Uning lavozimi vazifalari. Menejer va uning vazifalari Menejer


Xodim larni boshqarish tamoyillari


Download 275.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.04.2023
Hajmi275.58 Kb.
#1362404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejer va uning vazifalari Menejer

Xodim larni boshqarish tamoyillari
«Xodim» iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida «biror idora yoki
muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi» ma’nosida talqin etiladi.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil
yondashuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
«Inson resurslarini boshqarish» tushunchasi boshqarishning strategik
jihatlarini, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga
ustuvorlik beriladi. «Xodimlarni boshqarish» tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan
tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va
uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita
korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ulami muvofiqlashtirishdan kelib
chiqadi. Iboralaming turlicha ma’no kasb etishi faoliyat turlari va yo‘nalishi bilan
bog‘liq. Chunonchi, «xodim» iborasi ko‘p hollarda kichik (100 kishidan kam band
bo‘lgan) korxonalarga, «inson resurslari» iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq band
bo‘lgan yirik korxonalarga nisbatan qoMlaniladi.
Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo‘lgan kishilar
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat
ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan
tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksional boshqaruv deganda bevosita xodimlar masalasini yechish bilan bog‘liq
masalalar, ya’ni xodimlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish
haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi xodimlar ishi uchun bevosita javob
beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya’ni rahbarlar, xodimlar boiim i, kasaba
uyushmalari va boshqalami o‘z ichiga oladi.
Xodimlarniboshqarish deganda korxonada band boMgan kishilar
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat
ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan


iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bu tizim tarkiban
quyidagilami o‘z ichiga oladi: ish sharoiti; mehnat munosabatlari; kadrlami
hisobga olish va rasmiylashtirish; xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketingi;
xodimlarni rivojlantirish; mehnatni rag‘batlantirish vositalarini takomillashtirish;
huquqiy xizmat; ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish; boshqarishning tashkiliy tarkibini
ishlab chiqish tizimi.
Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi:
1.Xodimlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari:
• samaradorlik;
• ilg‘orlik; • istiqbollilik;
• komplekslilik;
• tezkorlik;
• optimallik;
• oddiylik;
• ilmiylik;
• ko‘p bo‘g‘inlilik;
• avtonomlik;
• barqarorlik;
• ko‘p qirralilik;
• rejalilik;
• rag‘batlantiruvchi;
• tanlash va joy-joyiga qo'yish;
• samarali bandlik.
2.Xodimlar bilan ishlashning tashkiliy tamoyillari:
• konsentratsiya;
• ixtisoslashtirish;
• muvoziylik (paralleFnost’);
• ixchamlik;
• izchillik;
• uzluksizlik;


• bir m e’yorlilik;
• texnologik birlik;
• badastirlik (komfortnost);
• boshqarishda kollegiallik.
Har bir tamoyil xodimlarni boshqarishning biror jihatini takomillashtirishga
xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv
tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos
keladimi, zamon talabiga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob bersa,
muvoziylik tamoyili esa, xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va h.k.
Xodimlarni, ya’ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlami boshqarishni o‘z
ichiga oladi (13.1-chizma).

Download 275.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling