Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Antik davrda naturfalafaning vujudga kelishi
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
2.Antik davrda naturfalafaning vujudga kelishi
Asotirlar va diniy tasawurlarga nisbatan yangi shakl, awalo, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston so‘ngra qadimgi Yunoniston naruriilosofiyasida maydonga chiqadi. U o‘zining turli bosqichlarda rivojlanishidan qat’i nazar, stixiyali-materialistik xarakterga ega edi. Ana shular asosida olamning diniy tushunchasiga qarshi demokrat Epikur, Lukretsiy Karlamingi naturfalsafasi yuzaga keldi. Demokritning atomistik ta’limoti quyidagilarga asoslanadi: 1. Materiya paydo ham, yo‘q ham boim aydi; 2. Hech narsa sababsiz va zaruriyatiz sodir bo‘lmaydi; 3. Atom va bo‘shliqdan tashqari hech narsa mavjud emas; 4. So‘zlar harflardan iborat bo‘lganidek, turli predmetlar turli atomlarining birikishidan paydo bo'ladi. Atomistik nazariya tarafdorlarining olam bepoyonligi, tabiiy zaruriyati va harakatning doimiyligi haqidagi ilg‘or fikrlari o‘z zamonasiga nisbatan taraqqiyparvar g‘oyalar edi, xolos. Ammo o‘rta asrdagi hurfikrlilikning yorqin namoyondasi ikki haqiqat haqidagi nazariyaga asoslangan edi. XII-XIV asrlarda vujudga kelgan bu nazariya filosofiya va ilohiyot ilmida har biri haqiqatga mustaqil yo‘l bilan erishishni yoqladi. Ikki haqiqat nazariyasining asoschisi arab faylasufi Ibn Rushd edi. Siger Bratantskiy, Dune Skott, 139 U.Okkam va boshqalar bu nazariyaga tayanib, xudo va dunyoning abadiyligi, har bir odam tanining o‘limga mahkumligi haqidagi falsafiy xulosalari kishilarda hayotga aql ko‘zi bilan qarash qobiliyatini shakllantirdi. Tabiatshunoslikning keyingi taraqqiyotida Ulug‘bek va uning shogirdlari olib borgan astronomik kuzatishlaming natijalari, N.Kopernikning kashfiyoti koinot manzarasining panteistik ( xudo bilan tabiat bir deb qarash) tushunchasini vujudga keltirdi. Bu kashfiyotlar emi koinotning markazi deb kelgan fikrni puchga chiqarib, uning quyosh atrofida aylanuvchi planetalardan biri deb isbotladi. Xudoni esa tabiat bilan hamma joyda birga deb qaradi. XIX asming o'rtalari va ikkinchi yarmida tabiatshunoslikda vujudga kelgan buyuk kashfiyotlar ichida tabiat rivojlanish jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan uch kashfiyotni ko‘rsatish mumkin. Bular o‘simlik va hayvonlar organizmining hujayralaridan tuzilganligining ochilishi, energiyaning saqlanish qonunini eksperemental asoslanishi va nihoyat, CH.Darvinning organizm haqidagi evolyusion nazariyasidan iborat. Bu uch kashfiyot tabiatga eskicha qarashlami rad etib, yangicha fikr yurg‘izish uchun mustahkam zamin yaratdi. Garchi aqliy shakl tabiat dunyosidagi juda ko‘p texnologik tizimlami tashkil qiluvchi haqiqatga yaqin gipoteza bo‘lsada bu biz uchun kerak bo'lgan yagona gipotezami? CHarls Darvin (1809-1882) va evolyutsiya nazariyasiga qadar bu noaniq edi. CHunki ham aqliy shakl gipotezasi bilan musobaqalashsa texnologik tizimning izohlariga ega edi. Lekin evolyutsiya nazariyasi taraqqiy etganidan buyon bunday munozara shakllari ishonchlilik kuchini yoqotdi. Hozir biz aqliy shakl ta’kidlanmaydigan gipoteza va yaxshigina rivojlangan texnologik tizimlarga, izoh berilgan tabiiy gipotezaga egamiz. Qisqacha aytganda Darvinning tabiiy tanlanish nazariyasi nima uchun tabiat juda ko‘plab omon qolishga moslashgan organizmlami o‘z ichiga olishini tushuntirishni ko‘zda tutadi. Bu nazariyaga ko‘ra hayvonlar va o‘simliklar uzlarining avlodlaridan meros bulib kolgan o'zgarishlar va hilma- hilliklami boshdan kechiradi. B a’zi turfa hilliklar organizmlami doimiy yashashga intilishda qolgan populyatsiyalar bilan ustunlik bilan ta’minlaydi.Xayvonlar va o‘simliklar quw atlay oladigandan ko‘ra ko‘prok nasi koldirishidan buyon tabiat yashash uchun kurasha 140 oladigan turlarini qolganlaridan qo‘proo‘ quwatlaydi. Shu tariqa omon qolishga moslashgan kuchli rivojlangan katta populyatsiyalar aniqlanadi. Diniy va falsafiy dunyoqarashlaming Darvin nazariyasida aks etishi. XX asrning boshlari XXI asrning davomida bizning planeta o‘mashgan, birgalikda yashovchi organizmlami talabga javob beradigan darajada izoxlash uchun Darvinning tabiiy tanlanish nazariyasining asosliligi ustidan muhokama yuzaga keldi. Biologiya fani Darvin nazariyasiga asoslanib paydo bo‘lganiga qaramastan nazariyaning o‘zi aqliy shaklsiz tabiiy tanlanish sayyoramizda yashovchi jonzotlar jamlanmasini tashkil etish uchun yetarli emasigligini ta’kidlovchi ba’zi biologlar tomonidan tankid kilib kelingan. Masalan, J.Bexe ko‘plab biologik tizimlar molekulalar darajada kamaymaydigan majmua ekanligi xakida Darvinning tabiiy tanlanish prinsiplari hisobot bera olmasligini aytadi. Вехе qandaydir kamaymaydigan majmuaga misol sifatida qopqonni taklif etadi. Qopqonlar o‘zaro bog'langan bir qator qismlarga ega (prujina, asos, bolg‘a, tutqich, panjar a) va ulaming barchasi qopqonning sichqonni tutishi uchun kerakli.49 Tabiatshunoslikdagi rivojlanishning yuksak bosqichi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik, eletron, yorug'likning bosimi kabi kashfiyotlar dialektik tafakkur usulining shakllanishiga asos bo‘ldi. XX asrda yer ostidan va g ‘oyalardan hozirgi odamlaming ajdodlari suyaklari topila boshladi. Natijada olamning kelib chiqishi haqida ilmiy fikr yuritish imkoniyati vujudga keldi. Odamning ruhiy (psixik) faoliyatini ilmiy tushunishda LM.Sechenovning (1829-1906) “Bosh miya reflekslari” nomli asari katta rol o‘ynadi. Unda barcha ongli harakatlar o‘z xarakteri bilan reflektorli xususiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi. Bu tashqaridan bo‘ladiga taasurotga inson markaziy nerv tizimida aks ta’sir reaksiyaning vujudga kelishidir. Sechenov ta’limotiga cherkov va ruhoniylar qarshi chiqib, uni taqiqlashni talab etdilar. Ammo uning g‘oyalarini to‘xtata olmadilar. Sechenov ta’limoti I.P.Pavlov tomonidan da’vom ettirildi va rivojlantirildi. Pavlov o'zining shartli reflekslar haqidagi nazariyasida inson miyasi ruhiy faoliyatining qonunlarini ilmiy tushuntirib berdi. Bu davrda Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling