Uning lavozimi vazifalari. Menejer va uning vazifalari Menejer
Mehnat resurslarini boshqarish
Download 275.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejer va uning vazifalari Menejer
Mehnat resurslarini boshqarish.
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar; boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar). Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki, ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar — ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida boMadi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga bee’tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi. Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo‘zg‘atishdir. Inson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan yondashish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir. Xodimlarni rejalashtirish — bu inson omiliga boMgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat (13.2-chizma). Mavjud xodimlarn baholash Istiqbolda xodimlarga bo'lgan talabni rejalashtirish Xodimlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish Xodimlarni rejalashtirish. Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tibor berish zarur. Guruhlar va ularning ahamiyati. Bizlarning har birimiz turli xil guruhlarga a’zo. Ba’zi bir guruhlar uzoqqa cho‘zilmaydi va ularning missiyasi oddiy boMadi. Qachonki missiya amalga oshirilsa yoki guruh a’zolari guruhga nisbatan qiziqishni yo‘qotsalar, guruh tarqaladi. Marvin Shou ta’rif berishicha, tashkilot kattaligidan qat’iy nazar bir necha guruhlardan iborat. Rahbar mehnatni gorizontal (bo‘limlar) yoki vertikal (boshqaruv pog‘onalari) taqsimlaganida, o‘z hohishiga qarab guruhlami ajratadi. Bu guruhlar rasmiy guruhlar deb aytiladi. Bu guruhlaming funksiyasi aniq vazifalami bajarish yoki aniq maqsadlarga erishish bo‘lib hisoblanadi. Komanda (bo'ysunuvchanlik) guruhi. Rahbaming komanda guruhi rahbar va uning yordamchi 1 ari dan tashkil topgan (y ordamchi 1 ari ham rahbar bo‘lishi mumkin). Masalan: prezident va firmaning vitse- prezidenti, firma direktori va turli bo‘lim boshliqlari. Ishchilar (maqsadli) guruhi. Rasmiy tashkilotning yana bir ko‘rinishi bu ishchilar guruhi hisoblanadi. Bu bir vazifa ustida birgalikda ishlaydigan shaxslardan tashkil topgan. Ularda umumiy rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar, bu guruhlar komanda guruhidan rejalashtirishda ko‘proq mustaqillika ega ekanligi va o‘z ishini o‘zi amalga oshirishi bilan farq qiladi. Rasmiy guruhlaming uchinchi ko‘rinishi qo'mita hisoblanadi. Barcha turdagi guruhlar bir jamoa ko‘rinishida birgalikda ishlashi kerak. Ammo jamoadagi shaxsning xatti-harakatiga ta’sir etadigan ko‘pgina omillar mavjud. Ko‘pgina rahbarlar umumiy maqsadlarga erishish uchun ulardan ko‘pgina sa’y-harakat talab qilishini burch deb bilishmaydi. Agar har bir bo‘lim oldida turgan vazifa bir-birini faoliyatini ta’minlasa, tashkilot o‘zining umumiy global vazifasini samarali bajara oladi. Bitta shaxsning xatti- harakatiga guruh ta’sir ko‘rsatadi, rahbar guruh va uning samarasiga ta’sir etadigan omillami yaxshi tushunishi kerak. Norasmiy tashkilotlar rahbariyat tomonidan tashkil etilmaydi, ammo ba’zida bu rahbaming barcha sa’y-harakatini yo‘qqa chiqarib, tashkilotda asosiy guruhga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, norasmiy tashkilotlar o‘zaro birikish xususiyatiga ega. Ba’zi rahbarlar ko‘pincha bir yoki bir necha norasmiy tashkilotlarga kirib qolganliklarini anglamaydilar, chunki bu fenomen faqatgina oddiy ishchilarga xos emas. 17 “FOOD & BEVERAGE” XIZMATI BOSHLIG’NING VAZIFASI Biz menejmentni o‘rganishni uning paydo boMishiga sabab boMgan tashkilot tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz. «Tashkilot» degani nima va nima uchun tashkilotni boshqarish kerak? Tashkilot — bu umumiy maqsadga ega boMgan odamlar guruhi. Tashkilot deb hisoblanishi uchun guruh quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Guruhda hech boMmaganda o‘zini guruh a’zosi deb hisoblaydigan kamida ikki kishining mavjudligi. 2. Guruhning barcha a’zolari uchun umumiy hisoblangan hech boMmaganda bir maqsadning (ko‘zda tutilgan natija) mavjudligi. 3. Hamma uchun ahamiyatga ega boMgan maqsadga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining borligi. Bu fikrlami birlashtirib, biz quyidagi muhim ta’rifga ega boMamiz: tashkilot — bu umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan odamlar guruhi. Yuqoridagi ta’rif rasmiy tashkilotlar uchun to‘g‘ridir. Rasmiy tashkilotlardan tashqari norasmiy tashkilotlar ham mavjud. Ular o‘z-o‘zidan paydo boMadi. Norasmiy tashkilotlar barcha rasmiy tashkilotlar ichida boMadi va ularning rahbari boMmasa ham, katta ahamiyatga ega. Norasmiy tashkilotlar haqida keyingi mavzularda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Tashkilot deganda esa, faqat rasmiy tashkilot nazarda tutiladi. Har qanday tashkilot guruhning barcha a’zolariniqiziqtiradigan hech boMmaganda bitta umumiy maqsadga ega boMadi. Murakkab tashkilotlar o‘zaro uzviy bogMiq va bir-birini qoMlab-quvvatlovchi bir qancha maqsadga ega. Hamma murakkab tashkilotlar umumiy xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotni boshqarish zarurligini tushunishga yordam beradi Bibliyaga jo‘natmalar, cherkov va cherkov mak- tablari uchun xarajatlar * Kursiv orqali belgilangan resurslar, mazkur tashkilot uchun birlamchi ahamiyatga ega. Resurslar. Umumiy holda har qanday tashkilotning maqsadi natijalarga erishish uchun resurslarni shakllantirishda iborat. Tashkilot foydalanadigan asosiy resurslar, bular odamlar (inson resurslari), kapital, moddiy resurslar, texnologiya va axborot. Tashqi muhitga bog‘liqlik. Tashkilotning muhim xususi- yatlaridan biri uning tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligidir. Tashkilot ham resurslar sotib olishda, ham iste’molchilar bilan munosabatda tashqi muhitdan to‘la bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit termini iqtisodiy sharoitlar, iste’molchilar, kasaba uyushmasi, hukumat qonunlari, raqobatchi tashkilotlar, texnika, texnologiya va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bu o'zaro bog‘liq omillar tashkilot ichidagi hamma ishlarga ta’sir etadi. Rahbariyat doimo tashqi muhit omillarini inobatga olishi lozim. Gorizontal mehnat taqsimoti. Tashkilotning muhim xususiyatlaridan biri mehnat taqsimoti hisoblanadi. Hech boMma- ganda, bir maqsadga erishish uchun ikki kishi birga ishlasa ham, ular ishni o‘zaro boMib olishlari kerak. Barcha ishni tarkibiy komponentlarga taqsimlash odatda gorizontal mehnat taqsimoti deb yuritiladi. Katta ish hajmini ko‘p sonli kichik ixtisoslashtirilgan topshiriqlarga bo‘lish orqali, shu ishni har bir ishchi mustaqil bajarishiga nisbatan bir necha baravar ko‘p mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati paydo boMadi. Bo‘linmalar. Murakkab tashkilotlar o‘ziga xos aniq vazifa- lami bajaradigan va aniq maxsus maqsadlarga erishadigan boMin- malarning shakllanishi hisobiga aniq gorizontal mehnat taqsimotini amalga oshiradi. Bunday boMinmalar odatda boMim yoki xizmat deb yuritiladi. «MakDonalds» korporatsiyasi tashkilotning har bir asosiy funksiyasi uchun maxsus boMinmalarga ega, bu boMinmalar — marketing, sotish, sotib olish, ko‘chmas mulk boMimlari va h.k. «MakDonalds»dagi yoki boshqa tashkilotlardagi bu boMinmalar o‘zining xususiy, kichik va aniq boMinmalariga ega. Vertikal mehnat taqsimoti. Tashkilotda ish tarkibiy qismlarga boMinishi sababli, kimdir bu ishni uning muvaffaqiyatli boMishi uchun muvofiqlashtirishi kerak. Shunday qilib, tashkilotda ikki turdagi mehnat taqsimoti mavjud. Birinchisi — umumiy faoliyat qismlarini tashkil etuvchi komponentlarga mehnat taqsimoti, ya’ni gorizontal mehnat taqsimoti. Ikkinchi si, vertikal mehnat taqsimoti deb nomlanib, harakatni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishning o‘zini bajarishdan ajralishini ko‘rsatadi. Boshqa kishilar ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyat boshqarish hisoblanadi. Boshqaruvning zarurligi. Tashkilot o‘z maqsadlarini amalga oshirishi uchun, vazifalar vertikal mehnat taqsimoti vositasida muvofiqlashtirilishi kerak. Shuning uchun boshqaruv tashkilot uchun muhim faoliyat hisoblanadi. Biroq, kichik korxonalarda boshqaruvchilar guruhi aniq ajratib ko'rsatilmaydi. Hatto yirik tashkilotlarda ko‘pgina rahbarlar doimo boshqalar ishini yo‘naltirish bilan bog‘liq boMmagan ishlarni ham bajarishadi. 2.2. Download 275.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling