Undosh tovushlar


Hosil bo`lish usuliga ko`ra


Download 0.65 Mb.
bet3/3
Sana30.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1073155
1   2   3
Bog'liq
Undosh tovushlar

2. Hosil bo`lish usuliga ko`ra undosh tovushlar uch turga bo`linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro jipslashuvi va o`pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a’zolariga ma’lum zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga: b, g, d, j (jo`ja so`zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to`siqdan, d, j (jajji so`zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk orasidagi to`siqdan, k, g,  undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi orasidagi to`siqdan portlab o`tadi. Bu undoshlardan ch, j (jadval so`zidagi) o`ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo`lishida tilning old qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, og`iz bo`shlig`iga kelgan havo, asosan, sirg`alib chiqadi. Natijada, to`la bo`lmagan portlash (t + sh = ch kabi) qorishiq (affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j tovushi esa portlovchi d va sirg`aluvchi j tovushlari oralig`idagi tovushdir, shuning uchun Juma, Jahongir so`zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. SHu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling