Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
таълимот.
Jon va ruhlaming o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasawurlarning elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmoqda. Masalan, dindorlar tasawurlarida o ig an kishilaming arvohini yo‘qlash, ulami tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlar hamon uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir. O'zbeklarda arvohlar haqidagi tasawurlar, ulami eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, qabristonlarga borib Qur’on suralaridan o‘qish anamizmga bo‘lgan e ’tiqodning shakllaridir. Anemistik va totemistik e ’tiqod va ibodatlar ibtidoiy davr jamoasining g'oyat murakkab va qiyinchiliklami engib yashashi uchun kurashining ular ongidagi in’iqosidir. Ular illyuziyali - fantastik qarashlarga asoslangan bo‘lib, ular real holat bilan bog‘lash funksisini magik harakatlar o‘ziga xos holatda bajarishga harakat qilgan. Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta ’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti- harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, magiya moddiy manfaatlarga erishish uchun g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir o ‘tkazish bilan bog‘liq turli xil ibodatlar yig'indisidir. Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan magiya ming yillar davomida rivojlanib kelayotgan harakatlar turidir. Magik harakatlar bilan odatda, maxsus tayyorganlikka ega bo‘lgan koldunlar (folbunlar) va insonlar shug‘ullanadilar. Ular o ‘zlarini ruhlarga murojaat qilib, jamoaning iltimosini etkazish qobiliyatiga ega ekanliklariga astoydil ishonadilar. Buning uchun ular muayyan magik harakatning turli so‘zlar, ashula, raqslami dombra va kolokollami (qo‘ng‘irolar) ishga solishdan kompleks ibodatini bajarish bilan amalga oshiradilar. Bunday harakat natijasida shomon ekstaz (xushdan ketish) darajasiga yetadi va uni kuzatuvchilarda kuchli ta’surot qoldiradi. Shu tariqa odamlar oldida shomon yoki koldunlar ruhlar bilan aloqa qila olish qobiliyati borligiga ishontiradi. Sehrgarlik (magiya) harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyai, ishlab chiqarish magiyasi, dushman engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. 77 Mehnat bilan bog‘liq, bo‘lgan magik harakatlar ibtidoiy odamlar hayotila alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalami topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni bajarganlar. Ishlab chiqarish muvaffaqiyatiga bag‘shlangan sehrgarlik harakatlari, ishlab chiqarish xarakteriga qarab, turli shakllarda va har xil maqsadlarga o‘tkzilar edi. Bunday harakatlar ibtidoiy jamoa a’zolaming umumiy manfaati yo‘lida qilinar edi. Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi pastligi, kishilar hayotining urug‘ va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o‘z in’iqosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasawurlarga asoslangan sohta, sehrgarlik usullarini qo‘llanishiga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi odamlaming har doim mo‘jizaga ishonish bilan hayoldagina maqsadga erishishga madad bergan. Ibtidoiy dinlardagi hayoliy in’iqos mahsuli bo‘lgan tog1, suv, bo‘ron, quyosh, momaqaldiroq Xudosi kabi tasawurlar turli-tuman bo‘lsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga o‘tilgandan so‘ng yuz bera boshladi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar ham o‘zgarib, rivojlanib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi kuchlar - kishilar ham tabaqalanishda davom etgan, dunyoqarashlari kengaya borgan. Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni uzatish, o‘lganlarni oxiratga kuzatish, tabiatda hahlagancha o‘zgartirishlar qilish kabi xususiyatlar ham xosdir. 0 ‘tmishda shomonlaming ruh bilan aloqasi shomon do'mbirasi yoki mo‘jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlami bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi. Fetishizm ibtidoiy jamoa tuzumi odamlarida diniy tasawurlar kompleksmi yakunlovchi bosqichini tashkil etdi. 78 Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi “fetiko” - yasalgan tumor, but, sanam degan so‘zlaJrdan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya,. tosh, daraht, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g ‘ayritabiiy kuchlar bor degan tasaw ur paydo bo‘lgan. 0 ‘zlari vujudga keltirgan bunday kuehlarga o ‘zlari sig‘ina boshtaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalqlarda diniy tasaw urlar shaklianishi bilan uzviy bog‘liqdir. Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik), dinlarida hozircha saqlanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko'ztikan, kalampirmunchoq, achchiq, qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar bilan muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasaw ur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan. Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, mutaassiblaming turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolaming taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlami ilohiy lashtirish» e ’tiqoddagi eng xarakterli ko'rinishidir. 3. «Avesto»dagi diniy-falsafiy g ‘oyalar “Avesto” zardushtiylik ta’limotining muqaddas manbaidir. Zardushtiylik erimizdan aw algi X asrdan VII asrgacha bo‘lgan qadimiy madaniyatimizning diniy-falsafiy ta’limotlaridan biridir. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo‘lib, bu din eramizdan aw algi VII-VI asrlarda dastawal O 'rta Osiyoda - Horazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg‘ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini yuzaga keltirdi. Zardushtiylik - ilgarigi diniy tasawurlar va ko‘p xudochilikka asoslangan diniy e’tiqodlarini takror Zardusht isloh qilish oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuzgacha davom etib kelayapti. Ko‘p tadqiqotchilar Zardusht 79 tarixiy shaxs bo‘lib, milodgacha VI asrda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiatshunos va shoir ekanini e ’tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. Zardushtiylik paydo bo‘lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo‘layotgan davr edi. U urug‘ -qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga bo‘linayotgan davr bo‘lgan. Bu din eng avval 0 ‘rta Osiyo, so‘ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. I.A.Karimov “0 ‘z kelajagimizni o‘z qo'limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida: “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo‘lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz ko‘hna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo'lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, o‘z madaniyati, o‘z tarixi bilan yashab keladi”,39 deb taqidlagan edilar. I.A.Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” degan asarida shunday degan edi: “Eng mo“ tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil boiyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig1 ida, mana shu zaminda umurguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”40. Bu, ta’bir joiz bo‘lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o‘zbek yozma madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida Horazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib, yana bunday deb yozgan edi, muallif: ““Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviy at, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvoxlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.41 Yuqorida qayd etilganidek, Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Shu o'rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi “yozma tarix”, shuningdek, Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari tomonidan yozib qoldirilgan xotiralar, Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar g‘oyat o ‘rinli tarzda nazarda tutilgan. Xorazmda o'troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, davlat esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan taxminan 3 ming yil avval yaratilgan “Avesto”ning qo'lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi ishonchli 39 Каримов И.А. 9з кеяаж агимизни уз »ф»имиз билан к,урмоцдамиз. -Т.; 9збекистон, 1999. 40 К а р и м о в И .А. Т а р и х и й х о т и р а с и э к е л а ж а к Й 9 к Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling