119
Shikoyat berilgan taqdirda intizomiy ta’zirni ijro etish to‘xtatilmaydi,
katta
komandir (boshliq)ning uni bekor qilish haqidagi buyrug‘idan so‘ng to‘xtatiladi.
Berilgan intizomiy ta’zirlarning tartibi va qo‘llanilishi ushbu Nizomda
ko‘rsatilmagan bo‘lsa unda:
- askar, matroslarga — shaxsan va saf oldida;
- serjant va starshinalarga — shaxsan, yig‘ilishda yoki serjant va starshinalar
safi oldida;
- ofitserlarga — shaxsan, ko‘rsatma orqali yoki yig‘ilishda (katta ofitserlarga -
katta ofitserlar ishtirokida, oliy ofitserlarga — oliy ofitserlar ishtirokida). Bundan
tashqari, intizomiy ta’zirlar buyruq orqali ham e’lon qilinishi mumkin.
Komandirlar (boshliqlar)ga o‘z qo‘l ostidagilar huzurida intizomiy ta’zir
berish ta’qiqlanadi.
Harbiy xizmatchiga intizomiy ta’zir e’lon qilinganda
jazolashga olib kelgan
sabablar va harbiy intizomni yoki jamoat tartibini buzilish sabablari ko‘rsatiladi.
Hayfsan - dastlabki intizomni ta’zir hisoblanadi
va ushbu Nizomning
91-moddasiga ko‘ra harbiy xizmatchiga e’lon qilinadi.
Qattiq hayfsan - faqat saf oldida, yig‘ilishda yoki buyruq orqali e’lon qilinadi.
Harbiy
qism
hududidan
navbatdagi
javob
berishdan
mahrum
qilish muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni xizmat
zaruratisiz harbiy qism
hududidan etti sutkagacha chiqishini ta’qiqlaydi, jumladan (bo‘linma tarkibida)
jamoa bo‘lib harbiy shaharchadan tashqarida joylashgan
madaniy istirohat
o‘choqlariga va dam olish joylarida qatnashishini man etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: