УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


kiyinish tartibini buzgansiz. Falon, falon narsani qiling»


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
kiyinish tartibini buzgansiz. Falon, falon narsani qiling». 
Agar majburiy xizmat harbiy xizmatchisi harbiy qismdan javob berilgan 
paytda harbiy kiyinish qoidasini qo‘pol ravishda buzsa, harbiycha salomlashish 
tartibiga amal qilmasa yoki boshqa biror intizomsizlik qilsa, patrul boshlig‘i 
bunday harbiy xizmatchilarning harbiy qismdan berilgan javob berish varaqasini 
bekor qilishga, ularni patrullar kuzatuvida harbiy komendaturaga yoki chora 
ko‘rish uchun harbiy qismga jo‘natish huquqiga ega. Boshqa garnizonlardan harbiy 
qism javob berish varaqasi bilan kelganlar ham ushlanadi va harbiy komendaturaga 
jo‘natiladi. Ushlangan vaqti va sababi haqida harbiy xizmatchining javob berish 
varaqasiga yozib qo‘yadi. 
Harbiy xizmatchi ushlangan paytda itoat qilmasa yoki qarshilik qilsa, patrul 
boshlig’ining o‘zi patrul tarkibi bilan birga unga nisbatan kuch ishlatish huquqiga 
ega. Qurol ishlatish so‘nggi chora hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlar Ichki xizmat nizomida ko‘rsatilgan xollarda va tartibda bunga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Ushlangan harbiy xizmatchilardan sovuq va o‘q otish qurollari, o‘q-dorilar, 
shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi tortib olinadi. Ular garnizon 
harbiy komendanti, patrul boshliqlariga yoki garnizon bo‘yicha navbatchilarga 
(harbiy komendantning navbatchi yordamchisiga) topshiriladi. 
Patrul boshlig‘idan unvoni katta harbiy xizmatchi harbiy intizomni buzsa, 
patrul boshlig‘i intizomni buzishni to‘xtatishni iltimos qilib murojaat qiladi. Uning 
iltimosini bajarmasa, patrul boshlig‘i tezda bu haqida garnizon harbiy 
komendantiga yoki garnizon bo‘yicha navbatchiga (harbiy komendantning 
navbatchi yordamchisiga) xabar beradi va ularning ko‘rsatmalari asosida ish tutadi. 
Harbiy intizom va jamoat tartibini buzgani uchun garnizon harbiy 
komendaturasiga keltirilgan harbiy xizmatchilar garnizon bo‘yicha navbatchilar 


133
(harbiy komendantning navbatchi yordamchisi) tomonidan qabul qilib olinadi
ushlanganlar hisobga olinadigan daftarga yoziladi va harbiy komendant tomonidan 
ularning javobgarligi to‘g‘risida biror qaror qabul qilingunga qadar ko‘pi bilan bir 
kun vaqtinchalik ushlanganlar kamerasiga joylashtiriladi. 
Ushlangan harbiy xizmatchilarni qabul qila turib, garnizon bo‘yicha navbatchi 
(harbiy komendantning navbatchi yordamchisi) uning anjomlarini ko‘zdan 
kechiradi, kameraga kiritish mumkin bo‘lmagan belkamari, anjomlari va 
qimmatbaho buyumlarini, shuningdek, xizmat xujjatlarini tortib oladi. Qurol va 
o‘q-dorilar, xujjatlar, anjomlar va qimmatbaho buyumlar tortib olingani to‘g‘risida 
dalolatnoma tuziladi va garnizon bo‘yicha navbatchi (harbiy komendantning 
navbatchi yordamchisi), harbiy xizmatchini ushlab kelgan shaxslar va ushlangan 
harbiy xizmatchi tomonidan imzolanadi. 
Garnizon harbiy komendaturasiga mast holda ushlab kelingan harbiy 
xizmatchilar dalolatnomaga o‘ziga kelgach imzo qo‘yadi. 
Harbiycha kiyinish tartibini buzgani va harbiy salomlashishni bajarmagani 
uchun ushlangan harbiy xizmatchilar bilan kunduz kunlari uch soatgacha safda 
yurish mashqlari va Nizomlarni o‘rganish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 
Vaqtinchalik ushlanganlar kameralarida saqlanayotgan harbiy xizmatchilar 
garnizon gauptvaxtasi qorovullari tomonidan qo‘rilanadi. Agar garnizon 
gauptvaxtasi garnizon harbiy komendaturasidan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, 
ushlangan harbiy xizmatchilar ushbu Nizomning 195-moddasiga asosan maxsus 
ajratilib qurollangan patrullar tomonidan qo‘riqlanishi mumkin. 
Patrul xizmat vazifasini tugatgach, maxfiy buyruq, garnizon harbiy 
komendantining tegishli yozuvlari bilan harbiy qism shtabiga topshirish uchun 
patrul boshlig‘iga qaytariladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling