УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Garnizon harbiy komendanti
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garnizon harbiy komendanti quyidagilarga majburdir
Garnizon harbiy komendanti
Garnizon harbiy komendanti harbiy xizmatchilarning ko‘cha va boshqa joylarda harbiy intizomga rioya qilishiga, garnizon qorovullari, HAN patrullari va nazorat postlari xizmatchilarining xizmatini to‘g‘ri va xushyor o‘tashlariga, shuningdek, garnizon gauptvaxtalarida bandilarning to‘g‘ri vaqonuniy saqlanishiga javob beradi. Garnizon boshlig‘ining qarorini amalga oshirish chog‘ida garnizon harbiy komendanti garnizon boshlig‘i nomidan buyruq berish, muxim topshiriqlar haqida axborot berish huquqiga egadir. Garnizon harbiy komendanti quyidagilarga majburdir: - garnizon qorovullik va patrullik jadvali asosida umumgarnizon qorovullik va patrullik xizmatlarini tashkil etishga; - harbiy xizmatchilarning harbiy intizom, harbiy kiyim-kechak rusumi va harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilishini nazorat qilishga; garnizonda harbiy intizom, qorovullik va patrullik xizmatlari axvolini doimiy ravishda o‘rganishga hamda buzilishiga sabab bo‘lgan omillar va ularni tuzatish yo‘lidagi istak va takliflari bilan har oyda garnizon boshlig‘iga xabar qilib turishga; - garnizon boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan garnizon qorovullari jadvalini, shuningdek, garnizon naryadi axborotnomalarini, postlar tabelini, postlarning joylashuv chizmasini (sxemasini), qorovul boshliqdari va qorovul boshliqlarining texnik jixozlar bo‘yicha yordamchilari (operatorlari) uchun yuriknoma, garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisiga patrullik sxemasi, patrullar yuriknomasi to‘zishga; - garnizon boshlig‘iga ob’ektlarni texnik ximoya vositalari bilan jixozlash, garnizon naryadi sonini kiskartirish va ularning xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritishga; - qorovullik xizmatini tekshiradigan garnizon mansabdor shaxslari ruixatini tuzishga va uning bajarilishini nazorat qilishga; - har oyda kamida birikki marta garnizon naryadiga tayinlangan bo‘linmalar va shaxslarni shaxsan tekshirishga; garnizon naryadini tarkatishga va ularning 125 xizmat qilishi; garnizon bo‘linmasi navbatchisining tayyorgarligi, shuningdek, postlar, qorovulxonalarning axvoli; - har oyda bir marta xisob-kitob daftariga kayd kilgan xrdda qo‘riqlanayotgan o‘q-dorilar soni va axvolini tekshirishga; - garnizon shaxsiy tarkibi tomonidan sodir etilgan xrdisalar va harbiy intizom buzilishlarini o‘z vaqtida aniqdab, ularni xisobga olish, ular haqida va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida garnizon boshligi‘ga axborot berish, jinoyat va mojarolar haqida esa, bundan tashqari garnizon prokuroriga xabar berishga; jinoyat qilgan harbiy xizmatchilarni qidirish va ushlashda yordam berishga; - garnizon boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan ommaviy safarbarlik, favqulodda holat e’lon qilingan paytlarda, qo‘shinlar jangovar holatga keltirilganda ko‘riladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqishga; garnizonning yong‘inga qarshi muhofaza, shuningdek, garnizonda trevoga e’lon qilinganda, yong‘in chiqqanda yoki tabiiy ofat ro‘y berganda qilinadigan ishlar yuriqnomasi rejasini ishlab chiqishda ishtirok etishga; - garnizonda fuqaro mudofaasi bilan hamkorlik qilish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etishga; - garnizon aloqa boshlig‘i bilan hamkorlikda garnizon qorovullari, HAN patrul va nazorat postlari bilan aloqa o‘rnatadigan aloqa vositasini aniqlashga; - harbiy qismlar orkestrlari vedomostlarini ko‘rishga va ularni garnizon boshlig‘i tasdig‘iga tavsiya etishga; - garnizon bo‘yicha navbatchilarga, ularning yordamchilari va patrullar tarkibiga naryadga kirishdan oldin yuriq berishga, garnizon bo‘yicha navbatchiga parol yozilgan qog‘ozni topshirishga, patrullar boshlig‘iga esa zarur xujjatlar va aloqa vositasi berishga; - garnizon harbiy xizmatchilari urtasida harbiy intizom va tartibni saqdab turish bo‘yicha Ichki ishlar organlari bilan aloqa o‘rnatib turishga; - har kuni garnizon qorovullarining post vedomostlarini ko‘rib turishga va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan tuzatishga; 126 - xaftada kamida bir marta garnizon gauptvaxtasida bandilarning qonuniy va to‘g‘ri ushlab turilganligini tekshirishga; gauptvaxta boshlig‘iga xisobga olinganlarni ishga, hammomga, tergovchilarning talabiga binoan esa tergov yoki sud qilish uchun, dastlabki tergov yoki sudga yuborish uchun yozma buyruq berishga, shuningdek, kasal bo‘lgan jinoyatchilarni davolash muassasalariga jo‘natishga; - harbiycha salomlashish qoidasini bajarmagan va harbiycha kiyim-kechak rusumini buzgan harbiy xizmatchilar bilan safda yurish tayyorgarlik mashqi va nizomlarni o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar uyushtirishga; - garnizon boshlig‘ining buyrug‘iga binoan qo‘shinlarni suv bilan ta’minlash va cho‘milishi uchun ochiq suv havzalarini harbiy qismlar o‘rtasida taqsimlashga; cho‘miladigan joylarni jihozlashni nazorat qilishga, shuningdek, navbatchi suzuvchilar guruhi va navbatchi feldsherlar (sanitar yo‘rikchilar) xizmatini tashkil etishga; - garnizonga xizmat safariga yoki ta’tilga kelgan harbiy qismlar, bo‘linmalar (jamoalar), shuningdek, harbiy xizmatchilarni xisobga olish va o‘z vaqtida xizmat joyiga jo‘nab ketishini nazorat qilishga; - qo‘lga tushgan harbiy xizmatchidan tortib olingan qurol va o‘q-dorilarni xisobga olishga va saqlanishini tashkil qilishga; - to‘xtab o‘tgan bo‘linmalar (jamoalar)ni, aloxida harbiy xizmatchilarni, shuningdek, qorovullarni, ular kuzatib kelayotgan harbiy yuk ortilgan transportlarni ularni qanoatlantirgan holda shaxodatnomaga binoan joylashtirishga; - garnizon xududida ta’tilda bo‘lgan bemor harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini belgilashga; - poligonlarga ketgan yoki garnizon tarkibidan chiqqan harbiy qismlar harbiy shaharchalarining qo‘riqlanishini tekshirishga; - garnizon qo‘shinlarini paradlarga tayyorlashga, qo‘shinlar ishtirokida paradlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, boshqa garnizon tadbirlari vaqtida maxalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan xolda tartibintizomni ta’minlashni nazorat qilishga; 127 - garnizon boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan harbiy qismlardan faxriy qorovullar tayinlash va tayyorlashga, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarni dafn etishni tashkil qilishga; - garnizon xududida joylashgan harbiylar mozori, birodarlik qabristonlari va harbiy yodgorliklarni xisobga olishga va ularning saqlanishiga ko‘z-quloq bo‘lishga. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling