasi kamardagi qinda 
turadi); tunda tikturib otishga tayyor turgan holda; kunduz – «tasma yelkaga» yoki 
tik turib otishga tayyor turgan holda; ichki postlarda va Jangovar Bayroq 
qo‘riqlanayotgan postda yog‘och qo‘ndoqli avtomat «tasma-elkaga», buklanadigan 
qo‘ndoqli avtomat «ko‘krakka», karabin «oyoqqa» holatida ushlanishi lozim; o‘q 
to‘ldirilgan o‘qdon (oboyma) solingan sumka tugmalangan bo‘lishi kerak. 


162
To‘pponchalar og‘zi yopilgan g‘ilofda bel kamariga osib qo‘yiladi. Yong‘inni 
o‘chirish yoki tabiiy ofat oqibatlarini tugatish paytida soqchiga qurolni «qurol 
orqaga» holatida olib yurishiga ruxsat beriladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling