УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
GARNIZON NARYADINI TAYINLANISHI
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garnizon xizmatining kuyidagi tarkibi mavjud
- Garnizon naryadining ko‘krak nishonlari
GARNIZON NARYADINI TAYINLANISHI.
Garnizon naryadi ko‘chada, garnizonning boshqa jamoat joylarida harbiy xizmatchilar o‘rtasida harbiy intizom va tartib o‘rnatish, garnizon ob’ektlarini qo‘riqlash va himoya qilish, shuningdek, harbiy qism transport vositalari shofyorlarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini nazorat qilish va garnizon xizmatining boshqa vazifalarini bajarish uchun tashkil qilinadi. 36 Garnizon xizmatining kuyidagi tarkibi mavjud: - garnizon bo‘yicha navbatchi; - garnizon bo‘yicha navbatchining yordamchisi; - bo‘linmalar navbatchilari; - garnizon qorovullari; - garnizon patrullari; - HAN nazorat postlari nazoratchilari. Garnizon naryadi kirishishga kamida bir kun qolganda tayinlanadi. U qaysi harbiy qismdan tayinlangan bo‘lsa, o‘sha qism tomonidan transport vositalari bilan ta’minlanadi. Garnizon naryadi tayinlangan harbiy qism (bo‘linma) komandiri shaxsiy tarkib tanlashga va uni xizmat vazifasini utashga tayyorlashga, o‘z vaqtida yo‘l- yo‘riq ko‘rsatishga va tarqatishga yetib kelishiga, navbatchi bo‘linmaning doimiy tayyorgarligiga va chaqirilgan joyga o‘z vaqtida yetib borishiga javobgardir. Harbiy komendant garnizon HAN boshlig‘i bilan hamkorlikda har oyda garnizon naryadi ro‘yxatini tuzadi. Bu ro‘yxat garnizon boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 36. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi.T-1996y 43 bet 128 Garnizon naryadining ko‘krak nishonlari 34-rasm. Garnizon bo‘yicha harbiy 35-rasm. Garnizon bo‘yicha harbiy avtomobil huquq tartibot organi (patruli) ko‘krak nishoni nazorati organi ko’krak nishoni Garnizon naryadi ro‘yxatidan ko‘chirmalar yangi oy boshlanishiga 10 kun qolgunga qadar barcha harbiy qismlarga jo‘natiladi. Garnizon naryadi ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lsa, bu haqida garnizon harbiy komendanti o‘z vaqtida harbiy qismlarga xabar beradi. Naryadga kirishdan oldin harbiy qism shtabida garnizon navbatchisiga va garnizonlar patrullari boshliqdariga maxfiy farmoyish topshiriladi. Shunga asosan garnizon harbiy komendanti garnizon bo‘yicha navbatchiga eski va yangi parol yozilgan qog‘oz (104-modda), patrullar boshliqlariga esa harakat yo‘nalishi, patrullik vaqti va asosiy majburiyatlari ko‘rsatilgan guvoxnoma beradi. Garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisi, patrullar HAN nazorat postlari tarkibi ko‘kragining chap tomonida (chap qo‘lida) tegishli yozuvi bilan ko‘krak nishoni (qizil matodan qilingan bog‘ich) bo‘lishi keraq HAN nazoratchilarida bundan tashqari HAN nazoratchisi guvoxnomasi va ola tayog‘i bo‘lishi kerak. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling