Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov


 Bilim va g‘oyalar e’tiqodni strukturasining muhim


Download 4.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/78
Sana28.10.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1730883
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

4. Bilim va g‘oyalar e’tiqodni strukturasining muhim 
elementlari
YUqorida ta’qidlanganidek, “e’tiqod” arabcha so‘z bo‘lib, 
ishonch, ixlos ma’nolami bildiradi. Ammo e ’tiqod darajasi, mazmun- 
mohiyati shaxs, guruh va jamiyatda o ‘ziga xos ma’noda namoyon
no


bo‘ladi. Demak, bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan 
o‘zlashtirib olingandagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda 
odamlami ijtimoiy hayotning faol a ’zosiga aylantiruvchi omil 
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, e’tiqod bilim va g‘oyalaming 
o‘zlashtirgan, hayot sinovlaridan o‘tkazgan, ularning to‘g ‘riligiga 
ishonch hosil qilgan shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari va 
dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga da’vat etadigan tizimdir.
E ’tiqodga aylangan bilim va g‘oyalarning falsafiy tahlil etganda, 
ular ijtimoiy amaliyotning natijasi, insonni bilish borasidagi 
faoliyatining hosilasidir. E’tiqod inson dunyoqarashining asosiy 
komponenti jamligini unutmaslik darkor. E ’tiqod bilish, baholash, 
boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Ob’ektiv voqelikdagi turli 
xodisalar, 
jarayonlar 
haqidagi 
bilimlar 
e’tiqodning 
bilish 
funksiyasining bildirsa, olingan bilimlarga tayanib sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar, 
hodisalar 
mohiyatini 
tushunib 
olish, 
baholash 
funksiyasini tashkil etadi. Uning boshqarish fimksiyasi esa, insonni 
o‘z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida xulq-atvori, xatti-harakatiga 
ko'rsatadigan 
ta’siri, 
muayyan 
maqsad 
tomon 
yo‘naltirish 
qobiliyatidan iborat.
Inson hayotida maqsadlar ko‘p bo‘lib, ulaming ayrimlari o‘zgarib 
turadi. Faqat aniq maqsadda bo‘lgan g‘oya atrofida birlashganlami 
maslakdoshlar deyiladi. Maslak asosida muayyan dunyoqarashning 
bosh va asosiy g‘oyalariga ishongan odamlar jamoasi umumiy fe’l- 
atvori yotadi. Demak, insonlami ma’lum vazifalami bajarishga 
safarbar etadigan g‘oyaviy birlik maslak bo‘lib, aniq maqsadlami 
amalga oshirish yo‘llarini belgilovchi iro d a - bu, e’tiqoddir.
Inson e’tiqodi shakllanishiga bilim va g‘oyalar xizmat qilishini 
bilib olganimizdan so‘ng shunga e’tibor qaratishimiz lozimki, inson 
e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Inson va jamiyatni 
maqsad (maslak)sari etaklaydigan, harakatga keltiradigan kuch 
g‘oyadir. Demak, g‘oya inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy 
xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va 
odamlami harakatga keltiradigan, 
ulami maqsad-maslak sari 
etaklaydigan fikrdir.
Umumlashtirib aytganda, muayyan maqsadlar yo‘lida birlashib 
harakat qilishga olib keluvchi, ko‘pchilikning e’tiqodiga aylangan 
asosiy maslak g‘oyadir.
i l l


Diniy e’tiqod o‘ziga xos muayyan dunyoqarash (g‘oya) sifatida 
umuminsoniy tabiatga ega. Din inson zotiga xos bo‘lgan ruhiyat, 
ma’naviy holatdir. Dinning asosiy mohiyatini belgilovchi g'oya ilohiy 
zot-yaratuvchiga ishonish va unga sig‘inishdir. Turli diniy an’ana va 
qadriyatlarga rioya qilish, shu yo‘l bilan narigi dunyoda jannatga 
tushish, do‘zah azobidan xalos bo'lish maqsadidir. Din Yaratganga, 
taqdirga, oxiratga Xudo belgilab bergan andozalardan chiqmasdan 
ishonishdir. Bu ma’naviy andozalar-mehnatsevarlik, insonparvarlik, 
adolatlilik, iymonlilik, insoflilik, odamlaming bir-biriga ishonchi va 
hurmatidir.
Din-inson ma’naviyatini rivojlantirishning muhim omillaridan 
biridir. Qur’on, hadislardagi g‘oyalarda va shariat ahkomlarida 
shakllangan musulmonlaming burch va vazifalari deb tan olingan 
fikrlar orqali kishilarda iymon, vijdon, e’tiqod orqali hayot tarzini hal 
etishga chorlagan. Buning uchun har bir musulmon o‘zi ruhan, 
vijdonan pok, iymonli va halol bo‘lishi kerak, degan da’vat islom 
ta’limotida katta o‘rin olgan.
Xo‘sh, diniy iymon nima? Bu shaxs uchun asosiy orzu diniy 
ibodatlar, marosimlami bajarish, diniy ko‘rsatmalar asosida hayot 
yo‘nalishini belgilab, real dunyoda baxtiyor bo'lish va oxiratda 
jannatdan joy olishdir. Ilmiy haqiqatlar atrofida iymon shakllangan 
shaxslar uchun esa asosiy ideal (yuksak orzu) hayotning ma’nosi real, 
birdan-bir dunyoda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy 
farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, 
el-yurtning izzat-ikromiga sazovor bo‘lib, hayotda o‘zidan yaxshi nom 
qoldirib, avlodlar qalbida ulami davom ettirish va ijtimoiy abadiylikka 
musharraf bo‘ lishdir.
Insonning ikki mohiyatida kelib chiqadigan va doimo bir-biri 
bilan yonma-yon mavjud bo‘Iib turadigan jismoniy (fiziologik) va 
ruhiy holatni aslo e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Shu tufayli insonda 
poklik yoki nopoklik, sahiylik va ochko‘zlik, mehr-shafqatlilik yoki 
toshbag‘irlik, insoflilik yoki noinsoflik, vijdonlilik yoki vijdonsizlik, 
ezgulik yoki yovuzlik kabi ma’naviy-ruhiy holatlar namoyon bo‘ladi.
Muayyan vaziyat taqozosi bilan bu holatlar bir-biriga o‘tib turadi. 
Go'yo odamda ikki qiyofa va ikki qalb bir vaqtning o'zida mavjud 
boTib turadi. Fiziologik mashqlar tufayli hayvoniy xirslarga erk berib 
yuborilsa, odam insoniylik sifatlaridan qadam-baqadam mahrum 
bo‘lib borayotganini o‘zi ham anglamay qoladi. Bu hirslaming yovuz
112


ruhi qaror topib qolmagligi uchun odam ongi, qalbi doimo izchil 
ravishda ezgulik hissidan oziq olib turishi lozim. Aslini olganda, ilmiy 
qarashlar o‘z oldiga odam mohiyatidagi yovuzlik hislarini bartaraf 
etib, ezgulik hissini qaror toptirish maqsadlarini nazarda tutadi.
Bunday ezgulik hissini qaror toptirish aksariyat hollarda e ’tiqodni 
iymon bilan bog1 lash, ya’ni imonli kishilarda ana shunday fazilatlar 
mujassam bo'ladi deyiladi.

Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling