168
TAYANCH SO‘Z VA TUSHUNCHALAR
Garnizon – belgilangan chegaralarda ma’lum
bir aholi punktida yoki bir
hududda doimiy yoki vaqtinchalik joylashgan harbiy qismlar,
kuch ishlatar
vazirliklarning qo’shin tuzilmalari, oliy harbiy ta’lim muassasalari.
Garnizon chegarasi – garnizonlarning qo‘shni hududlarini bo‘ladigan
garnizon chegaralarini belgilab beruvchi shartli chiziq.
Garnizon xizmati – garnizondagi shaxsiy tarkib
orasida yuqori harbiy
intizomni ushlab turish hamda qo‘shinlar ishtirokidagi garnizon tadbirlarini
(tashkiliy,
huquqiy,
texnikaviy
va
b.)
sifatli
o‘tkazish
maqsadida
tashkillashtiriladigan tadbirlar majmuasi.
HAN inspektsiyasi xizmati – garnizon harbiy qismlari transport vositalari
haydovchilari (mexanik-haydovchilari) tomonidan yo‘l
harakati qoidalariga
rioya qilishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan garnizon xizmatining tarkibiy
qismi.
Qorovullik xizmati – qurol-aslaha, harbiy texnika,
boshqa moddiy
vositalari saqlanadigan omborlar va harbiy va davlat ob’ektlarini ishonchli
qo‘riqlash
va mudofaa qilish, shuningdek gauptvaxta va axloq tuzatish
qismlarida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan.
Yong‘in nazorati – yong‘in xavfsizligi talablariga
rioya etish va uning
natijalariga ko‘ra choralar qabul qilish maqsadida belgilangan tartibda amalga
oshiriladigan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: