Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
Haniflar harakati. Hanif arabcha so‘z bo‘lib, chinakam e ’tiqod
qiluvchi taqvodor ma’nosini bildiradi. Haniflar o‘sha davrda arab qabilalari o‘rtasida keng tarqalgan mushrikiylikka qarshi yakka xudolikni, oxiratni yaqinlashib qolganini targ‘ibot qilib chiqqanlar. V-VI asrlarda arab qabilalari urug‘-qabilachilik tuzumi emirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasaw urlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan intilishning g‘oyaviy in’iqosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalaming kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolik to‘g‘risidagi bunday diniy ta’limot islomdagina emas, balki u paydo bo‘lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ‘ib qilina boshlagan edi. Ammo haniflar harakati, ya’ni ulaming arablami yagona din atrofida birlashtirish g‘oyasini muvoffaqiyatli yakunlamagan. Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to‘g‘risida targ‘ibot yuritgan, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan shaxslar tarixiy manbalarda “haniflar”, ya’ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma’lum. Islomning paydo bo‘lishi arab qabilalari o ‘rtasidagi ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog‘liq bo‘lgan. Islom monoteistik din sifatida, ya’ni yakka xudoga e ’tiqod qiluvchi ta’limotni yaratib, unga qadar bo'lgan arab qabilalaridagi ko‘p xudolikning barcha ko‘rinishlarini shirk deb atab, ulami taqiqlagan. Islomda, shunday qilib, yagona Allohga, e’tiqod qilish bu diniy ta’limotning asosini tashkil etgan. Alloh - arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbekchaga taijima qilsak, Tangri degan ma’nosini bildiradi. Forsiyda Xudo deyiladi. Alloh, Tangri, Xudo so‘zlariga odatda sifat 94 qo‘shilib, Alloh taolo, Xudo Taolo shaklida ham ishlatiladi. Taolo - ulug‘, oliy degan ma'noni £inglatadi. Alloh taoloning Qur’onda va Hadislarda qayd etilgan ismlari 99 tadir. Bulardan tilimizda eng ko‘p qo‘llaniladigani: Rahim - juda rahimli; Rahmon - o‘ta mehriboni; Mo‘min - omon va omonlik beruvchi; Karim - karamli, sahovatli, kechirimli, Sattor, Akbar buyuk kabi sifatlarida qo‘shib aytiladi. “H anif’ atamasi Ibrohim bilan bog‘langan holda tilga olingan o‘rinlarda ham, o‘zi alohida kelgan joylarda ham “Haqiqiy musulmon”, “astoydil e’tiqod qiluvchi” ma’nosida tushunilganligi ravshan. SHuning uchun bo‘lsa kerak, keyingi davr islom an’anasida bu atamani “musulmon” atamasi bilan bir m a’noda tushunish odat bo‘lib qolgan. Aslida islomda musulmon shaxsni anglatdi. 0 ‘tgan asr o‘rtalarida Qozonda bosilgan Qur’onning 3- surasi 89 - oyatga berilgan izohda “hanif hozirgi musulmonning o‘zidir”, - deyilgan. “H anif’ atamasi faqat Qur’onga xos bo‘lmasdan, u islom din sifatida vujudga kelmasdan ancha ilgari ham yakka xudoga e’tiqod etishni targ‘ib qiluvchi shaxslaming nomi sifatida ma’lum bo'lgan. Yakka xudolilik qabilalari o‘rtasida ma’lum bo‘lgan. Bu qabilalaming nomi ham “banu xanif’ o ‘rtasida ham qandaydir mazmunan bog‘lanish bo‘lishi mumkin. Allohning cheksiz qudrati haqida Qur’oni karimning 55 - Ar -rahmon surasida o‘z ifodasini topgan, ya’ni “Ar- rahmon” Allohning go‘zal nomlaridan biri. Surada Alloh Taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va ohiratda ato etgan va etajak ne’matlaridan ba’zilarini eslatib, o‘ttiz bor: “Bas, Rabbingizning qaysi bir ne’matlarini inkor etasizlar?! - deb ularga xitob qilgan”.44 Arab qabilalarini yagona din atrofida birlashtirish va yakka xudolikka e ’tiqod qilishdan iborat bo‘lgan haniflar orzusi faqat Muhammad payg‘ambar davrida islom dinini vujudga kelishi va qaror topishi bilan amalga oshdi. Shuning uchun Muhammad ibn Abdulloh - din da’vatchisi va davlat arbobidir. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling