Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
W illiam I.Rowe. Philosophy of Religion. USA W adsworth Cengage Learning, 2007. P. 8
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
37 W illiam I.Rowe. Philosophy of Religion. USA W adsworth Cengage Learning, 2007. P. 8
72 inaxsus joylar tayyorlab, maytni ko‘mish bilan bog‘liq bir qancha rasm-rusmlarni bajaradi., Shulardan biri murda tanasini qizil oxra bilan qoplaydi, uning yoniga kerakli buyumlar, hattoki bezakli materiallar hamda bir qancha boshqa tayyorgarliklar ko‘riladi. Bunday dafh marosimidagi harakatlar, rasm-rusmtar maytni dafri qiluvchi jamoa ongida o ‘lgandan keyingi narigi dunyoda ham o‘ziga xos hayot bo‘lishi haqidagi tasawurlami borligini ko'rsatadi. Yuqori paleolit davri odamlarida narigi dunyoda ham real hayot bor degan iushunchani shakllanishi erdagi hayot bilan narigi dunyo hayoti •>‘rtasida bog'liqlik degan tushuncha tobora mustahkamlanib boradi. Ya’ni u dunyoda ham real hayot mavjud deb qarash ruhlar dunyosini tan olishni, olamdan o‘tganlar ruhi haqida qayg'irish kabi harakatlami K.elib chiqishga olib keladi; 2) yuqori paleolit davrida sapient odamining yuzaga kelishi bilan r>og‘liq g‘or devorlariga tushurilgan magik mazmunidagi shakl va rasmlar amaliyotidir. Fanda ma’lum bo‘lgan g‘or devorlaridagi aksariyat rasmlar - bu ovchilik, odamlar va hayvonlar yoki hayvon terisidagi odamlar hamda yarim odam va yarim hayvon shakldagi rasmlardir. Bu rasmlar, shakllar ibtidoiy odamlar ongida oddiy va sodda holatda bo'lsa ham odamlar bilan hayvonlar o‘rtasida g'ayritabiiy bog‘liqlik bor degan tasawurlami shakllantirganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari polvunlar va jamoalar magik harakatlar yordamida odamlar manfaati yo'lida hayvonlarga ta’sir o ‘tkazishi mumkin degan g‘oyaga asoslanadi. Demak insoniyatning qadimgi ajdodlarida dastlabki, sodda va oddiy darajadagi dinniy origni shakllanishi uzoq tarixiy davmi o‘z . chiga oladi. Ibtidoiy odamning hayvon va o‘simlik turlari bilan qon- qarindoshligi haqidagi tasaw urlar ham ulaming ko‘p yillar davomida ovchilik sohasidagi tajribasi ayni vaqida yirtiq hayvonlardan himoyalanish hissiyotlari ham bunga sabab bo‘lgan bo'lishi mumkin. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta’limot ■lamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va xloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar mobaynida uning >ag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ulaming hozirgi kundagi i j obiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi, qolaversa din bag'rida hakllangan ma’naviy, jumladan axloqiy qadriyatlaming vujudga kelish sabablari, ulaming kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalari 73 ilmiy jihatdan o‘rganish va bu ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan foydalanish ko‘proq ahamiyatga ega bo'ladi. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to‘la shakllangan diniy sistemaga ega bo‘lmagan. Ularda boshlang‘ich diniy tasawurlargina bo‘lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo‘lgan. 2. Ibtidoiy odam larning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllari Totemizm - hindlar tilidagi “o totem” (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urug‘ - qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklami muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba’zi hayvonlami ovlar va ular haqida yetarli ma’luotlarga ega edi. Bunday hayvonlami yaqindan bilish ulaming urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan tasaw um i keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, keyinchalik esa o'simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a ’zolarining ajdodi - totemidir, degan tasaw ur shakllanishiga olib kelgan. SHu boisdan urug‘ a’zolari totemning “yordamiga” ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o ‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni otib o'ldirish, iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni mahsus rasm-rusmga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urug‘ a’zolarida shundagina totemning kuch-quwati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urug'ning homiysi bo‘lib qoladi degan tasaw ur bo‘lgan. Totemizm e’tiqodlari tub avstraliyaliklarga keng saqlanganligi ulaming urug‘lari nomalaridan payqash mumkin. Ular urug'lari konkret hayvonlar (kenguru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar. 74 Totemistik tasawurlar urug‘chilik jamoasini shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Aynan shunday tasawurlar asrlar davomida shakllanib, bir urug‘ning ikkinchi urug‘dan farq qiladigan tomonlari (bizniki va ulamiki degan tushunchalar) asosida o‘z totemi bilan bog'liq urf-odat normalarini ham shakllantirganlar. Totemistik qarashlar asosida yuzaga kelgan cheklovchi urf-odat (tabu)lar ibtidoiy urug'chilik jamoasida ijtimoiy-oilaviy munosabatlami tartibga solish mexanizmini shakllantirishga hizmat qildi. Bu mexanizmda oilaviy munosabatlami tartibga solib, o ‘z ya’ni qarindoshlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishi chekladi. Shu bilan birga oziq-ovqatlami iste’mol qilishning ham tartibga soldi. Shunday qilib, g'ayritabiiy kuchlarga asoslangan totemistik tartib va qoidalar, cheklanishlar (tabu) urug‘chilik davrdagi diniy tasawurlardan biri edi. Kishilik jamiyatining shakllanishining dastlabki davrida toteizm dinning integrativ (birlashtiruvchi) regulyator (tartibga soluvchi), nazorat qiluvchi funksiyalarini bajargan. Diniy ong esa, o'sha davr shart-sharoitlari, o ‘zaro munosabatlarga, ayniqsa, totem tasawurlari darajasiga bog'liq holda rivojlangan. Totemizning elementlari hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. 0 ‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e ’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlaming yoshini, ya’ni tug'ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan. Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp), qo‘y (go'sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ng‘iz (xo‘k) shular jumlasiga kirtilgan. Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod qilish hali ham, qisman davom etmoqda. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling