УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
129 Garnizon patrullari Har bir garnizonda harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘chada va boshqa jamoat joylarida: temir yo‘l stantsiyalarida, vokzallarda, bandargoxlarda, aeroportlarda, shuningdek, garnizon bilan tutash axoli punktlarida harbiy intizomga rioya qilish va tartib o‘rnatish uchun garnizon boshlig‘ining buyrug‘iga binoan patrullik tashkil qilinadi. Shu maqsadda garnizon harbiy qismlari tarkibidan garnizon patrullari tayinlanadi. 37 Patrullar sutkaga yoki kunduz va tunning ma’lum vaqtiga tayinlanadi. Ular yayov, mototsiklda yoki avtomobilda yurishlari mumkin. Sutkaga tayinlangan patrul 4 soat xizmat va garnizon komendaturasida 2 soat dam olishlar bilan xizmatini utaydi. Harbiy komendatura qoshida transport vositasiga ega bo‘lgan zaxira patruli tayinlanadi. Garnizon patrullari garnizon harbiy komendantiga va garnizon bo‘yicha navbatchiga (harbiy komendantning navbatchi yordamchisiga) bo‘ysinadi. Temir yo‘l stantsiyalari, dengiz (daryo) bandargohlari va aeroportlarda patrullik qilish uchun tayinlangan patrullar yuqoridagilardan tashqari temir yo‘l (dengiz, daryo) uchastkasi va stantsiya (bandargoh), aeroport harbiy komendantlariga ham bo‘ysinadilar. Patrul boshliq va ikki uch patrul xizmatchisidan tashkil topadi. Patrul boshlig‘iga yuklangan vazifasiga qarab ofitser, praporshchik (michman) yoki serjant tayinlanishi mumkin. Temir yo‘l stantsiyasida (bandargoh, aeroportda) xizmat qiluvchi patrulga boshliqlar odatda ofitserlardan tayinlanadi. Patrullar tartibli, talabchan, jismonan chiniqqan va kuchli, bir bo‘linmada xizmat qiladigan askarlardan (matroslardan) yoki serjantlardan tayinlanadi. Patrullar shaxsiy tarkibining qurollari, kiyimlari garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi. Bunda patrullar boshlig‘i ofitser odatda ikki o‘qdon va 37. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi.T-1996y 49-50 bet 130 tupponcha bilan, qolgan shaxsiy tarkib esa vaziyatga qarab qurollanishi va qurollanmasligi ham mumkin. Alohida muxim yo‘nalishlarda patrul harbiy garnizon komendaturasi bilan aloqa bog‘lashi uchun mo‘jaz «radiostantsiya» bilan ta’minlanadi. Patrullar yo‘nalishi sxemasi va patrullarga yuriqnoma garnizon harbiy komendanti tomonidan tuziladi va garnizon boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Patrullar yo‘nalishi sxemasida: patrullar harakat yo‘nalishining bir necha varianta, teatrlar, madaniyat uylari, kinoteatrlar, klublar va h.k, ommaviy sayilgohlar, harbiy komendatura bilan aloqa qilish uchun telefonlar joylashgan joylar, shuningdek, militsiya bo‘limlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Patrullar yo‘riqnomasida: patrullarning vazifalari, har bir yo‘nalishdagi xizmatning o‘ziga xosligi, militsiya bilan hamkorlikda ishlash tartibi, harbiy komendatura va shu yaqin o‘rtadagi militsiya postlari bilan aloqa bog‘lash yo‘llari, xabar berish tartibi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Garnizon patruli boshlig‘i patrullarning to‘g‘ri xizmat qilishiga, patrullik xizmati yo‘nalishida harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy intizomga amal qilinishi, tartib o‘rnatilishiga javob beradi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling