УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Quyidagi hollarda bunga erishish mumkin


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Quyidagi hollarda bunga erishish mumkin: 
- texnik iositalardan foydalangan holda soqchi qo‘ymasdan qo‘riqchi itlar 
bilan postlarni quriqlashga o‘tish bilan; 


137
- turli xil harbiy qismlarga qaraydigan yonma-yon, bir devor ichida joylashgan 
ombor, park va boshqa qo‘riqlanadigan ob‘ektlarni bir qorovul himoyasiga 
birlashtirish bilan; 
- bir joyda turib qo‘riqlanadigan postlarni qisqartirish hamda piyoda va 
transport vositasida patrullik yo‘li bilan ob’ektlarni himoya qilishni tashkil etish 
bilan. 
Ob’ektlarni patrullik yo‘li bilan qo‘riqlashni tashkil qilishda ob’ektlarning 
o‘ralishi va yerning shart-sharoitlariga qarab qo‘riqlash va himoya qilish 
uchun soqchiga quyidagicha qo‘shimcha uchastkalar beriladi: 
Kunduzi — 1000 metrgacha, kechasi — 500 metrgacha, texnik himoya 
vositalari bilan jixozlangan ob’ektlarda esa kundo’zi - 2 kilometrgacha, kechasi – 
1 kilometrgacha. Noqulay obi-havo (qalin tuman, yomg‘ir, qor yog‘ganda) 
ob’ektlar himoyasini kuchaytirish uchun garnizon boshlig’ining (harbiy qism 
komandirining) buyrug‘iga ko‘ra qo‘shimcha qorovul yoki transport vositasida 
yuruvchi patrul tayinlanishi mumkin. Bunday hollarda qo‘shimcha qorovullar 
xizmat tartibi va patrullik tartibi garnizon boshlig‘i (harbiy qism komandiri) 
tomonidan belgilanadi.
38
Ob’ektni mustahkam qo‘riqlashni ta’minlash uchun harakat yo‘nalishi 
bo‘yicha zudlik bilan yurib ketayotgan soqchi atrofni va devorlarni kuzatish 
uchun, shuningdek, xizmatining borishi haqida aloqa vositasi orqali qorovul 
boshlig‘iga xabar berish uchun biroz to‘xtab oladi. 
Atrof yaxshi ko‘ringanda va joy sharoiti yo‘l qo‘ysa, soqchi xizmatini kuzatuv 
minorasida o‘tashi ham mumkin.
Soqchiga yordam berish uchun har bir qorovulxonada sergaklardan va dam 
olayotgan guruhdan zaxira guruhi tuziladi. Ular qorovulning «Qurollan» degan 
chaqirig‘ini eshitishi bilan qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi yoki tarqatuvchi 
rahbarligida tartib buzilgan joyga yetib keladi va vaziyatga qarab ish kuradi. Bu 
guruhni tartib buzilgan joyga zudlik bilan yetkazish zarur bo‘lgan paytlarda ular 
transport vositasi bilan ta’minlanadilar. 
38. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari 
nizomi.T-1996y 68 bet


138
Ayrim hollarda esa bronetransportyor (jangovar mashinalar) bilan 
ta’minlanadilar. 
Qorovul shaxsiy tarkibi qorovul kiyimida bo‘lishi kerak. Ular otishga yaroqli 
nayza-pichoqli avtomat yoki nayzali karabin bilan qurollanadilar. Nazorat-o‘tish 
posti soqchisi to‘pponcha bilan qurollanishi mumkin. Qorovul boshlig‘i va uning 
yordamchilari shtatlari bo‘yicha qurollanadilar. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling