Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI
REJA: 1. Pedagogik texnologiya mohiyati. Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar 2. Pedagogik texnologiya turlari 3. Interfaol metodlarni ta’lim jarayonida qo’llash 4. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish Tayanch tushunchalar: texnologiya, metodika, metod, shakl, vosita, pedagogik texnologiya, innovatsiya, masofaviy ta'lim, interfaollik, kafolatlangan natija. Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olimV.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi 27 . N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan” 28 bo‘lishi lozimligini qayd etadi vah.k. So‘nggi o‘n yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta'lim texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab G‘arbiy yevropa va AQShda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi 27 Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989. – С. 6. 28 Талызина Н.Ф. Управление протсессом усвоения знаний. – Москва: Изд-во МГУ, 1984. – С. 13. 230 ham iste'molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta'lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e'tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uningsamaradorligini ta'minlashga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta'minlashga yo‘naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, “metod”, “metodika”,”ta'lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” tushunchalari bir xil ma'noni anglatadimi? Quyida ana shu xususida so‘z yuritiladi. Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanishiga qaramasdan, ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li hisoblanadi. Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullaeva ta'rificha: “ Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. Pedagog-olima D.I. Ro‘zieva: “Metod pedagog va tahsil oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi”-deb e'tirof etadi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling