Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
Muhammad alayhissalom islom dinining asoschisi va davlat
arbobi (571-632), Allohning rasuli (elchisi) va payg‘ambari. Muhammad alayhissalom “Xotam ul-Anbiyo” - payg‘ambarlikning xotimasi, muhri ya’ni oxirgisi hisoblanib, yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar, butun bashariyat uchun yuborilgan payg'ambardirlar. Muhammad (s.a.v.)ning hayotlari , ajdodlari va faoliyatlari ko‘pgina ham dimyoviy ham diniy olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ulaming bergan ma’lumotlariga ko‘ra, otalari - Abdulloh, onalari - Omina. Bobolari - Abdulmuttalib, undan keyingi bobolari tartib bilan - Xoshim, Abdumannof, Qusayn, Xakim, Murra, Ka’b, Puay, G‘olib, Fihr (Qurayish), Malik, Nadr, Kinona, Xuzayma, Mudrika, Ilyos, Muzar, Nizor, Magd, Adnondir. Adnon Ismoil alayhissalomning avlodi Kayzer sulolasidan bo‘lgan. Rasulullohning otalari Abdulloh qurayish qabilasining Xoshimiy urug'idan, onalari Omina Zuhra urug‘idandir. Rusululloh Ismoil a.s. avlodlaridan bo'lib, Ismoil a.s. esa Ibrohim payg‘ambaming katta o‘g‘li edi. Arablar o‘zlarining ikki payg‘ambar - Nuh va Ismoil urug'idan deb atashadi. Ismoil avlodlari o‘zlarini qurayishlar deb atashadi. Muhammad (s.a.v.) tug‘ulganlarida bobolari Abdulmuttalib qurayish qabilasining boshlig‘i va Makkaning noziri edi. Ka’bani birinchi bor toshdan hazrat Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar qurgan, uni atrofini, Makka shahrini esa payg‘ambarimizning bobokalonlari Xusayn qurdirgan. SHunday qilib, Ka’ba va Makka shahri Qurayishlar tomonidan boshqarilgan Rasululloh tug‘ulgan kezlarida bobolari Abdulmuttalib Makka hokimi va K a’ba muhofizi edilar. Ayni vaqtda Qurayishlar boshqa qabilalarga qaraganda obro'li, imtiyozli hisoblanib, barcha boshqa qabilalarga hokim ham edilar. Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarlik faoliyatlari diniy manbalarda batafsil yoritilgan ammo hali ham bu jarayonni o‘rganish tomonlari bo‘lsa kerak deb o ‘ylaymiz. Mazkur manbalarda ko‘rsatilishicha, Muhammad (s.a.v) Makkadan 3 mil (1 soatlik yo‘l)da joylashgan Hiro-Nur tog'iga borib, u erda bir necha oy Tangri taologa ibodat qilar edilar. SHu erda ibodat qila yotgan kunlaming birida Jabroil alayhissalom birinchi vahiyni olib kelgan va bu jarayon 23 uch yil davomida Muhammad (s.a.v.)ga kelib turdi. 118 Muhammad (s.a.v)ga vahiy 40 yoshlarida kela boshladi, ana shu lavrdan boshlab islom dinining ta’limotiga xalqlami da’vat qilish va butun olamni yaratgan yagona Alloh e’tiqod qilish da’vatlari payg‘ambarimiz faoliyatlarining mazmunini tashkil etgan va bu lihoyatda voqealarga boy jarayondir. Payg‘ambarimiz ulaming afdoshlari, sahobalaming yangi dinni targ'ib ilish, unga da’vat etish natijasida nafaqat Makka va Madinadagi arablar, balki qo‘shni iavlatlardagi xalqlar islomni sekin-asta qabul qilib, jaholat davridagi dlatlardan, inson zotiga mos kelmaydigan jirkanch haraktlardan holi >o‘la boshladilar. Islom dini va uning insonparvarlik bilan yo‘g‘irilgan umuminsoniy-axloqiy g ‘oyalari ular ongidan o ‘rin oldi. Qur’on, hadis, shariat, fiqhlar musulmonlar uchun asosiy manba bo‘lib qoldi va hozir ham shunday. Islom dinini o‘rgani va tushunish borasida diniy tavsirlar, hadisshunoslik ilmi va ularni diniy-falsafiy jahatdan tashkil qilishga ham e’tibor berildi. Xususan Islom falsafasi (Kolom)ning ishlab chiqilishi jamiyat taraqqiyoti jarayonida o‘z o‘miga ega bo‘lgan. Asrlar davomida islom diniga da’vat qilinishi, inson ongi va qalbida o‘mi olishi bilan u ma’naviyatli insonga aylandi. Haqiqatni ham din ma’naviy madaniyatini tarkibiy qismi sifatida asrlar davomida xalqlar uchun nafaqat diniy ta’limot, e’tiqod vazifasini 0 ‘tagan, balki turmush tarziga aylanib, o‘zining muayyan qadriyatlarini kishilar ongi va psixologiyasiga singdirib kelgan o‘ziga xos dunyoqarash hamdir. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling