Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Arab tilidan olinib, ishonch, ixlos ma’nosini bildiruvchi so‘z? A) E ’tiqod B) Qur’on C) Islom D) Din 11
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. DIN FUNKSIYALARINING FALSAFIY MAZMUNI Reja
- Tayanch tushunchalar.
10. Arab tilidan olinib, ishonch, ixlos ma’nosini bildiruvchi so‘z?
A) E ’tiqod B) Qur’on C) Islom D) Din 11. «Qur’on oyatlari ham Allohga iymon keltirish uchun aqliy dalillarga suyanishga chaqirgan». Ushbu jumla qaysi kitobdan olingan? A) «Vera как duxovnoe sostoyanie» 122 B) “Imon” C) “Diniy hayotning'sodda tuzilishi” D) “Individ i ego religiya” 12. “Payg‘ambar” so‘zining lug'aviy ma’nosi? A) “elchi” B) “yo‘lboshchi” C) “habarchi” D) “ilohiyotchi” 13. Quro’ni karimda qancha payg‘ambar nomi tilga olingan? A) 25 nafar B) 15 nafar C) 35 nafar D) 45 nafar 14. Qur’oni karimda payg‘ambarlardan qanchasi buyuk va yangilangan shariat sohibi deb tilga olinadi? A) 3 nafar B) 6 nafar C) 7 nafar D) 5 nafar 15. Odam Atoning uchinchi o‘g‘lini nomini ko‘rsating. A) Qobil B) Hobil C) SHis D) Idris 123 8-MAVZU. DIN FUNKSIYALARINING FALSAFIY MAZMUNI Reja: 1. Din funksiyalarining falsafiy mazmuni. 2. Din funksiyalarining jamiyat hayotidagi o‘mi. 3. Diniy munosabatlar, diniy tashkilotlar va din funksiyalarining o‘zaro aloqadorligi. Tayanch tushunchalar. Din funksiyasi, imon, diniy imon, ideal, ilmiylik, ob’ektivlik usullari, kompensatorlik, integrativlik, regulyativlik, kommunikativlik, din madaniyatini translyasiya qilish funksiyasi, ligitimlovchilik, diniy munosabatlar, diniy tashkilotlar, musulmon jamoasi, 0 ‘zbekiston diniy idorasi, dorulfani, dorulbaqo. l.Din funksiyalarining falsafiy mazmuni Diniy imon-e’tiqod diniy ongdagi barcha tasawurlarni birlashtiruvchisidir. Ammo har qanday imon-e’tiqod diniy imon- e’tiqod bo‘lavermaydi. Imon murakkab mazmunli tushuncha bo‘lganligidan uni ilmiy-falsafiy jihatdan ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Imon - bu odamning muayyan g‘oya va axloqiy qadriyatlar real haqiqat ekaniga ishonchidan iborat ma’naviy-ruhiy holat bo‘lib, aql- idrokli odam ongi va ahvoli ruhiyati (psixikasi)ning nodir hodisasi va odam o‘z-o‘zini anglab olishining noyob vositasidir. Odamning hozirgi zoti muayyan imonga ega bo‘lmasa, u o‘z-o‘zini anglab olishi qiyinlashadi; imonsiz odamlar uchun o‘z huzur halovati, o‘ziga xos his tuyg‘usidan boshqa ma’naviy “qadriyat” qilmaydi. Natijada imonsiz odamlar o‘g ‘ri, hiyonatchi, poraxo‘r, ta’magir, bosqinchi (terrorist) umuman inson zoti uchun harakatli hususlarga ega bo‘lib qiladi. Hozirgi globallashuv sharoitida butun dunyo hamjamiyatining mo“ tadil yashashga to‘siq bo‘lib turgan ijtimoiy hodisa - odamlarda, ayniqsa yoshlarda muayyan an’anaviy g‘oyaviy-axloqiy qadriyatlar qadrsizlanib, oqibatda imoni va e’tiqodi yo‘q o‘ziga xos odamlar galasi fundamentalistik, ekstremistik vujudga kelishi xavfi paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun falsafiy dunyoqarash asosida shakllangan imon-e’tiqod egalarining din ahillari bilan birlashib, ana shu ijtimoiy 124 ofatga qarshi kurashishlari tarixiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Imonsiz odamlar stixiyali 'tarzda o ‘zlarining insonga xos bo'lmagan manfaatlari negizida allaqachon birlashib olganlar. Ulaming eng ko‘zga chalinadigan galalari “mafiya”, “diniy fundamentlistlar”, “igilchilar” deb ataladi. Aha shu ijtimoiy buzuqilarga qarshi astoydil va izchil kurashdagina chinakam insoniy imon, e’tiqod qaror topishi mumkin. Falsafiy qarashlami ham olim va ulamolar, binobarin odamlar ijod qilgan. Ulaming falsafiy va diniy qarashlami ko‘pincha bir-biriga mutloq darajada qarama-qarshi qo‘yish aqlli odamlar ishi emas. Har birida ham mavhum va real haqiqatlar bor. SHu sababli ijtimoiy ongning shakllari o‘rtasidagi tavofiitlami haddan ziyoda bo‘rtirib, qabartirib, ulardagi mushtaraklikni yo‘q qilib ko‘rsatish tarixiy haqiqatga mos emas. Dunyoviy va diniy qarashlar bir-birini to'ldiruvchi jarayondir. Endi “Iymon” tushunchasi bilan “din” tushunchasining mazmuniga e’tibor qaratsak, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, “imon” hamma dinlar mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun islomni ham ma’lum ma’noda imonshunoslik desa bo‘ladi. Zero, uning barcha ibodatlari, marosimlari, hayitlari, ramzlari m a’lum bir maqsadga - odamlami Allohga, uning Kalomi Qur’onning barcha oyatlari ilohiyligiga qattiq ishongan, o‘z hayotini shu ruhiy xolat asosida belgiladigan shaxslar - aqli islomni kamol toptirishdan iboratdir. Xo‘sh, ilmiy haqiqatlarga, falsafiy qarashlarga ishongan odamlarchi? Ana shu tayanch-ishonch asosida ham muayyan ruhiy holat tarkib topib, hayot yo‘nalishi vujudga kelayotgan ekan, ularni imonsiz-e’tiqodsizlar qatoriga qo‘shib yuborish adolatdan bo‘lmasa kerak. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, davlatning dinga va diniy tashkilotlarga nisbatan adolatli siyosati qo‘llanishi tufayli mamlakatimiz xalqlari dinga bo‘lgan munosabatini emin-erkin yuritish huquqiga ega bo‘ldi. Muayyan imon, e’tiqod ruhi yoshlaming ongiga, qalbiga go‘dakligidan oila, qarindosh-urug‘, o‘quv va mehnat jamoalari, jamiyat ijtimoiy muassasalar vositasi ila singdirilib boriladi. Aql-idrokli odam zoti nima uchun tug‘ulganligi, hayotning ma’nosi nimadan iborat ekanligini anglab, o‘z xatti-harakatlarida, faoliyatida, o‘zi yashayotgan jamiyatdagi qonun-qoidalar, odob-axloq normalariga qattiq rioya qilishga odatlanib borishi lozim. Buning uchun 125 jamoatchilikning qattiq va izchil nazorati zarur. So‘z bilan ish birligi, shartnomalarga amal qilish, halol mehnat bilan kun kechirish, oilani boqish, tarbiyalash, insofli, diyonatli, adolatparvar bo‘lish, sahiylik, muruwatlilik, o‘z xalqi, uning madaniyati haqida qayg‘urish, milliy iftixoming oyoq osti qilinishiga yo‘l qo‘ymslik faqat imonli odamlargagina xos fazilatdir. Zero, imonli odamlar o‘z xatti- harakatlarini o‘lchaydigan mezon - muayyan g‘oyaviy-axloqiy qadriyatga ega bo‘ladilar. Diniy imoni egasi bo‘lgan shaxs asosiy orzu diniy ibodatlar, marosimlami bajarish, diniy qadriyatlar asosida xayot yo‘nalishini belgilab, real dunyoda baxtiyor bo‘lish va oxiratda jannatdan joy olishdir. Ilmiy haqiqatlar atrofida imoni shakllangan shaxslar uchun esa asosiy ideal (yuksak orzu) hayotning ma’nosi shu yakkayu yagona olamda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, el-yurtning izzat-ikromiga sazovor bo‘lib, hayotida o ‘zidan yaxshi nom qoldirib, avlodlar qalbida umrini davom ettirish, ya’ni ijtimoiy abadiylikka musharaf bo'lishdir. Diniy m a’nodagi imln bilan dunyoviy (ilmiy) ma’nodagi imon, e ’tiqod orasidagi tafovut ana shundadir. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling