170
harbiy xizmatchining yelkasiga kafti qo‘yilib uzatilgan qo‘l masofasida) turgan saf.
Saf burilganida sherenga nomi o‘zgarmaydi.
Qator - ikki sherengali safda ketma-ket turgan ikki nafar harbiy xizmatchi.
Agar birinchi sherengada turgan harbiy xizmatchi ortida harbiy xizmatchi
bo‘lmasa, bunday qator to‘lmagan qator, deb nomlanadi.
Kolonna - harbiy xizmatchilar va bo‘linmalar (mashinalar)
bir-birining
ortida, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan
distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.
Yonma-yon tizilgan saf - bo‘linmalar bir yoki ikki sherengali safga
(mashinalar chizig iga) front bo‘ylab bir chiziqda
tizilgan yoxud kolonnalar
chizig‘iga, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan
interval qoldirgan holda tizilgan saf.
Yurish safi – bo‘linma kolonnaga tizilgan
yoki kolonnaga tizilgan
bo‘linmalar ketma-ket, mazkur Nizomda belgilangan
yoki komandir tomonidan
tayinlangan distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.
Yetakchi - tayinlangan yo'nalishda bosh bo‘lib borayotgan harbiy xizmatchi
(bo‘linma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar (bo‘linma yoki mashinalar) o‘z
harakatini yetakchiga qarab moslashtiradi